2-bosqich. 8-tur: Hamroul-asad, Bani Nazir, Zotur-Riqo’ g’azotlari
II bosqichning 8-tur javob va izohlari.
1.Hamroul Asad g’azoti hijratning nechanchi yi’li bo’lib o’tdi?
a)Ikkinchi.
b)Uchinchi.
c)To’rtinchi.
To’g’ri javob: b) Uchinchi.
Izoh: Hamroul Asad g’azoti hijratning uchinchi yili bo’lib o’tgan Islom olamidagi eng katta g’azotlaridan biri bo’lgan Uhud g’azotidan keyin bo’lib o’tdi.
2.Bu g’azot musulmonlar qaysi urushdan qaytishlari bilan bo’lib o’tgan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)G’atfon.
To’g’ri javob: a)Uhud.
Izoh: Musulmonlar Uhud jangidan mag’lub bo’lib qaytishganidan so’ng, Rasululloh SAV
mushriklar uzil-kesil g‘alaba qozonish niyatida orqaga qaytib, shaharni talon-taroj qilish ehtimolining oldini olish niyatida sahobalarni dushmanni ta’qib etishga chaqirdilar va safarga faqat Uhud jangida qatnashganlar borishi mumkinligini uqtirdilar.
3.Rasululloh SAV bu g’azotda Islom bayrog’ini kimga topshirganlar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ali ibn Abu Tolib.
c)Muhammad ibn Maslama.
To’g’ri javob: b)Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Sahobalar jarohatlariga malham qo‘yib, Uhud g‘azoti uchun bog‘langan a’lamni yechmasdanoq jangga otlanishdi. Bu safar bayroq Ali ibn Abu Tolibga tutqazildi.
4.Rasululloh SAV bu g’azotga faqat Uhud g’azotida qatnashganlarni borishga buyuradilar. Uhudda qatnashmagan faqat bir kishiga Hamroul Asad g’azotida qatnashishga,uning iltimosiga ko’ra rozi bo’ladilar.Bu sahobiy kim?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ka’b ibn Molik.
c) Jobir ibn Abdulloh.
To’g’ri javob: c)Jobir ibn Abdulloh.
Izoh: Bu g’azotga Uhudda qatnashmagan ko’pchilik sahobiylar chiqishni xohlashdi,lekin Rasululloh SAV ularga ruxsat bermadilar. Faqat Uhudda mergan boshlig’I bo’lib shu yerdan jilmay shahid bo’lgan Abdullohning o’g’li Jobirga ruhsat berdilar. Jobir aytdi:”Uhudga siz bilan chiqmoqchi edim, lekin otamdan tug’ilgan to’qqiz qizni ichida men yolg’iz o’g’il eidm,otam g’azotga chiqishida menga shunday dedi:”Men bu jangda shahodat topgayman, InshaAlloh, bu qizlarg sen qarab turmasang bo’lmas” degani uchun ham men chiqolmadim.Buni bilgan Rasululloh SAV Hamroul Asad g’azotiga chiqishiga ruhsat berdilar.
5.Hamroul Asad g’azotidan qaytayotgan musulmonlar, o’zlariga va Rasululloh SAVga tili bilan juda ko’p aziyat bergan,Islomni qoralab she’rlari bilan tashviqot qilgan bir mushrikni tutib oladilar. Va Rasululloh SAV buyruqlariga binoan uni qatl qiladilar. Bu mushrik kim?
a)Abu Azza.
b)Safvon ibn Umayya.
c)Muoviya ibn Mug’iyra.
To’g’ri javob: a)Abu Azza.
Izoh: Rasululloh qo‘lga tushgan shoir Abu Azzani o‘limga buyurdilar. U Badrda asirga tushganda musulmonlarga qarshi tashviqot yurgizmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan edi. "Ey Muhammad, qizlarim uchun qo‘yib yubor, bolalarimni yetim qilma. Bundan keyin senga qarshi bir og‘iz ham gapirmaslikka va’da beraman", deya yolbordi. "Yo‘q, sening Makkaga sog‘-salomat borib, Muhammadni ikki marta boplab laqillatdim, deyishinga yo‘l qo‘yilmaydi. Mo‘min odam chayon chaqqan to‘shakka ikkinchi marta qo‘lini tiqmaydi, — dedilar rasululloh qat’iyat bilan va Zayidga yuzlanib buyurdilar. — Uning kallasini tanidan judo qil!" Buyruq shu zahoti ijro etildi.
Rasulullohning yuqoridagi gaplaridan aldam-qaldamdan saqlan-magan odam aqlli hisoblanmasligi, hokimiyatning asosini mustahqamlash uchun, qat’iyatli bo‘lish zarurligi anglashiladi.
6.Shu g’azot bo’lgan yilda Rasulullohning SAV qaysi nabiralari dunyoga kelgan?
a)Imom Hasan.
b)Imom Husayn.
c)Hazrati Ummu Kulsum.
To’g’ri javob: b) Imom Husayn.
Izoh: HAmroul Asad g’azoti bo’lgan yili juda ko’p muhim hodisalar ro’y berdi. SHulardan biri RAsululloh SAVning nabiralari, Hazrati Ali r.a. va Fotima r.a. larning farzndlari Hazrati Imom Husayn tug’ildi.
7.Yana shu yili arablarning eng yaxshi ko’rgan ishlaridan birini Alloh taolo aniq oyatlari bilan harom qiladi. Bu qaysi odat?
a)Zino.
b)Aroq ichish.
c)Ribo. (sudxo’rlik)
To’g’ri javob: b) Aroq ichish.
Izoh: Shu yili aroq harom qilindi. Arablar ichkilikni haddan tashqari yaxshi ko‘rishar, agar birdaniga taqiqlansa juda ko‘p ko‘ngilsizlik yuz berishi ko‘zda tutilib, tadrijiy cheklana bordi. Aroq odamlarning dilini xufton qiladigan voqealarga sabab bo‘lishi, ham moddiy, ham ma’naviy, ham tibbiy zarari tufayli harom deb topildi.
8.RAsululloh SAV Hamroul Asad g’azotiga ketganlarida Madinaga kimni voliy qilib qoldirdilar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.
To’g’ri javob: b) Abdulloh Ummu Maktum.
Izoh: Rasululloh o‘z o‘rinlariga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktumni qoldirdilar. Lashkar jadal yo‘lga chiqib, Madinadan sakkiz mil olisdagi Hamroul Asad degan joyga yetib keldi.
9.Bani Nazir g’azoti hijratning nechnchi yili bo’lgan?
a)Uchinchi.
b)Tortinchi.
c)Beshinchi.
To’g’ri javob:
Izoh: Hijratning to’rtinchi tili Bani Nazir g’azoti bo’lib o’tdi. Yengiltaklik bilan o‘ylamasdan ish qilish xunuk oqibatlarga sabab bo‘ladi. Tinchgina yashayogan biron qavmning boshliqlari o‘z manfaatlarini ko‘zlab qilgan xiyonatlari shu qavmga baloyu-qazo, vayrongarchilik olib kelishi muqarrar. Madina yaqinida yashovchi Xazraj qabilasining ittifoqdoshi bani Nazir yahudiylarining boyniga shunday kun tushdi.
10.Bani Nazir qavmi bilan bu g’azotning boshlanishiga asosiy sabab nima edi?
a)Musulmonlarga hujum qilishlari.
b)Mushriklar bilan til biriktirishgani.
c)Rasulullohga SAV suiqasd qilib, sulhni buzishlari.
To’g’ri javob: c)Rasulullohga SAV suiqasd qilib, sulhni buzishdi.
Izoh: Musulmonlar bilan bani Nazir qabilasi o‘rtasida tinch-totuv yashash bitimi imzolangan edi. Biroq ular hasadgo‘yligi va niyati buzuqligi tufayli xiyonat ko‘chasiga kirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom bir guruh sahobalar bilan bani Nazirlarning mahallasiga kelganlarida yahudiylar u kishiga suiqasd uyushtirishdi. Rasululloh ko‘chadan o‘tayotganlarida ustilariga xarsangtosh tashlab yuborishni rejalashtirishdi.
11.RAsululloh SAV bu g’azotni boshlaridan oldin Bani Nazir qavmiga qanday jazo qo’lladilar?
a)Madinadan chiqib ketishlarini.
b)Tovon to’lashlarini.
c)Mushriklar bilan har qanday aloqani uzishlarini.
To’g’ri javob: a)Madinadan chiqib ketishlarini.
Izoh: Ularning shum niyatini sezib qolgan payg‘ambar alayhis-salom darrov orqaga qaytib ketdilar va Muhammad ibn Maslamani yuborib, xoinlik qilganlari uchun yahudiylarga Madinadan chiqib ketishni buyurdilar. (Zero haqiqiy ehtiyotkorlik insonning xiyonat bilan muomalada beparvo bo‘lmasligidir.)
12.Bani Nazir qavmiga:”HAr qanday hlatda ham biz siz bialnmiz” degan munofiqlar haqida, Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatlarida ibrat qilib nozil qilgan?
a)”Moida” 90-91.
b)”Baqara”, 129.
c)”Hashr”,11-12.
To’g’ri javob: c)Hashr,11-12.
Izoh: Yahudiylarning shahardan ko‘chib ketish tadorikini ko‘rayotganidan xabar topgan munofiqlar o‘z vakillarini yuborib: "Hech qayoqqa ketmanglar. Har qanaqa sharoitda biz yordam beramiz", dedilar. Olloh taolo Hashir surasining 11-12-oyatlarida munofiqlar haqida bunday deydi: "Munofiqlar ahli kitob orasidagi (Qur’onni) inkor etgan birodarlariga (yurtinglardan) chiqarib yuborilsanglar, biz ham albatta sizlar bilan birga ketamiz, sizlarning zararingaz hisobiga hech qachon birovga itoat etmaymiz, sizlarga (qarshi) urush ochilsa, yordam berishimiz aniq, deyishganini bilmaysanmi? Olloh guvohlik beradiki, ular mutlaqo yolg‘onchilardir. Agar ular haydab chiqarilsa, munofiqlar sira birga ketishmaydi. Agar ularga (qarshi) urush ochilsa, munofiqlar yordam qo‘lini cho‘zishmaydi, yordam berishsa-da ters burilib qochishadi, ahli kitob yordamga erisholmaydi".
13.Bu g’azotda musulmonlar tug’ini kim ko’tardi?
a)Ali ibn Abu Tolib.
b)Umar ibn Hattob.
c)Muhammad ibn Maslama.
To’g’ri javob; a)Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Yahudiylar munofiqlarning yordamiga umid bog‘lab, ko‘chish muddatini paysalga solishdi. Payg‘ambar alayhis-salom o‘rinlariga ibn Ummu Maktumni qo‘yib, Aliga tug‘ ushlatib, yahudiylarga qarshi yasov tortib chiqdilar.
14.Bu g’azotda g’animat olingan mollarni Rasululloh sav ashoblariga bo’lib bermadilar. Ularni o’zlariga, ahli baytlariga, yetim va miskinlarga ulashdilar.Buning sababi nima?
a)Jang qilmasdan qo’lga kiritilgani uchun.
b)Faqirlarni ko’payib ketgani uchun.
c)Ashoblar shu qarorga kelganliklari uchun.
To’g’ri javob” a) Jang qilmasdan qo’lga kiritilgani uchun.
Izoh: Bani Nazirdan g‘animat olingan mol-mulkni rasululloh g‘oziylarga bo‘lib bermadilar, sababi, bu chinakam jang qilib, qon to‘kib, qo‘lga kiritilgan o‘lja emas edi.
15.Rasululloh SAV bu g;animat mollarning ustidan qilgan hukmlarini,Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatida tasdiqladi?
a)”Hashr”,7.
b)”Niso”,32.
c)”Moida”,100.
To’g’ri javob: a)”Hashr”,7.
Izoh: Bu xildagi g‘animat urush tayyorgarligini ko‘rgani uchun Payg‘ambar alayhis-salomning o‘zlariga, oilasi va yaqinlariga, yetim-esir, g‘ariblarga tegishli edi. Hashir surasining 7-oyatida bu narsa alohida ta’kidlab o‘tilgan: "Olloh payg‘ambariga g‘animat qilib bergan ahli quroning,* mollari orangizdagi boylar o‘rtasida qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yurmasligi uchun yaratganga, payg‘ambarga, uning hesh-aqrabolariga, yetimlarga, miskinlarga ibn sabillarga xos qildi"
16.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi arab qabilalariga qarshi bo’lgan?
a)Bani Muhorib, Bani Sa’la.ba.
b)Bani Nazir, Bani Muhorib.
c)Bani Sa’laba, Bani Nazir.
To’g’ri javob: a)Bani Muhorib, Bani Sa’la.ba.
Izoh: Shu yilning rabbiul oxir oyida Najd tomonda yashovchi arablardan bani Muhorib, bani Sa’la qabilalari musulmonlarga qarshi urushga taryorgarlik ko‘rishayotgani ma’lum bo‘ldi.
17.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi oyda bo’lgan?
a)Rabbiul avval.
b)Rabbiul oxir.
c)Muharram.
To’g’ri javob: b)Rabbiul oxir.
Izoh: Shu yilning rabbiul oxir oyida Najd tomonda yashovchi arablardan bani Muhorib, bani Sa’la qabilalari musulmonlarga qarshi urushga taryorgarlik ko‘rishayotgani ma’lum bo‘ldi.
18.Bu g’azotga Rasululloh SAV necha kishilik askar tayorlaydilar?
a)500.
b)600.
c)700.
To’g’ri javob: c)700.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom yetti yuz sahobani ularga qarshi otlantirdilar.
19.Rasululloh SAV bu g’azotga ketganlarida Madinaga kim voliy bo’lib qoladi?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.
To’g’ri javob; a)Usmon ibn Affon.
Izoh: Rasulullohning o‘rnilarida Usmon ibn Affon qoldi
20.Bu g’azotdan qaytishlarida Rasululloh SAV ashoblari bilan asr namozi vaqti kirganida “salotuhavf’namozini o’qidilar. Bu qanday namoz?
a)Safarda bo’lganda o’qiladigan namoz.
b)Dushman hujum qilishidan havfsiraganlarida galma galdan o’qiladigan namoz.
c)G’azotga chiqilganda o’qiladigan namoz.
To’g’ri javob: b)Dushman hujum qilishidan havfsiraganlarida galma galdan o’qiladigan namoz.
Izoh: Musulmonlarning unchalik ko‘p emasligini ko‘rgach, mushriklarning bir qismi yurak yutib pastga tushdi, lekin baribir jang qilishga botinisholmadi. Bu orada namozdigar (asr namozi) vaqti bo‘lib qoldi. Rasulluloh dushman qo‘qqisidan hujum qilib qolishdan xavfsirab salotuxavf* dedilar.
Izohlar “Tarixi Muhammadiy” va “Nurul – yaqiyn” kitoblaridan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.