background
logotype
image1 image2 image3

Zimod Azdiy

Sahobiylardan Zimod Azdiy (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) johiliyat davrida Makkadagi Azdishanua qabilasining dam soluvchisi edi. U ba’zi aqlsizlardan «Muhammad jinni bo‘lib qolgan», deb eshitadi. «Men bu kishini uchratib, dam solsam, shoyad qo‘limda shifo topsa», deydi. So‘ngra Koinot sarvari bilan uchrashib: “Ey Muhammad, men dam soluvchi kishiman. Alloh o‘zi xohlagan odamlarni qo‘limda shifo toptiradi», deydi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Allohga hamd bo‘lsin, Undan yordam so‘raymiz, Alloh kimni hidoyat qilsa, uni adashtiruvchi yo‘q. Kimni adashtirsa, uni hidoyat qiluvchi yo‘q. Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning sherigi yo‘q. Guvohlik berib aytamanki, Muhammad (alayhissalom) Allohning quli va rasulidir», deydilar. Zimod: «Ushbu o‘qigan kalimalaringni yana qaytar-chi», deydi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ularni uch marta qaytaradilar. Shunda Zimod Azdiy: «Men kohin, sehrgar va shoirlarning gaplarini ko‘p eshitganman, lekin sening aytganing kabi sharaflisini sira eshitmaganman. Bu aytgan so‘zlaring yuragimdan joy oldi, kel, qo‘lingni uzat», deydi va musulmon bo‘ladi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.