background
logotype
image1 image2 image3

3-bosqich. 3-tur: Hudaybiya qissasi. 1-qism

III BOSQICH
3-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism
Javoblar va izohlar


1. Rasulloh SAVni umra safariga undagan tush qanday edi?
a) sahobalar bilan Makka ustidan g’alaba qilib, Baytullohni tavof qilganlarini ko’rdilar.
b) hammalari sochlarini oldirgan holda, aminlikda, qo‘rqinchsiz Masjidul Haromga kirib borayotganlarini ko‘rdilar.
c) makkaliklarning musulmon bo’lishini va sahobalar bilan birgalikda umra qilganliklarini ko’rdilar.
To’g’ri javob: hammalari sochlarini oldirgan holda, aminlikda, qo‘rqinchsiz Masjidul Haromga kirib borayotganlarini ko‘rdilar.
Izoh:Bir kuni sahobai kiromlar to‘planishib o‘tirgan edilar, huzurlariga Rasululloh alayhissalotu vassalom keldilar va ularga tushlarida hammalari sochlarini oldirgan holda, aminlikda, qo‘rqinchsiz Masjidul Haromga kirib borayotganlarini ko‘rganlarini aytdilar. Hamma bu bashoratdan xursand bo‘ldi. (“Hadis va hayot”)

2. Hudaybiya safariga chiqqan askarlar soni nechta edi? 
a) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1400, boshqa rivoyatda 1500 nafar.
b) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 2800, boshqa rivoyatda 3000 nafar.
c) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1000, boshqa rivoyatda 1500 nafar.
To’g’ri javob: Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1400, boshqa rivoyatda 1500 nafar.
Izoh:Madinadan 6-hijriy zul-qa’da oyining boshida, dushanba kuni 1400 (ba’zi rivoyatlarda 1500) sahoba hamrohligida yo‘lga chiqdilar. (“Rohiyq al-maxtum”)

3. Bu safarda Rasululloh SAVga qaysi zavjalari hamrohlik qildi?
a) Oyisha r.a.
b) Zaynab r.a.
c) Ummu Salama r.a.
To’g’ri javob: Ummu Salama r.a.
Izoh:Rafiqalari Ummu Salama u kishiga hamroh bo‘ldi. (“Nurul yaqiyn”)

4. Rasululloh SAV Makkaga safarga chiqishlarida, o’z o’rinlariga Madinada kimni qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn ummu Maktum r.a.
b) Usmon ibn Affon.r.a.
c) Zayd ibn Horisa r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn ummu Maktum r.a.
Izoh:Madinada rasulullohning o‘rinlariga ibn Ummu Maktum qoldi. (“Nurul yaqiyn”)

5. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umrlari davomida necha marta umra qilganlar?
a) 4 marta
b) 6 marta
c) 3 marta
To’g’ri javob: 4 marta
Izoh:Anas ibn Molik roziyallohu anhu xabar beradilar: "Janob Rasululloh to'rt marta umra qilganlar, uchtasi zulqa'da oyida bo'lib, (zulhijja oyida) bir marta haj birlan birga umra ham qilganlar. Zulqa'da oyida qilgan umralari - Hudaybiya umrasi, kelgusi yildagi umralari, Ji'rona umrasi (bu yerda Hunayn g'azotida olingan o'ljalar taqsimlangan erdi) va oxirgisi haj birlan birga qilgan umralaridir". (Al-jomi' as-sahih)

6. Hudaybiya safari qaysi oyda bo'lib o'tdi?
a) safar oyida
b) zulhijja oyida
c) zulqa'da oyida
To’g’ri javob: zulqa'da oyida
Izoh:Hijratning oltinchi yili Zul-qa’da oyining boshida umrani niyat qilib safarga chiqdilar. (“Hadis va hayot”)

7. Hudaybiya safari qaysi kundan boshlandi?
a) juma
b) chorshanba
c) dushanba
To’g’ri javob: dushanba
Izoh:Madinadan 6-hijriy zul-qa’da oyining boshida, dushanba kuni 1400 (ba’zi rivoyatlarda 1500) sahoba hamrohligida yo‘lga chiqdilar. (“Rohiyq al-maxtum”)

8. Hudaybiya safariga kimlar chiqdilar?
a) muhojirlar va ansorlar
b) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar
c) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar, Makka bilan Madina orasidagi musulmonlikni qabul qilgan qabilalardan vakillar.
To’g’ri javob: muhojirlar va ansorlar
Izoh:Muhammad alayhissalomning so‘rovlariga ahli Madina javob berib, birgalikda Makka yo‘lini  tutdilar. Ammo atrofdagi a’robiy qabilalar, baribir musulmonlarni Qurayshiylar tor-mor qilib, qirib tashlaydi, degan fikrga borib, safarga chiqmadilar.
Shunday qilib, Payg‘ambar alayhissalom bilan birga muhojir va ansoriy musulmonlar, Madinalik arablar, hammasi bo‘lib, bir ming to‘rt yuz kishi umraga chiqdi. (“Hadis va hayot”)

9. Hudaybiya safariga Rasululloh SAV qaysi tuyalarida chiqdilar?
a) Qasvo
b) Jad’o
c) Azboa
To’g’ri javob: Qasvo
Izoh:Shundan so‘ng u zot pokiza kiyimlarini kiyib, tuyalari Qasvoga minib, yo‘lga otlandilar. (“Rohiyq al-maxtum”)

10. Hudaybiya g’azotiga sahobalar o’zlari bilan qaysi urush qurollarini oldilar?
a) Sahobalarning ba’zilari har ehtimolga qarshi deya qilich va nayzalarini oldilar.
b) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun hech narsa olmadilar.
c) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun faqat qilichlarini oldilar.
To’g’ri javob: Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun faqat qilichlarini oldilar.
Izoh:Sahobalarda qiniga solingan qilichdan boshqa qurol yo‘q edi. Payg‘ambar alayhis-salom umraga qilichlarni yalang‘ochlab borishni istamadilar. (“Nurul yaqin”)

11. Rasululloh SAV va ashoblari Umrani niyat qilib qayerda ehrom bog’ladilar?
a) Madinai munavvarada.
b) Zul Xulayfada. 
c) Hudaybiyada.
To’g’ri javob: Zul Xulayfada.
Izoh:Marvon va Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir ming qanchayam ashoblari birlan Hudaybiya kuni yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfa degan joyga kelganda qurbonlikka atalgan tuyalari bo‘yniga qurbonlik erkanligini anglatadirgan nishon osib hamda o‘rkachini qonatib qo‘ydilar. Keyin, shu yerda turib ehrom bog‘ladilar». (Sahihul Buxoriy)

12. Rasululloh SAV MAkkaga borganlarida qurbonlik qilish uchun o’zlari bilan nechta tuyani olib ketdilar?
a) 10 ta.
b) 20 ta.
c) 70 ta.
To’g’ri javob: 70 ta.
Izoh:Makkaga borganda qurbonlik qilish uchun atalgan yetmishta tuyalari bor edi. Mundoq tuyalarni «Hady» deb aytilur. Yurish oldidan bularni haydatib, so‘ngra borliq askar bilan o‘zlari yo‘lga chiqdilar. (“Tarixi Muhammadiy”)

13. Musulmonlarni Makkaga yaqinlashtirmaslik uchun mushriklar askar yig’ib urushga tayorgarlik ko’rdilar. Mushrik askarlariga kim boshchilik qildi?
a) Abu Sufyon.
b) Abu Lahab.
c) Xolid ibn Valid
To’g’ri javob: Xolid ibn Valid
Izoh:U mushriklar musulmonlarni Makkaga yaqin yo‘latmaslikka qaror qilib, urushga tayyorlanishayotganini, Xolid ibn Valid boshchiligidagi ikki yuz suvoriy ziyoratchilarning yo‘lini to‘sish uchun otlanganini aytdi. (“Nurul yaqiyn”)

14. Mushrik askarlari necha kishidan iborat edi?
a) 200 ta
b) 300 ta.
c) 400 ta.
To’g’ri javob: 200 ta
Izoh:Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ahboshlar bilan jang qilishdan voz kechganlaridan so‘ng Banu Ka’blik bir kishi Qurayshning Zu-Tuvoga kelib tushganini, Xolid ibn Valid boshchiligida 200 otliq Makkaga eltuvchi asosiy yo‘l ustida, Kuro’ul-G’amimda poylab turganining xabarini keltirdi. (“Rohiyq al-maxtum”).

15. Usfon manziliga yetganlarida Rasululloh SAV sahobalarga endi nima qilish kerakligi haqida maslahat soldilar. Shunda Abu Bakr Siddiq qanday maslahat berdilar?
a) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Ular bilan sulh tuzib, umra qilib qaytamiz.
b) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Lekin kim bizni Baytullohdan to’ssa, u bilan urush qilamiz.
c) Allohning uyidan kimki bizni qaytarsa, so’nggi tomchi qonimiz qolguncha u bilan jang qilamiz.
To’g’ri javob: Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Lekin kim bizni Baytullohdan to’ssa, u bilan urush qilamiz.
Izoh:Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ashoblariga maslahat solib: «Nima deysizlar, ularga yordamga kelgan qabilalarning bola-chaqalariga hujum qilib, ularni qo‘lga olaylikmi? Agar o‘tiraversalar, mahrum bo‘lib o‘tirib qolaverishadi. Agar (bola-chaqalarini qutqarish uchun) yetib kelishsa, Alloh kesilishga mahkum etgan bo‘yinlar bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa, Baytullohga qarab boraversak-da, kim yo‘limizni to‘sib chiqsa, shu bilan jang qilsak?», dedilar. Shunda Abu Bakr dedi: «Alloh va Rasuli biluvchiroq. Biz faqat umra uchun keldik, birov bilan urushish maqsadida kelmadik. Lekin, kimda-kim bizni Baytullohdan to‘ssa, u bilan jang qilamiz». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, ketdik», dedilar va hammalari yo‘lga tushdilar. (“Rohiyq al-maxtum”).

16. Yo’l o’zgarib, sahobalar avval toshli yo’ldan yurib, so’ng tekis keng vodiyga chiqdilar. Shunda Rasululloh SAV: «Bu Bani Isroilga arz qilingan «hutti» edi, ammo, aytmadilar» deb, sahobalarga qaysi duoni aytishni buyurdilar?
a) «Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu»
b) «Subhonakallohumma, rabbano va bihamdika, Ollohummag‘firli»
c) «Nastag‘firullohi va natubi ilayh»
To’g’ri javob: «Nastag‘firullohi va natubi ilayh»
Izoh:Avvalgi yo‘lni yoqtirmay turgan Payg‘ambar alayhissalom odamlarga: 
«Nastag‘firullohi va natubi ilayhi» (Allohga istig‘for aytamiz va Unga tavba qilamiz), deb aytinglar», dedilar. 
Odamlar aytishdi. Rasululloh alayhissalom: 
«Bu Bani Isroilga arz qilingan «hutti» edi, ammo, aytmadilar», dedilar. (“Hadis va hayot”)

17. Musulmonlar Makkaga boshqa yo’ldan yaqinlashib kelgacha, Muror degan joyda to’xtab qoldilar. Buning sababi nima edi?
a) Allohdan shunday vahiy kelgani uchun.
b) Rasululloh SAVni tuyalari shu joyga kelganda cho’kib olgani uchun.
c) Yo’llari mushriklar to’sib qo’ygani uchun.
To’g’ri javob: Rasululloh SAVni tuyalari shu joyga kelganda cho’kib olgani uchun.
Izoh:Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yo‘lda davom etib, Saniyyatul Murorga yetib borganlarida tuyalari yerga cho‘kdi. (“Rohiyq al-maxtum”)

18. Musulmonlar Hudaybiya degan joyga joylashganlaridan keyin Makkadan ularning oldiga kim vakil bo’lib keldi?
a) Budayl ibn Varqo
b) Ka’b ibn Luay.
c) Xulays ibn Alqama.
To’g’ri javob: Budayl ibn Varqo
Izoh:Shu orada Makka atrofidagi qabilalardan Xuzo’a qabilasining raisi Budayl ibn Varqo bir necha qabila boshliqlari bilan kelishib Rasulullohga uchrashdi.

19. Qurayshdan kelgan ikkinchi vakil, Rasululloh SAV: «Bu aldamchi odam» deb ta’riflagan kimsa kim edi?
a) Xulays ibn Alqama
b) Maqriz ibn Hafs
c) Urva ibn Ma’sud
To’g’ri javob: Maqriz ibn Hafs
Izoh:Keyin Maqriz ibn Hafsni yuborishdi. 
Payg‘ambar alayhissalom uni ko‘rishlari bilan:
«Bu aldamchi odam», dedilar. 
U Rasululloh huzurlariga kelib so‘zlashdi, unga ham Badiy’ ibn Varqoga aytgan gaplarini aytdilar. Maqriz Quraysh huzuriga qaytib borib xabarni yetkazdi. (“Hadis va hayot”)

20. Makka mushriklari tarafidan vakil qilib yuborilgan Xulays ibn Alqama qaysi qabiladan edi? 
a) Xuzo’a
b) Ahobish
c) Juzom
To’g’ri javob: Ahobish
Izoh:Makkaliklar shuncha musulmonning yasov tortib kelishidan muddaosi nimaligini uqib kelish uchun qurayshning ittifoqdoshi Ahobish qabilasining oqsoqoli Xulays ibn Alqamani jo‘natishdi. (“Nurul yaqiyn”)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.