Noʻmon ibn Bashir
Milodiy 623 yilda Madina shahrida bir farzand dunyoga keldi. Unga "Noʻmon" deb ism qo‘yib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning huzurlariga olib borishdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) uning tanglayini xurmo bilan ko‘tarib, haqiga duo qildilar.
To‘liq ismi: Noʻmon ibn Bashir ibn Sa’d ibn Sa’laba ibn Julos ibn Zayd Ansoriy Xazrajiydir. Kunyasi Abu Abdulloh.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning otasi Bashir ibn Sa’d (roziyallohu anhu)dir, u Abu Noʻmon kunyasi bilan mashhur bo‘lgan.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning onasi Amra binti Ravoha (roziyallohu anho) soliha ayol edi. U mashhur sahoba Abdulloh ibn Ravoha (roziyallohu anhu)ning singlisidir.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning besh o‘g‘il, ikki qizi bo‘lgan. O‘g‘illarining ismi Muhammad, Abon, Yazid, Bashir va Abdulloh, qizlarining ismi Amra va Hamida.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) shijoat va saxovatda barchaga namuna, so‘zamol, oqil va halim edi. U mashhur voiz va mohir shoir ham bo‘lgan. Shuni ta’kidlash kerakki, Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning bobosi Sa’d ibn Husayn, otasi Bashir ibn Sa’d, amakisi Husayn ibn Sa’d, tog‘asi Abdulloh ibn Ravoha (roziyallohu anhum) ham she’riyatga oshno bo‘lishgan.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) 124 hadis rivoyat qilgan. U rivoyat qilgan 114 hadis Musnadda jamlangan.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) Oysha, Umar va Abdulloh ibn Ravoha (roziyallohu anhum)dan hadis rivoyat qilgan. Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan o‘g‘li Muhammad, Sha’biy, Simok ibn Harb, Muhammad, Humayd ibn Abdurrahmon Zuhriy, Abu Sallom Mamtur, Solim ibn Abulja’d va Abu Qiloba hadis rivoyat qilgan.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) aytadi: “Balo-ofat vaqtida gunoh qilish eng katta halokatdir”.
Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu) milodiy 684, hijriy 64 yili oltmish uch yoshida Hama shahrida vafot etgan.
1968 yil Bag‘dod shahrida chop etilgan Noʻmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)ning “Devonun Noʻmon” nomli she’riy kitobi, 1985 yil Quvaytda to‘ldirilgan yangi nashr sifatida ommaga havola qilindi.
Ravshanbek O‘rinboyev | Hidoyat.uz
NU'MON ibn BASHIR, to‘liq ismi An-Nu'mon ibn Bashir ibn Sa'laba ibn Sa'd al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxminan 623-683) -sahoba. Onasi - Amra bint Ravoha (Abdullo ibn Ravohaning singlisi) sahobalardan bo‘lgan.
Nu'mon ibn Bashir juda ko‘plab hadislarni rivoyat qilgan va ko‘plab tobe'inlar undan hadislarni rivoyat etgan. Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida (661-680) Xums va Kufada amir bo‘lgan.
Xalifa Yazid ibn Muoviya (680-683) vafotidan so‘ng, xalqni Abu Bakr Siddik, (ra)ning nabirasi az-Zubayrga bay'at qilishga chaqirgani uchun Xums aholisi undan norozi bo‘lib o‘ldirgan.
Islom ensiklopediyasidan
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.