background
logotype
image1 image2 image3

2-bosqich. 7-tur: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari

II BOSQICH
7-tur: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari
Javoblar va izohlar


1. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar) bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u … bo‘lur», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Abu Bakr r.a. 
b) Umar r.a.
c) Usmon r.a.
To’g’ri javob: Umar r.a.
Izoh: Abu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u Umar bo‘lur», — dedilar». (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar).  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘sha quduqni kim qazigan?
a) Umar r.a.
b) Usmon r.a.
c) Talha r.a.
To’g’ri javob: Usmon r.a.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘shal quduqni Hazrat Usmon qaziganlar (sotib olganlar). Shuningdek, Janob Rasululloh: «Kimki Usra (g‘azotiga) qo‘shin tayyorlasa, unga jannat nasib bo‘lg‘usidir» — deb aytganlarida ham (o‘shal g‘azotga) Hazrat Usmon qo‘shin tayyorlaganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

3. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Ali ibn Abu Tolibga
b) Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
c) Hazrat Hasan ibn Aliga
To’g’ri javob: Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja’far ibn Abu Tolibga: «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

4. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimni «jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Hadicha r.a.ni
b) Hazrat Oisha r.a.ni
c) Hazrat Fotima r.a.ni
To’g’ri javob: Hazrat Fotima r.a.ni
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

5. Hazrat Ali ibn Abu Tolib (r.a) ular haqida shunday degan edilar: “Ushbu ikki qulog’im bilan Rosululloh (s.a.v) aytayotganlarini eshitganman: “... va ... jannatdagi ikki qo’shnidir”. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Hamza ibn Abdilmuttalib, Umar ibn Hattob.
b) Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
c) Amr ibn Jamuh, Hallod ibn Amr
To’g’ri javob: Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
Izoh: So’ngra o’zining musaffo, g’amgin, mehribon qarindoshlari bilan qabrini o’rab aytdi: Ushbu ikki qulog’im Rosululloh (sav) aytyotganlarini eshitgan: Tolha va Zubayr jannatdagi ikki qo’shnidir. (Rijalun havlar rosul).

6. Rasululloh SAV “Kimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan (vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa, u ... ga qarasin” deb qaysi sahobiyga ishora qilgan edilar?
a) Tolha ibn Ubaydulloh
b) Ali ibn Abi Tolib
c) Abu Bakr Siddiq.
To’g’ri javob: Tolha ibn Ubaydulloh.
Izoh: “Mo’minlardan Allohga qilgan ahdlariga sodiq bo’lgan kishilar bor. Ulardan ba’zisi o’z ulushini oldi. Va ulardan ba’zisi kutib turmoqda. Va ular(ahdlarini) buzmadilar”. Payg’ambar s.a.v. bu oyati karimani tilovat qilib so’ngra ashoblarining yuzlariga boqdilar. Va Tolhaga ishora qilib dedilar: “Kimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan(vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa demak u Tolhaga qarasin!” (Rijalun havlar rosul).

7. Jabroil alayhissalom odam shalida qaysi sahoba qiyofasida kelar edilar?
a) Salama ibn Qays
b) Dihyatul Kalbiy
c) Baro ibn Ozib
To'g'ri javob: Dihyatul Kalbiy 
izoh: Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Jabroil alayhissalom (bir notanish odam qiyofasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, shunda ul yerda Ummu Salama ham bor erdilar. O’shal (notanish) odam Janob Rasululloh birlan so‘zlashib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib chiqib ketdilar. So‘ng, ul zot Ummu Salamaga: «Haligi odam kim erdi?» — dedilar (yoki shunga o‘xshash gap aytdilar). Ummu Salama: «U Dihya (ibn Xulayfa al-Kalbiy) erdi», — dedilar, (chunki Jabroil alayhissalom ko‘pincha shu kishining qiyofasida kelar erdilar)».  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

8. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa …» — deb kimni ta’kidlaganlar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Zayd ibn Horisa
c) Zubayr ibn Avvom
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa Zubayr ibn al-Avvomdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

9. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimga «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qilganlar?
a) Zayd ibn Horisa
b) Bilol ibn Raboh
c) Salmoni Forsiy
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa
Izoh: Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zayd ibn Horisaga: «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

10. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa …» - deb qaysi sahobani ta’kidlaganlar?
a) Abu Ubayda ibn al-Jarroh
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Abu Bakr Siddiq
To’g’ri javob: Abu Ubayda ibn al-Jarroh
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa, ey ummat(im), Abu Ubayda ibn al-Jarrohdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

11. Rasululloh SAV umarlari davomida ikki marta ikki sahobaga iqtido qilganlar. Bu sahobalar kimlar? 
a) Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Hattob
b) Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
c) Abu Bakr Siddiq, Abdulloh ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki marta: Abu Bakr va Abdurrahmon ibn Avf (raziyallohu anhumo)larning orqasida iqtido qilib namoz o‘qidilar (Imom Ahmad «Musnad» 3/ 18182).

12. Rasululloh SAVning Makkai mukarramadagi muazzinlari kim edi?
a) Bilol ibn Raboh
b) Sa’d al-Quraz
c) Abu Mahzura
To’g’ri javob: Abu Mahzura 
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muazzinlari to‘rtta bo‘lib: Bilol ibn Raboh va Abdulloh ibn Ummu Maktum Madinada, Sa’d al-Quraz Quboda, Abu Mahzura Makkada edilar («Zodul-ma’od» 1/ 124).

13. Rasululloh SAV vafot etganlaridan so’ng, u kishini yuvishda ishtirok etgan Abbosning og’illari kim?
a) Qusam, Fazl
b) Abdulloh, Amr
c) Zayd, S’ad
To’g’ri javob: Qusam, Fazl
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlaridan so‘ng muborak badanlarini Abbos ibn Abdulmuttalib, Aliy ibn Abu Tolib, Fazl ibn Abbos, Qusam ibn Abbos, Usoma ibn Zayd va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning g‘ulomi - Shuqron (raziyallohu anhum)lar yuvdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni yuvganlarida kiyimlari yechilmagan edi (Ibn Hishom, «as-Siyra», 4/ 287)

14. Rasululloh SAV qaysi sahobiyni Abu Turob deb ataganlar?
a) Usoma ibn Zaydni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Bilol ibn Rabohni
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolibni
Izoh: Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Sahl ibn Sa’dning qoshiga kelib: «Falonchi minbar oldida turib Alini «Ey Abu Turob!» deb chaqirdi» — deya kuldi. Sahl: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgina Alini shunday deb ataganlar. Ali uchun bundan mahbubroq ism bo‘lmagan», — dedilar. Keyin, men shul xususdagi hadisni aytib bermoqni Sahldan iltimos qildim. Sahl: «(Bir kuni) Ali Fotimaning huzurlariga kirdilar. (Ikkalalari aytishib qolgach), Ali masjidga chiqib, ul yerda cho‘zilib yetib oldilar. Janob Rasululloh (Fotimadan): «Amakingning o‘g‘li (ya’ni, ering) qaerda?» — deb so‘radilar. Fotima: «Masjiddalar», — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh Alining oldilariga borib qarasalar, ul kishining choponlari yelkalaridan tushib, orqalari tufroq bo‘lib yetibdi. Shunda Janob Rasululloh Alining orqalariga tekkan tufroqni qoqa turib: «O’ltiraver, ey Abu Turob!» (ya’ni, «Hamma yog‘i tufroq, tufroqli»)— deb ikki bor aytdilar», — dedi».("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

15. Rasululloh SAVning uzuklarini olib yurgan va bu uzuk bilan maktublarni muhrlagan sahoba kim edi?
a) Salmon Forsiy
b) Abu Zarr G’iforiy
c) Muayqib Davsiy
To’g’ri javob: Muayqib Davsiy
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uzugini Mu’ayqib ibn Abu Fotima Davsiy (raziyallohu anhu) olib yurar va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu uzuk bilan maktublarni muhrlar edilar(«Zodul-ma’od» 1/ 128)

16. Quyidagi sahobalardan qaysi birlari Rasululloh SAVga qo’riqchilik qilganlar?
a) Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
b) Abdulloh ibn Ravoha, Omir ibn Akva’
c) Ubay ibn Ka’b, Hanzala ibn Rabi’
To’g’ri javob: Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘riqchilari Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama, Zubayr ibn Avvom, Ubbod ibn Bishr va boshqalar (raziyallohu anhum) edilar. Alloh taoloning: «Alloh Sizni odamlardan himoya qiladi» (Moida: 67) oyati nozil bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘riqchilariga buning xabarini berib, ularni tarqatdilar (Zodul-ma’od» 1/ 127)

17. Rasululloh SAV: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, …ni do‘st tutgan bo‘lur erdim» deb qaysi sahobiyning nomini aytgan edilar?
a) Abdulloh ibn Salom
b) Abu Bakr Siddiq
c) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq
Izoh: Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim, ammo ul kishi (Islom buyicha) birodarim va sahobamdurlar» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

18. Rasululloh SAV tushlarida bir muhtasham qasrni ko’radilar. Farishtadan bu qasr kimnikiligini so’raydilar. So’ng, qasrni tomosha qilmoqchi bo’lib, ichkariga kirmoqchi bo’ladilar-u, lekin uning rashkchi ekanligini bilab, kirmaydilar. Jannatdagi bu muhtasham qasr kimga tegishli edi?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon
To’g’ri javob: Umar ibn Hattob
Izoh: Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men tushimda jannatga kirganimni ko‘rdim. Qarasam, qarshimda Abu Talhaning xotini Rumayso’ («Rumayso’» o‘shal xotinning laqabi bo‘lib, uning mijjalarida doimo yiringga o‘xshash modda to‘planib turgan) turibdi. Shu asnoda ohista qadam tovushi qulog‘imga chalindi. «Kim bu?» — dedim. (Farishta): «Bu Biloldur», — dedi. (Balki, Hazrat Bilolning o‘zlari: «Bu men, Bilolman»— deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin). Keyin, men (jannatda) bir (muhtasham) qasrni ko‘rdim, uning hovlisida bir yosh qiz turgan erdi. «Bu (qasr) kimniki?» — dedim. (Farishta): «Umarniki», — dedi. Keyin, men qasrga kirib, uni tamosho qilmoqchi bo‘ldim-u, ammo sening (ya’ni, Umarning) rashkchi erkanligingni eslab, (kirmadim)», — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, sizdan rashk qilamanmi?!» — dedilar» ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

19. “Ikki qanotli” nomini olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Tufayl ibn Amr
To’g’ri javob: Ja’far ibn Abu Tolib
Izoh: Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ja’farning o‘g‘illariga salom bersalar: «As-Salomu alayka, ey Ikki qanotlining o‘g‘li!» — der erdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

20. Rasululloh SAV «Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» deb kimni marhamat qilgan edilar?
a) Hadicha r.a.
b) Fotima r.a.
c) Hasan ibn Ali r.a. 
To’g’ri javob: Fotima r.a. 
Izoh: Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima mening bir bo‘lagimdur. Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» — deb marhamat qildilar».("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)


2004-2018 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.