background
logotype
image1 image2 image3

3-bosqich. 1-tur: Bani Qurayza g'azoti

III BOSQICH
1-tur: Bani Qurayza g’azoti
Javoblar va izohlar


1. Bani Qurayza g’azoti qachon bo’lib o’tdi?
a) 5-hijriy yilning safar oyida
b) 6-hijriy yilning muharram oyida
c) 5-hijriy yilning zulqa’da oyida
To’g’ri javob: 5-hijriy yilning zulqa’da oyida.
Izoh: Ushbu g‘azot beshinchi hijriyning Zul-qa’da oyida bo‘lib o‘tdi, qamal yigirma besh kun davom etdi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

2. Payg'ambar SAV Bani Qurayza g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Said ibn Zayd.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum.
Izoh: Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal boshlab ketdi. (“Nur-ul yaqin”)

3. Bani Qurayza g'azotida kim bayroqdor bo'ldi?
a) Umar ibn Xattob;
b) Talha ibn Ubaydulloh;
c) Ali ibn Abu Tolib.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal boshlab ketdi. (“Nur-ul yaqin”)

4. Bani Qurayza ustiga yurish qilgan askarlar peshinni Madinada o'qib chiqdilar. Rasululloh SAV ularga asrni Bani Qurayzaga borganda o'qishlarini aytdilar." Askarlar asr namozini qayerda o'qidilar?
a) Bani Qurayzada o'qidilar.
b) Yo'lda o'qidilar.
c) Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.
To’g’ri javob: Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.
Izoh Peshin namozi Madinada o‘qilgan edi. Rasululloh: «Asr namozini Bani Qurayzada o‘qinglar», deb buyurdilar.  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam askariga asr namozini Qurayzaga borib o‘qinglar deganlari uchun ba’zi askar namoz qazo bo‘lsa ham, manzilga yetib o‘qidi. Qolg‘onlari esa, namozni qazo qilmay yo‘lda o‘qidilar. Rasululloh buni anglagan so‘ngida, hech qaysisini xato demadilar, chunki bu ikki firqaning birisi Rasululloh so‘zlarining asliga tushundi, ikkinchisi zohiriga amal qildi. Har ikkovining ham niyati to‘g‘ri edi.  (“Tarixi Muhammadiy”).

5. Bani Qurayzada musulmonlardan necha kishi ishtirok etdi?
a) 2000;
b) 3000;
c) 4000.
To’g’ri javob: 3000.
Izoh: Jangga otlanganlarning soni uch ming nafar edi. (“Nur-ul yaqin”)

6. Bani Qurayzada musulmon qo’shinining otliqlari soni qancha edi?
a) 30 ta;
b) 40 ta;
c) 50 ta.
To’g’ri javob: 30.
Izoh: Qo‘shin uch ming kishini tashkil qildi, ichlarida o‘ttiz nafar otliq bor edi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

7. Bani Qurayza musoharasi necha kun davom etdi?
a) 30 kun;
b) 25 kun;
c) 15 kun.
To’g’ri javob: 25 kun.
Izoh: Musulmonlar ularni yigirma besh kun muhosara qildilar. (“Nur-ul yaqin”)

8. Yahudiy raislaridan biri:"Bu baloni o'zinglar sotib oldinglar....Endi Muhammadga jizya to'lab yashanglar, lekin u buni qabul qilarmikin?" deganda yahudlar buni qabul qilmagandan keyin, u kishi yahudlar orasidan chiqib ketdi. Bu kishi kim edi?
a) Amr ibn Sa'diy.
b) Hay ibn Axtab.
c) Ka'b ibn Usayd.
To’g’ri javob: Amr ibn Sa'diy.
Izoh: Yana raislaridan biri Amr ibn Sa’diy:
- Muhammadga bergan ahdlaringni buzib, baloni o‘zinglar chiqardinglar. Endi unga iymon keltirmas bo‘lsanglar, o‘z dininglarda turib, Muhammadga jizya to‘langlar, lekin buni qabul qilurmi, yo‘qmi, bilmasman, — dedi. Anda yahudlar aytdi:
— Arabga jizya berib, xiroj to‘lab yurishlik, biz uchun katta nomusdir. Buni ko‘targandan o‘lganimiz yaxshiroqdir.
Anda ul aytdi:
— Ilgari-keyin qilgan xiyonatlaringga men qo‘shilgan emas erdim. Sizlarni bu ishinglardan endi ham bezordurman, — deb shul kechasi qo‘rg‘ondan chiqdi.
Payg‘ambarimizning qorovul boshlig‘i Muhammad ibn Maslamaga yo‘liqib edi, uni to‘smasdan o‘z yo‘liga qo‘ya berdi. Aning ikkinchi xabari chiqmadi. (“Tarixi Muhammadiy”).

9. Musohara qattiq qiynagach, Bani Qurayza raisi qavmiga qaysi ishlarni taklif etdi?
a) Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish;
b) Faqat mol-mulkni olib yurtdan chiqib ketishga musulmonlarni ko’ndirish yoki musulmonlar jum’a kuni ibodatdalik vaqtlarida ularga qo’qqisdan zarba berish.
c) Musulmonlardan omonlik so’rab, mol-dunyolarini qoldirib, hech narsa olmay qal’adan chiqib ketish. 
To’g’ri javob: Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish.
Izoh: Qamal qattiq qiynab qo‘ygach, raislari Ka’b ibn Asad ularga uchta ishdan birini tanlashni taklif qildi:
1) Islomni qabul qilib, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning dinlariga kirish va shu bilan jonlarini, mollarini va bola-chaqalarini asrab qolish. «Uning Alloh tomonidan yuborilgan payg‘ambar va kitoblaringizda aytilgan o‘sha nabiy ekani sizlarga allaqachon ayon bo‘ldi», dedi u.
2) Ayollarini va bolalarini o‘z qo‘llari bilan o‘ldirib, musulmonlar qarshisiga qilich yalang‘ochlab chiqib borish va to g‘alaba qozonguncha yoki bitta ham qolmay qirilib ketguncha jang qilish.
3) Musulmonlarni g‘aflatda qoldirib, shanba kuni birdan ustilariga hujum qilish. Chunki, ular yahudlar shanba kuni jang olib bormaydi, degan ishonchda beparvo bo‘lishadi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

10. “Ey iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman”, deb hayqirib, Bani Qurayzani yana-da qo’rquvga solib qo’ygan bahodir kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom;
b) Ali ibn Abu Tolib;
c) Umar ibn Hattob.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Banu Qurayza g‘azoti asablar jangi edi. Alloh taolo ularning dillariga qo‘rquv solib qo‘ydi, ularning ruhiy holatlari yemirilib bordi, Aliy ibn Abi Tolib bilan Zubayr ibn Avvom ikkovlari olg‘a tashlanib, Aliy: «Ey iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman», deb hayqirganida esa asablari butkul dosh berolmay qoldi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

11. Yahudiylar kengashish maqsadida kimni yuborishni taklif qilishdi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Abu Luboba;
c) Ka’b ibn Molik.
To’g’ri javob: Abu Luboba.
Izoh: Yahudiylar: "Bizga Abu Lubobani yuborgin. U bilan kengashib bir qarorga kelaylik", deyishdi. Abu Luboba yahudiylarning ittifoqchisi Avs qabilasidan bo‘lib, bola-chaqasi, mol-mulki yahudiylarning qo‘lida edi. (“Nur-ul yaqin”)

12. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarori kimga yuklatildi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Sa'd ibn Luboba;
c) Sa'd ibn Molik.
To’g’ri javob: Sa'd ibn Ma'oz.
Izoh: Odamlar rozi bo‘lajaklarini aytib, hukm chiqarish huquqini o‘z oqsoqollari Sa’d ibn Maozga munosib ko‘rishdi. (“Nur-ul yaqin”)

13. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarorini bergan Avs qabilasi rahbari qaysi g’azotda qattiq yaralangan edi?
a) Ahzob;
b) Bani Mustalaq;
c) Bani Nazir.
To’g’ri javob: Ahzob.
Izoh: Shundan so‘ng Sa’d ibn Muozni olib kelishga odam yubordilar. U Ahzob g‘azotida bilakdagi jon tomiridan olgan jarohati tufayli bu jangga chiqolmay Madinada qolgan edi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

14. Bani Qurayza yahudiylariga qanday hukm belgilandi?
a) faqat mol-mulkini olib yurtidan chiqib ketish;
b) hech narsasini olmay, choponini yelkasiga tashlab chiqib ketish;
c) erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.
To’g’ri javob: erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom bu fikrni tasdiqlab: "Ey Sa’d, bani Qurayza yahudiylari ustidan hukm chiqar, dedilar. Sa’d sahobalarga yuzlanib: "Men chiqargan hukmni ijro etishga Xudoni o‘rtaga qo‘yib qasam ichasizlarmi?" deb so‘radi. Sahobalar qasam ichib, rasululloh ularning fikrini tasdiqlagach, Sa’d qarorini aytdi: "Erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olishga hukm etaman". "Sen Ollohning hukmi kabi hukm chiqarding", dedilar rasululloh. Suiqasdchi xoinlarning jazosi shunday bo’lishi kerak. Payg‘ambar alayhis-salomning amriga binoan hukm shu zahoti ijro etildi. (“Nur-ul yaqin”)

15. Bani Qurayzaliklar taslim bo'lganidan keyin xotin-bolalarni bir joyga yig'ib, ularning oldiga kimni qorovul qilib tayinlandi?
a) Abdulloh ibn Salom. 
b) Zubayr ibn Avvom. r.a.
c) Abu Luboba. r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Salom.
Izoh: Shu chog‘da Hazrati Ali qichqirib aytdikim:
— Ey mo‘minlar, olg‘a yuringlar. Alloh haqqi, Uhud urushida Hamza ichgan shahodat sharbatini ichgayman yoki bu kun shu qal’ani olg‘ayman.
Bu so‘zni anglashib, yahudlarga bir vahima qo‘rqinch tushdi. Nima qilishlarini bilmasdan, nochor shartsiz Rasulullohning hukmiga taslim bo‘ldilar. Qurol ko‘tarishga yarashlik kishilarning soni bularning ichida olti yuzga yaqin bor edi. Bulardan xotun-bolalarni ajratib, boshqa joyga chiqarib, bularning ustiga Abdulloh ibn Salomni qorovul qo‘ydilar. Bu kishi ersa, yahudlar ichida eng buyuk olimlardan hisoblanar edi. Bu kishining qandoq iymon keltirganliklari yuqorida yozilib o‘tilgandir. (“Tarixi Muhammadiy”).

16. Bani Qurayzalik bir ayolni nega o’ldirildi?
a) zaharli ovqat pishirib, musulmonlardan birini zaharlagani uchun;
b) tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun;
c) Xandaq g’azotida xiyonat qilgan Huyay ibn Axtobni yashirgani uchun.
To’g’ri javob: tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun.
Izoh: Banu Qurayza ayollaridan faqat bitta xotinni qatl etildi. Sababi – u Xallod ibn Suvayd ustiga tegirmon toshini tashlab, uni o‘ldirgan edi. Uni shuning uchun o‘ldirildi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

17. Yahudiylar bilan kengashishga borib, musulmonlarga xiyonat qilgan elchiga qanday jazo berildi?
a) ustunga bog'lab o'ldirildi;
b) Madinadan surgun qilindi;
c) uning tavbasini Alloh qabul qildi.
To’g’ri javob: Uning tavbasini Alloh qabul qildi.
Izoh: Musulmonlar Madinaga qaytib kelgach, Olloh taolo Qur’ondagi Tavba surasining 102-oyatini nozil qilib, Abu Lubobaning tavbasini qabul etdi: "Yaxshi ishga yomonlikni aralashtirilib bajargan bir guruh odam o‘zlarining gunohini tan olishdi, Olloh ularning tavbasini qabul qilishi mumkin, Olloh mag‘firat etguvchidir, benihoya mehribondur. (“Nur-ul yaqin”)

18. “Olloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi” deya hidoyat topgan sahobiy kim edi?
a) Majzad ibn Savr Sadusiy
b) Sumoma ibn Molik
c) Nuaym ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Sumoma ibn Molik.
Izoh: Abu Hurayra raziyallohu anhudan nahl qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Najd tarafga otliqlarni yubordilar. Ular Banu Hunayfa qabilasidan Samoma ibn Usol ismli kishini tutib kelishib, masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi, Rasululloh uning oldiga borib «Ey Samoma, dilingda nima gap bor'»— dedilar. Samoma «Yo Muhammad, dilimda yaxshilik mavjud, agar o‘ldirsangiz, bir tirik odamni o‘ldirasiz, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikni biladirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz, basharti mol-dunyo istasangiz, xohlaganingizcha so‘rangiz!» — dedi. Janob Rasululloh ertangi kun kelguncha uni o‘z holiga qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!»—dedilar. Samoma «Yana o‘sha gap, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikka yaxshilik qaytaradirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz!»— dedi. Janob Rasululloh uni yana o‘z holiga tashlab qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!» — dedilar. U «Yana o‘sha gap!» — dedi. Janob Rasululloh: «Samomani qo‘yib yuboringizlar!» — dedilar, uni qo‘yib yuborishdi. Samoma masjid yaqinidagi xurmozorga kirib g‘usl qildi-da, masjidga qaytib kirdi, so‘ng «Ashhadu anlo iloha illallohu va-shhadu anna Muhammadan rasulullohi» deb iymon keltirdi, keyin «Yo Muhammad! Olloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi. Men umra qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, otliqlaringiz ushlab kelishdi, endi nima qilayin?»—dedi. Rasululloh uni xushnud qilib, umra qilishni amr qildilar. Samoma Makkaga kelganda unga bir kishi «Dindan qaytgan?»— dedi. Samoma «Xudo haqi, unday ermas, men Muhammad sallallohu alayhi va sallam huzurlarida musulmon bo‘ldim. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, endi ul zotning ijozatlarisiz sizlarga Yamomadan bir dona bug‘doy doni ham kelmagay!»—dedi». (“Sahihi Buxoriy”)

19. Qur'ondagi qaysi sura Zaydning otasi ismi bilan chaqirilishiga sabab bo'ldi?
a) Furqon surasi, 54-oyat
b) Ahzob surasi, 40-oyat
c) Mo'minun surasi, 101-oyat
To’g’ri javob: b) Ahzob surasi, 40-oyat.
Izoh: Parvardigori Olam arablardagi bola asrash odatining ayrim zararli tomonlarini e'tiborga olib, bu odatni Ahzob surasining 40-oyatida bekor qildi: "Muhammad sizlardan biron kishining otasi emasdir, balki u Allohning payg ambari va payg ambarlarning so nggisidir. Alloh barcha narsani bilguvchi bo lgan zotdir" deb marhamat qildi. Shu daqiqadan e'tiboran asrandi o'g'il Muhammadning og'li Zayd deb emas, Horisaning o'g'li Zayd deb atala boshlandi. (“Nurul Yaqin”)

20. Islom haq din va Rasululloh SAVni haq rasul ekanliklarini bila turib iymon keltirmagan, yahudlar raisi bo'lgan Ka'b ibn Usaydni qatl etish qaysi sahobiylarga topshirildi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
b) Ali r.a. va Talha ibn Ubaydulloh r.a.
c) Ali r.a. va Umar r.a.
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
Izoh: Hukm yurgizish ustida Rasululloh o‘zlari turdilar. Ularning raisi Ka’b ibn Usaydni o‘limga keltirildi. Anda Rasululloh unga qarab:
— Ey Ka’b, sizlarning eng ulug‘ oliminglar bo‘lgan Ibn Haroshning qilgan nasihati sizlarga nechuk ta’sir qilmadi? Ul meni ko‘rmay turib, iymon keltirmish edi. Meni haq payg‘ambar deb tanimish erdi, o‘lar vaqtida aytgan uning salomini menga yetkazgan edinglar. Nega uning so‘zini qabul qilmadinglar? — dedilar. Anda Ka’b:
— Ey Abul Qosim, bu aytgan so‘zlaring barisi to‘g‘ridur. Qilichdan qo‘rqib iymon keltirdi, degan ta’na so‘zdan saqlanurman. Yo‘q esa hozir iymon keltirur edim. Men uchun or, nordan (olovdan) qattiqroqdir. Ordin qochib nor bo‘lsa ham, yahud dinida o‘lishni yaxshiroq ko‘rdim, — dedi.
Bu hukmni bajarish xizmati esa Hazrati Ali bilan Zubayr ibn Avvomga topshirilgan edi.  (“Tarixi Muhammadiy”).


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.