background
logotype
image1 image2 image3

4-bosqich. 5-tur: Hunayn g'azoti

IV BOSQICH
5-tur: Hunayn g'azoti
Javoblar va izohlar


1. Rasululloh s.a.v. Uzzo butini buzishga kimni yubordilar?
a) Xolid ibn Validni
b) Sa’d ibn Zaydni
c) Amr ibn Osni
d) Jobir ibn Abdullohni
To’g’ri javob: Xolid ibn Validni
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam fathdan xotirjam bo‘lganlaridan so‘ng 8-hijriy ramazon oyidan besh kun qolganda Xolid ibn Validni Uzzo nomli butni buzish uchun yubordilar. (“Rohiyq al-Maxtum”)

2. Rasululloh s.a.v. Amr ibn Osni qaysi butni buzishga yubordilar?
a) Suvo’
b) Uzzo
c) Manot
d) Lot
To’g’ri javob: Suvo’
Izoh: Shu oyda Amr ibn Osni Suvo’ nomli butni buzib kelish uchun yubordilar. (“Rohiyq al-Maxtum”)

3. Madinaga fathdan oldin kelib musulmon bo’lgan, ismi Abduluzza bo’lib Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh deb atagan edilar. So’ng mushrik holiga qaytib murtad bo’ldi. Shoir bolgani sabab Rasululloh (s.a.v.) ni hajv qilib she’rlar o’qidi. Makka fathi kuni qo’liga qilich olib Muhammad zo’rlik bilan kira olmaydi deb qasam ichdi. Biroq musulmonlar haybatini ko’rib qo’rqib, qurolini tashladi va Ka’ba tomon yurdi. Ka’bapo’shga osilib oldi. Rasululloh (s.a.v.) tavof qila turib uni bu holatda ko’rib qoldilar va dedilar: Ka’ba osiyni himoya qilmaydi va vojib hadni amalga oshirishga to’siq bo’lmaydi. So’ng u qatl etildi. Umumiy avfdan istisno bo’lgan qaysi mushrik haqida gap bormoqda?
a) Horis ibn Hishom al-Maxzumiy
b) Abdulloh ibn Xatal
c) Ka’b ibn Zuhayr
d) Abduluzza ibn al-Asvad
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Xatal
Izoh: Abdulloh ibn Xatal Madinaga fathdan oldin kelib musulmon bo’lgan, ismi Abduluzza bo’lib Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh deb atagan edilar. So’ng mushrik holiga qaytib murtad bo’ldi. Shoir bolgani sabab Rasululloh (s.a.v.) ni hajv qilib she’rlar o’qidi. Makka fathi kuni qo’liga qilich olib Muhammad zo’rlik bilan kira olmaydi deb qasam ichdi. Biroq musulmonlar haybatini ko’rib qo’rqib, qurolini tashladi va Ka’ba tomon yurdi. Ka’bapo’shga osilib oldi. Rasululloh (s.a.v.) tavof qila turib uni bu holatda ko’rib qoldilar va dedilar: Ka’ba osiyni himoya qilmaydi va vojib hadni amalga oshirishga to’siq bo’lmaydi. So’ng u qatl etildi. («Sayyidimiz Muhammad s.a.v.»)

4. Mazkur urushda musulmonlar tomonidan qancha askar qatnashdi?
a) 12000
b) 10000
c) 14000
d) 9000
To’g’ri javob: 12000
Izoh: Bu jangda birinchi marta musulmon lashkari 12000 kishilik katta lashkarga aylangan edi (“Tafsiri Hilol” 2-juz, 536-bet)

5. Hunayn g’azotida dushman qo’shnining soni qancha edi?
a) 40000
b) 15000
c) 20000
d) 35000
To’g’ri javob: 20000
Izoh: Havozin bilan Saqif Arabistonning ikki eng katta qabilasi edi. Ular boshqa kichik qabilalarni, hatto Rasuli Akramning sut onalari Halima mansub Banu Sa’d qabilasini ham ittifoqlariga olishgan edi. Shu tariqa Hunayn vodiysida Hazrati Payg’ambarga qarshi 20000 kishilik birlashgan katta bir kuch to’plandi. (“Hazrati Payg’ambarimiz va Islom dini”)

6. Havozin bilan Saqif qabilalari urushga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlanishga qaror qildilar va o‘n ikki ming g‘oziy bilan yo‘lga chiqdilar, ulardan qanchasi makkalik sahobiylar edi?
a) 2000 
b) 3000
c) 4000
d) 5000
To’g’ri javob: 2000
Izoh: Havozin bilan Saqif qabilalari urushga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlanishga qaror qildilar va o‘n ikki ming g‘oziy bilan yo‘lga chiqdilar; ularning ikki minggi Makkalik, qolganlari Madinalik sahobalar edi. (“Nurul yaqin” 124-bet)

7. Makkaliklar orasida o’lja ilinjida safarga otlangan mushriklar soni qancha edi?
a) 50 ta 
b) 60 ta
c) 70 ta
d) 80 ta
To’g’ri javob: 80 ta
Izoh: Makkaliklar o‘lja — g‘animat ilinjida g‘ayratga minib, topgan ot ulovda, topmagan poyu piyoda safarga otlandi. Ularning orasida ayollar, hatto Safvon ibn Umayya, Suhayl ibn Amr kabi saksonta mushriklar ham bor edi. (“Nurul yaqin” 124-bet)

8. “Hunayn” g’azoti tarixda yana qanday nom bilan o’rin olgan va nima sababdan?
a) “Zulmajoz” nomli mashur savdo markazi aynan Hunayn vodiysida tashkil qilingani sabab “Zulmajoz” nomini oldi
b) Ushbu g’azot Havozin qabilasi bilan bo’lgani uchun “Havozin” nomini oldi
c) Makka fathining ketidanoq bo’lgani sabab “Ikkinchi Makka fathi” nomini oldi
d) Makka fathining ketidanoq bo’lgani sabab “Buyuk fath tegrasi” nomi bilan yuritildi
To’g’ri javob: Ushbu g’azot Havozin qabilasi bilan bo’lgani uchun “Havozin” nomini oldi.
Izoh: Hunayn vodiysi Makka bilan Toif orasida joylashgan. Makkaga 10 chaqirimcha masofada, Toifga yaqinroq joyda edi. Hunayn vodiysi yonida arablar orasida juda mashhur “Zulmajoz” nomli savdo markazi tashkil qilinardi. Hunayn g’azoti Makkaning sharqiy-janubidagi tog’larda yashovchi Havozin qabilasi bilan bo’lgani uchun “Havozin g’azoti” ham deyiladi. (“Hazrati Payg’ambarimiz va Islom dini”)

9. Rasululloh s.a.v. Avs qabilasining bayog’ini kimga berdilar?
a) Ali ibn abu Tolibga
b) Hubob ibn Munzirga
c) Usayd ibn Huzayrga
d) Xolid ibn Validga
To’g’ri javob: Usayd ibn Huzayrga
Izoh: Muhojirlarning a’lamini Ali ibn abu Tolibga, Hazraj qabilasining a’lamini Hubob ibn Munzirga, Avs qabilasining a’lamini Usayd ibn Huzayrga tutqazdilar, boshqa qaoilalarga ham o‘z bayroqlarini berdilar. (“Nurul yaqin” 124-bet)

10. Islom lashkarlari Hunayn vodiysiga qaysi oyning nechanchi kunida yetib bordilar?
a) shavvolning 10-kuni
b) shavvolning 14-kuni
c) sha’bonning 10-kuni
d) sha’bonning 14-kuni
To’g’ri javob: shavvolning 10-kuni
Izoh: Islom lashkari shavvolning 10-kuni seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi Hunaynga yetib keldi. (“Rohiq al-maxtum”)

11. Hunayn g’azotida Havazonga qo’shilgan qabilalar to’g’ri ko’rsatilgan qatorini aniqlang?
1.Saqifliklar. 2.Bani Jashm. 3.Bani Bikr. 4.Bani Sa’d ibn Bakr. 5.Huzoa. 6.Quraysh mushriklari. 7.Hiloldan A’vo. 8.Bani Amr ibn Omir. 9.Toif. 10.Avf ibn Omir
a) 2, 4, 6, 9, 10
b) 1, 2, 4, 7, 8, 10
c) 2, 3, 4, 7, 8, 9
d) 2, 4, 7, 8, 9
To’g’ri javob: 1, 2, 4, 7, 8, 10
Izoh: Havazon qabilasi Rasululloh s.a.v.ga qarshi urush qilish uchun odam to’pladi. Uning boshlig’i Mailk ibn Avf Annazriy ekan. Unga Saqifliklar to’liq qo’shilibdi yana Bani Jashm, Bani Sa’d ibn Bakr, Hilol qabilasidan Avo urug’i (ular oz ekan), Bani Amr ibn Omir, Avf ibn Omir qabilalari qo’shilishibdi, ular o’zlari bilan bolalarini qo’ylarini va boshqa narsalarini olib chiqishibdi. (“Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat”)

12. Havozin qo’shini qo’mondoni kim edi?
a) Molik ibn Avf
b) Durayd ibn Simma
c) Sa’d ibn Bakir
d) Avf ibn Omir
To’g’ri javob: Molik ibn Avf
Izoh: Bosh qo‘mondon Molik ibn Avf musulmonlarga qarshi yurish boshlashga qaror qilgach, qo‘shin bilan birga ularning mol-mulklari, ahli-ayol va bola-chaqalarini ham qo‘shib, yo‘lga otlandi va Avtos degan joyga borib to‘xtadi. (“Rahiyq al-maxtum”)

13. Rasululloh (s.a.v.) dushman qo’shniga ayg’oqchi sifatida kimni jo’natdilar?
a) Tufayl ibn Nu’mon (r.a.)ni
b) Abdulloh ibn Abi Hadrad (r.a.)ni
c) Abdulloh ibn Shurayk (r.a.)ni
d) Muammar ibn Horis (r.a.)
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Abi Hadrad (r.a.)ni
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) sahobalaridan Abdulloh ibn Abi Hadrad (r.a.) ismli kishini dushman tomonga xabar keltirish uchun jo’natdilar.Unga dushman qo’shni orasiga kirib vaziyatdan xabardor bo’lishni amr etdilar. Abdulloh ibn Abi Hadrad ular orasida ikki kun bo’lib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga qaytdi. (“Sayyidimiz Muhammad s.a.v.”).

14. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam dushman tomonga sochgan tuproqni kim olib berdi?
a) Abdulloh ibn Mas’ud
b) Ali r.a.
c) Umar r.a.
d) Abu Muso Ash’ariy
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Mas’ud
Izoh: Qochayotgan guruhlar to’xtab to’planishdi va havozinliklarga qarshi shiddatli hujumga o’tishdi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) ulovlarining o’zangisiga oyoqlarini tirab egardan turdilar, jang maydoniga nazar solib:
 - Mana endi tandir qizidi, - deb marhamat qildilar.
 Abdulloh ibn Mas'uddan yerdan bir hovuch tuproq olib berishni so’radilar. So’ngra uni dushmanga tomon sochar ekanlar, «Yuzlari qora bo’lsin!» der edilar. (“Saodat asri qissalari”)

15. “Hunayn jangida dushmanning pistirmasiga tushib qolgan musulmonlar qattiq zarbaga uchradilar. Ular ichida qatl bo’lganlar ko’paya bordi. Dushman ichida Bani havozinlik bir kishi bo’lib, qizil tuya minib olgan edi. Qo’lidagi uzun nayzasi bilan ko’plab musulmonlarni narigi dunyoga jo’natardi…”. Shu paytda mazkur kishiga ro’baro kelgan va tuyasining payini qirqib tashlagan sahoba kim edi?
a) Usoma ibn Zayd (r.a.)
b) Abu Dujona (r.a.)
c) Zubayr ibn Avvom (r.a.)
d) Adiy ibn Hotim (r.a.) 
To’g’ri javob: Abu Dujona (r.a.)
Izoh: Dushman ichida bani havozonlik bir kishi bor edi. U qizil tuya minib olgan bo’lib, qo’lida uzun nayzasi bor edi. Bu odam ko’plab musulmonlarni o’ldirar edi. Abu Dujona r.a. uning qarshisiga chiqdi. U dushman tuyasining payini qirqib tashladi. Shu payt Ali ibn Abu Tolib kelib, mushrikning qo’lini kesib tashladi. Abu Dujona uning ikkinchi qo’lini kesdi. So’ngra ikkovlari uni qatl qildilar. (“Hadis va Hayot” 26-juz, 230-bet)

16. Jangda Zayd ibn Sahl ismli sahobaning bir o’zi qancha mushrikni yer tishlatgan?
a) 24
b) 15
c) 20
d) 17
To’g’ri javob: 20
Izoh: Hunayn jangida ba’zi bir sahobalar katta fidokorlik namunalarini ko’rsatdilar. Abu Tolha r.a.ning o’zi 20 ta mushrikni o’ldirdi. (“Hadis va Hayot” 26-juz, 177-bet) 

17. Avtosga qochgan mushriklar ortidan Rasululloh s.a.v. kim boshchiligida qo’shin yubordilar?
a) Xolid ibn Valid
b) Amir ibn Os
c) Abu Omir Al-ash’ariy
d) Sa’d ibn Usayd
To’g’ri javob: Abu Omir Al-ash’ariy
Izoh: Izoh: Havazon batamom mag’lub bo’lganidan keyin, ularning boshliqlari Molik ibn Avf boshliq bir guruh Toif tomon qochdilar, boshqalari Avtosga borib joylashdilar. Ikkinch guruh ortidan Rasululloh s.a.v. Abu Omir Alashariy boshchiligida o’shn yubordilar. (“Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat”)

18. Hunayn g’azotidagi asirlar soni qancha edi?
a) 5 mingdan ortiq
b) 6 mingdan ortiq
c) 7 mingdan ortiq
d) 8 mingdan ortiq
To’g’ri javob: 6 mingdan ortiq
Izoh: Urush ishi butunlay to‘xtalgandan so‘ngra o‘lja olgan mollarni yig‘moqqa buyurdilar. Yigirma olti ming tuya, qirq mingdan ko‘proq qo‘y-echki, to‘rt ming uqiya kumush o‘ljaga tushib, olti mingdan ortiq xotun-bola asir olingan edi. (“Tarixi Muhammadiy”)

19. Jangdan keyin Payg‘ambar alayhis-salom qo‘lga tushgan asir va g‘animatlarni yig‘dirdilar, buning natijasida qancha tuya qo’lga kiritilgan edi?
a) yigirma to’rt ming
b) qirq ming
c) o’ttiz ming
d) o’ttiz uch ming
To’g’ri javob: yigirma to’rt ming
Izoh: Bu g‘azotda eng ko‘p o‘lja tushgan edi. O’ljalar ichida olti ming asir, yigirma to‘rt ming tuya, qirq mingdan ko‘p qo‘y, to‘rt ming uvqiya kumush kabi narsalar bor edi. (“Hadis va Hayot: Nubuvvat va Risolat”)

20. Dushmandan tushgan o’lja mollar qayerda to’plandi?
a) Avtosda
b) Naxlada
c) Ji’ronada
d) Hunaynda
To’g’ri javob: Ji’ronada
Izoh: O’ljalar 6 mingta asir, 24 ming tuya, 40 mingdan ortiq qo‘y-echki va 4 ming uvqiya kumushni tashkil qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni yig‘dirib, Ji’rona degan joyda hibs qildirib qo‘ydilar. (“Ar-rahiq al-maxtum”)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.