background
logotype
image1 image2 image3

Utba ibn G'azvon

Utba ibn G'azvon (roziyallohu anh)ning islomdagi o‘rni alohidadir. (Umar ibn Xattob (roziyallohu anh))


Xufton namozidan so‘ng mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob o‘rindiqlarini tark qilib, kechasi ozgina kechki tunda dam olishlik uchun shahar ko‘chalarida yurdilar. Lekin xalifaning ko‘z oldidan tushlari ketmadi, ularga keltirilgan xabarda aytilishicha, fors jangarlari yengilgan, qayerdandir ularga kuch quvvat kelib yordam berayotganini, o‘zlarini tutib yana jang qilishlikka shaylanayotganligini ko‘rdilar.. ..
Tushlarida ko‘rganlari rost chiqib, forslarga haqiqatdanam yordam berishayotgan ekan Ubulla shahridan. (Ubulla Basra shahriga tutashgan yonidan dengiz joylashgan shahar).
Xalifa Ubulla shahriga musulmon jangchilarini yuborishlikka va fatx qilishlikka qast qildi. Biroq Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) bu ishga kimni boshliq qilib yuborish muammosiga yo‘liqdilar. O'sha vaqtlar musulmonlar ko‘plari safarda edilar, faqat yoshlar va qariyalar Madinada qolgan edi, qolgan jamoatlarni Allohning yo‘lida g‘azotga yuborib ozgina kishilarni olib qolgan edilar.
Umar (roziyallohu anh) o‘zlarini ko‘p yillik tajribalaridan kelib chiqib shu qarorga keldilar, bu qaror shunday ediki.. ..bir qancha jangchilar jamoasidan odamlar olib, ularni to‘plab jamoat qilib safarga sho‘natish edi. Umar (roziyallohu anh)ni xayollarida birma bir qo‘mondonlikka qo‘yishga saxobalar o‘ta boshladi va oxri bir qarorga keldilar.. ..
 "Men topdim!, xa, men topdim".. .¡zlari uchun o‘rin tayyorlab o‘zlariga o‘zlari dedilar. 
Bu mujoxit Badir va Uxudda, xandaqda va boshqa janglarda ishtirok etgan.. .. Yamanda o‘zining janggi bilan hammani lol qoldirgan, qilichini yolyang‘ochlab, o‘qi xato ketmagan.. ..va ikki marta hijrat qilgan (Xabashiston va Madinaga) boshidan og‘ir kunlarni o‘tkazgan, yer yuzida yetinchi bo‘lib islomga kirgan .. ..Utba ibn G'azvon edilar. Tong otishi bilan Umar Utba ibn G'azvonni xuzurlariga chaqirtirdilar. Utba xalifa xuzuriga kelgach unga 300 kishiga qo‘mondon bo‘lishlikka buyurdilar va yana keyin yordam berishlikni aytdilar.

Unchalik katta bo‘lmagan musulmon jamoat bilan safarga otlandilar. Umar al Farruq (roziyallohu anh) o‘zlari Utba ibn G'azvon (roziyallohu anh)ni kuzatib chiqdilar va aytdilarki:
 "Ey Utba! Men seni, Ubulla shahriga yuboryapman, uning qal'alari mustaxkam, dushmadlarimiz ham kuchlidir. Men Allohdan senga yordam berishligini umid qilaman.. ..qachon sen Ubullaga yetib borsang, Uning ahlini Allohning diniga chaqir, bas kim uni qabul qilsa unga omonlik ber va kim undan bosh tortsa undan jizya olgin, agar ular birinchi va ikkinchi shartlarga rozi bo‘lmasa, unda ular bilan kurashgin. Men senga topshirayotgan ishda Allohdan qo‘rqin, ey Utba! o‘zingni kamtar tut, katta ketishlik oxiratingni buzadi, va xar doyim bilginki, Alloh seni xorlikdan aziz qildi, zayifligindan keyin senga quvat berdi. Xozir sen qo‘mondon bo‘lding, senga odamlar itoat qilmoqdalar, qachon so‘zlasang senga quloq solishadi, qochon biron bir ishga buyursang, hammalari bajarishadi. Bu sen uchun ne'amatdir, agar sen ularga yomonlik qilib, raxbarligindan foydalanib, ularni aldasang unda bu ishing jaxannamga oboradi. Alloh meni va seni bundan saqlasin.

* * *

O'zlarining ozgina jamoatlari, xotinlari va boshqa besh nafar ayollar bilan Utba ibn G'azvon (roziyallohu anh) yo‘lga otlanib «Kazbo» degan joyga yetib borishdi. (Kazbo Ubulla shahrining chetidan oqib o‘tgan dengiz soxili) borib tushishganda ularning oziq ovqatlari tamom bo‘lgan edi. Ochlik kuchaya boshladi. Utba bir necha kishiga buyurib dedilar:
- Borib qanday bo‘lmasin biron yegulik qidirib, olib kelinglar.

Odamlar oziq ovqat qidirib yo‘lga tushishdi, ular bilan juda qiziq ish bo‘lib o‘tdi. Ulardan biri rivoyat qiladi:
- Biz yegulik izlab yon atrofni qidirib, butazorga kirib qoldik, qarasak u yerda ikki savat turibdi, birida xurmolar bor ekan, ikkinchisida qandaydir oq don bor ekan, ustiga sariq teridan yopib qo‘yilgan ekan. Bularni olib askarlar oldiga keldik qo‘limizdagi savatni ko‘rib, askarlardan biri dedi: "Bu dushmanlarimiz tarafidan bizni zaxarlab o‘ldirish uchun tashlab qo‘yilgan dondir, bunga qo‘l tekizmanglar. Biz xurmolarni yeyishlikka qasd qildik, shu vaqt kimningdir oti kelib, savatdagi oq donni yeya boshladi, Allohga qasamki! Biz bu otni so‘yib yemoqchi bo‘ldik, zaxarlanib o‘lib qolmasidan oldin. Shunda otning egasi: "Tegmanglar! unga men kechasi bilan uni yonida o‘tirib chiqaman, agar unda biron bir xolni ko‘rsam o‘zim uni o‘lmasdan oldin so‘yib yuboraman." Ertasi kuni biz otni sog‘ salomat ekanligini ko‘rgach uni zaxarlanmaganligini bildik. Shu vaqt singlim menga dedi: "Ey aka! Eshit meni, otam aytar edilar agar zaxarni kuchini ketkazmoqchi bo‘lsak, yegulikni olvda qaynataylik. Shundan so‘ng biz u aytganidek donlarni qozonga solib qaynatdik, shu vaqt singlim dedi: "Beri kelinglar.. qaranglar unga.. don qizaryapdi, donni ustini tozalaganimizdan keyin ichidan oq don chiqdi. Keyin biz hamma donni yig‘ib undan yeyishlik uchun ovqat tayorladik. Utba (roziyallohu anh) bizga dedi: "Allohning nomi bilan undan yenglar .. ..undan yeb totliligini bilgach, bu oq donni guruch debilanomlanishini keynchalik bildik. Utba ibn G'azvon (roziyallohu anh) «Ubullaga» borganida o‘z lashkarlari bilan mustaxkam qal'arga duch kelib bildiki, forslar bu shaharni o‘zlarining qurol aslaxalar ushlaydigan, balon imoratlar qurib ustida quo‘riqchilar kuzatib turadigan, dushman bilan kurashishlikka mos qilib qurilgan qo‘rg‘onli shahar ekan. 
Ozgina jangchilardan iborat bo‘lgan qo‘shin bilan jang qilish, xatarli edi va uning ustiga qurollari ham kuchsiz edi. Utba (roziyallohu anh)ning qo‘shini olti yuzga yaqin va bir necha ayollardan iborat qo‘shin edi va ularning qurollari qilich va nayzalardan iborat edi. Shuning uchun biron bir xiyla ishlatish lozim bo‘ldi.

* * *

Ayollar uchun bayroq tayorlab, bayroqni nayzalar uchiga bog‘lab Utba (roziyallohu anh) ularga qo‘shin oldida yurishlikni buyurdi va ayollarga dedi:
- "Qachon biz shaharga yaqinlashganimizda iloji boricha xavoga chang to‘zon ko‘tarishni buyurdi. Utbani qo‘shini «Uballaga» kelganida fors qo‘shinlari ko‘plab bayroqlarni qo‘rib, chang to‘zonni xavoga ko‘tarilayotganini ko‘rgach ular bir birlariga qarab dedilar. 
- "Oldilarida ozgina qo‘shin kelayotibdi orqalaridan esa juda katta qo‘shin kelayotibdi, biz qalada ularga nisbatan ozginamiz 
Forslar orasiga qo‘rquv tusha boshladi va ular vaxima qilib yengil qimmat baxo narsalarini olib soxildagi kemalariga qocha boshladilar. Kemalari tayyor turganidan ular tezda qochib qolishdi.
Biron bir jangchisini yo‘qotmasdan Utba ibn G'azvon (roziyallohu anh) Uballaga kirib keldi. Va tevarak atrofni hammasini qo‘lga oldi. Bu safarda Utba (roziyallohu anh) juda katta xajimdagi g‘animatlarni qo‘lga kiritdi.
Ularni kutib turganlar bilan nima bo‘ldi?
Utbani jangchilaridan biri Madinaga borganida odamlar undan so‘radilar: 
- "Uballaga ketgan musulmonlarni xoli qanday?
- Nima haqida so‘rayapsizlar?- dedi jagchi.

- Qasam Allohga, men ularni tashlab kelayotganimda ular tilla va kumishlarni qoplab o‘lchashyotgan edi. Bu xabar ko‘pchilikni Ubalaga qarab intilishiga sabab bo‘ldi.

* * *

Utba ibn G'azvon (roziyallohu anh) bularni hammasini ko‘rib, jangchilarni bir joyda qolib yengil xayotga o‘rganib onson yashashga berilib ketmasliklari uchun ketini o‘ylab, Umar ibn Xattob (roziyallohu anh)ga Utba (roziyallohu anh) maktub yozib, undan Basraga imorat qurishni so‘radi. Umar (roziyallohu anh) bu ishga rozi bo‘ldilar.

* * *

Yangi shaharni qurish rejasini tuzib Utba (roziyallohu anh) masjidga e'tiborini ko‘proq qaratdi. Bunda xech ajablanadigan xolat yo‘q. Utba (roziyallohu anh) va uning safdoshlari Allohning yo‘li uchun safarga chiqishgan edi. Jangchilar hamma ishlarni qilib bo‘lgandan keyin ular hamma yerni o‘zoro bo‘lishib oldilar o‘zlariga uylar qura bashladilar. Ammo Utba (roziyallohu anh) bu narsalarga berilib ketmasliklari uchun o‘zlariga uy qurmadilar oldingi chodirlarida yashadilar.

* * *

Utba (roziyallohu anh) Basradagi musmonlarga qattiq dunyo ta'sir qilayotganini va ular o‘zlarini oldingi xolatlarini unitishayatganini ko‘rgach, vaxolanki yaqinda faqatgina guruch aralashmasidan boshqa yaxshi taom nima ekanini bilmas edilar, xozir esa ular xolva, asal va kulcha shirinliklar va boshqa noyob ovqatlar ularni avrab qo‘ydi. Utba (roziyallohu anh) o‘z dinlaridan xavotir olib dunyo lazzati, oxiratini unuttirishini bilgach, ularni hammalarini Kufa masjidiga to‘plab xitob qildilar: 
- "Ey insonlar! dunyo xayoti tez o‘tkinchidir, undan keyin sizlar tugamas abadiy xayotga borasizlar. O'tginchi dunyoga berilib ketmasdan yaxshi ishlarni qilib qolinglar. Men birinchi muslmonlarni yettinchisi bo‘lib Allohning Payg‘ambari (sallallohu alayhi va sallam) oldilarida iymon keltirganman. O'sha vaqtlarda bizning taomimiz daraxt barglari edi, shundan xatto lablarimiz yara bo‘lib ketar edi. Bir kuni enimdagi ridoni ikkiga yirtib bir qismini Saad ibn Abu Vaqqosga berdim. Ikkinchi qismini esa sovuqdan o‘zimga o‘radim. Bugun esa men xar biringizda shoxona kiyimlarni ko‘ryapman."

- "Ey Allohim! Meni nafsimni o‘zimdan ulug‘ qilma va sening xuzuringda xor bo‘lishlikdan o‘zing asra". 
Utba (roziyallohu anh) ular orasidan bir kishini boshliq qilib, ular bilan xayrlashib Madinaga ketdilar. Umar Al Farruq (roziyallohu anh)ning oldilariga borganlarida undan so‘radilar:
- "Basraga voliylikdan meni ozod qilsangiz. 
Lekin xalifa unga ruxsat bermadilar. Utba (roziyallohu anh) qancha so‘ramasin, xalifa o‘z so‘zida turib oldilar. Umar (roziyallohu anh)ning buyrug‘iga ilojsiz ito'at qilib Utba tuyalariga o‘tirib duo qildilar. 
- "Ey Allohim! meni Basraga qaytarmagin.. Ey Allohim! Meni Basraga qaytarmagin..." Alloh u kishini duosini ijobat qildi. Madinadan uzoqlashmasdanoq tuyalari qoqilib ketib Utba (roziyallohu anh) tuya ustidan yerga qulab xayotdan ko‘z yumdilar.
 Alloh ulardan rozi bo‘lsin.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.