background
logotype
image1 image2 image3

Vidolashuv nutqi

Payg'ambar alayqis-salom zulhijja oyining to'qqizinchi kuni Arafotga chiqdilar va shu yerda islom dinining asosiy shahobchalari batafsil bayon etilgan ulug' nutqlarini irod etdilar. Bu tarixny nutqning mazmuni tsuyidagichadir:

"Barcha hamdu sano Ollohga xos, Ollohni ulug'laymiz, Ollohdan afv so'raymiz, Ollohga tavba qilamiz. Ollohga sig'inib nafsimnzning vasvasadan hamda yomon ishlardan panoh tilaymiz. Olloh hidoyatga boshlagan odamni hech kim yo'ldan ozdirolmaydi, Olloh adashtirgan odamni hech kim hidoyat qilolmaydi. Shunga guvohlik beramanki, bir Ollohdan o'zga hech iloh yo'q, Ollohning sherigi ham yo'q. Shunga guvohlik beramanki, Muhammad Ollohning bandasi va elchisidir.

Sizlar Ollohning bandalari, sizlarni Ollohga taqvodorlnk qilnshga da'vat etaman, Ollohga itoatda bo'lishinglarni targ'ib etaman. Gapimni xayrli ishlardab boshlayman. Ey odamlar, so'zlarimga quloq solinglar! Bu yildan keyin shu yerda sizlar bilan uchrashmasligim mumkin deb o'ylayman. Ey odamlar, to robbingizning dargohiga borguncha bir-biringizning joniga, moliga xiyonat qilish mana shu oyning, mana shu kunning, mana shu joyning hurmatani bajo keltirmaslik kabi haromdnr. Yetkazdimmi? Ey Olloh o'zing guvoh bo'lgii!

Qo'lida birovlarning omonatlari bor kishilar bu narsalarni o'z egalariga qaytarishsin, johiliyat davrida hukm surgan sudxo'rlik bekor etiladi, men ishni avvalo amakim Abbos ibn Muttalibning sudxo'rligini bekor qilishdan boshlayman. Johiliyat davridagi qon qarz (qasos) ham bekor qilinadi, avvalo Omir ibn Robia ibn Horisning qon qarzini yo'qqa chiqaraman. Johiliyat davridagi odatlardan Ka'ba bilan Obi zamzamni boshqarishdan boshqa ishlarning hammasi bekor qilinadi. Qasddan odam o'ldirgan qotil (albatta) o'ldiriladi. U birovni kaltak yoki tosh bilan urib o'ldirsa, qisman qasd qilgan hisoblanib, tovoniga yuzta tuya to'latiladi, bundan ortiq haq undirish johiliyat davridagi kishilarga xos.

Ey odamlar! Shayton zaminingizda Xudo bo'lishdan umidini uzdi, lekin u mayda-chuyda hisoblaydigan ishlaringizda sizlarni o'ziga bo'ysundirishga urinadi. Ey odamlar! Nasi* degan narsani qo'llash kufrni yanada oshiradi, kofirlarni adashtiradi. Olloh harom qilgan oyni o'zlaricha halolga aylantirish uchun uni bir yil halol, kelgusi yili esa haromga chiqarishadi. Olloh osmonu zaminni yaratganidan buyon zamon o'z yo'rig'ida hukm surmoqda. Qur'onda Ollohning hukmiga binoan osmonu zamin yaratilgandan buyon oylarning soni o'n ikki, ulardan to'rt oyning hurmatini saqlamaslik harom qilingan. Bu oylarning uchtasi Zulqa'da, Zulhijja, Muharram oldinma-keyin, Jumadiul oxir bilan Sha'bonning orasidagi Rajab oyi esa yolg'iz keladi. Sizlarga yetkazdimmi?! (Ollohning hukmini yetkazdimmi?) Ey Olloh, o'zing guvoh bo'lgin!

Ey odamlar! Zimmangizda amal qilishingiz lozim bo'lgan ayollaringizning haqi bor, ayollarning zimmasida ham ular rioya etadigan sizlarning haqqingiz bor. Sizlarning haqingiz shuki, ayollaringiz iffat joyiga begona odamlarni yaqin yo'latmasligi, sizlar yoqtirmaydigan kimsalarni beruxsat uyga kiritmasligi va fohishabozlik qilmasligi lozim. Mabodo shunday qilishsa, Olloh ularni qattiq tutishingizga, ostona hatlatib chiqarmasligingizga, bir to'shakda yotmasligingizga, astaroq urishingizga ijozat beradi. Bordi-yu, ular tiyilib, hukmingizga itoat etishsa, yaxshilikcha osh-non, kiyim-kechak bilan ta'minlanglar, sizlarning amringizdagi ayollarning ixtiyori o'zlarida emas. Ularni Ollohning omonati qilib olgansizlar, ularni nikoh orqali o'zinglarga halol etdinglar. Ayollarga Ollohdan qo'rqib munosabatda bo'linglar, ayollarga yaxshi muomala qilish haqidagi vasiyatlarni qabul etinglar. Sizlarga yetkazdimmi? Ey Olloh, guvoh bo'lgin!

Ey odamlar! Mo'minlar bir-biriga qarindosh, qarindoshning o'z ixtiyori bilan bermagan moli hech kimga halol emas. Sizlarga yetkazdimmi?! Ey Olloh, guvoh bo'lgin!

Mendan keyin murtadga aylanib, bir-biringizni qiradigan kofir bo'lmaganlar. Sizlarga men Ollohning kitobi bo'lgan Qur'onni o'qib eshittirdim. Qur'onni mahkam tutsanglar adashmaysizlar. Yetkazdimmi?! Ey Olloh, guvoh bo'lgin!

Ey odamlar, sizlarning robbingiz bir, otangiz bir, hammangiz bir otadan tarqagansiz. Odam Ato tuproqdan yaratilgan. Kimki eng muttaqiy (Ollohning buyruqlariga- amal qilib, qaytargan ishlaridan o'zini tiygan odam) bo'lsa, u Ollohning nazarida eng hurmatli odamdir. Arab bilan arabdan boshqa odamning qaysi biri taqvodor bo'lsa o'shanisi afzal. Yetkazdimmi?! Ey Olloh, guvoh bo'lgin!

Gaplarimni eshitib turganlar bu yerga kelolmaganlarga yetkazishsin. Ey odamlar, Olloh har bir vorisga meros nasibasini belgilagan. Merosni faqat birgina vorisga vasiyat qilish durust emas. Merosning uchdan biridan ko'p qismini vasiyat qilish ham yaxshi emas. Bola erkakka mansub, asl zinogarniki emas. Kimki o'z padaridan boshqa birovni ota deb, xo'jasidan boshqa birovni xo'ja deb da'vo qilsa, Ollohning, farishtalarning va barcha kishilarning la'natiga uchraydi, uning bergan narsasi va guvohligi qabul etilmaydi. Sizlarga omonlik va Ollohning rahmati bo'lsin!

Shu kuni Olloh mo'minlarga bergan ne'matini Qur'ondagi Moida surasining 3-oyatida bayon etdi: "Bugun sizlarnikg diningizni kamolotga yetkazdim, sizlarga bergan ne'matimni tamomladim va diningizga islomni tanladim". Musulmonlar mana shu kunni Olloh taoloning beadad ne'matiga shukr izhor etadigan baxti kulgan kunga, bayramga aylantirib olishsa arziydi.

Shundan so'ng payg'ambar alayhis-salom shaytonga tosh otish, qurbonlik qilish, soch oldirish kabi hajning shartlarini bajo keltirdilar va Makkada o'n kun turgach, Madinaga qaytdilar. Olisdan Madina ko'ringanda uch qayta takbir aytib: "Yolg'iz Ollohdan boshqa iloh yo'q, Ollohning sherigi yo'q, Olloh jam'iki jonzotlarni idora qiladi. Barcha hamdu sano Ollohga xos, Olloh hamma narsaga qodir. Biz robbimizning dargohiga qaytguvchilarmiz, tavba qilguvchilarmiz, sajda qilguvchilarmiz, hamd aytguvchilarmiz. Olloh va'dasini bajo keltirdi, payg'ambariga yordam berdi, mushriklar to'dasini yolg'iz o'zi mag'lub etdi", dedilar.

*Nasi - arablarda oy, yil hisobida qamariya oylari qo'llanilardi. Qon to'kish ehrom qilingan haj oylari (Rajab, Zulqa'da, Zulhijja, Muharram)ning hurmatini saqlash Ibrohim va Ismoil payg'ambar zamonasidan boshlab joriy etildi. Lekin bu tartib-qoida ularning savdo-sotiq ishlariga zarar yetkazdi, chunki haj ba'zan ularga nomuvofiq faslga, ba'zan esa harom qilingan oylar tijoratga foydasiz paytga to'g'ri kelib qolardi. Shu bois ular oy-kunlar hamisha manfaatlariga mos keilshi uchun qamariya yilini Shamsiyaga moslashtirish niyatida uning oxiriga ma'lum kunlarni qo'shib nasi ya'ni kechiktirilgan deb atashdi. Bunday kunlar jamlanib bir oyni tashkil etar, ba'zi yillar o'n ikki oy, ba'zilari esa o'n uch oy bo'lardi. Oqibatda haj bir yilda ikki marta ham kelaveradigan bo'ldi. Shu bois payg'ambar alayhis-salom Haj-ul-vadoda Olloh taoloning amriga binoan bu tartibni amaldan qoldirib, qamariya hisobi bo'yicha ish yuritishni tavsiya etdilar. Zamon aylanib, haj yana o'z vaqtida keladigan bo'ldi. Payg'ambar alayhis-salomning "Zamon aylanib keldi", deganlarida shu voqea ko'zda tutilgan.


2004-2018 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.