background
logotype
image1 image2 image3

Moriya binti Shamʼun

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qildilar: "Qibtiylar uchun xayr so‘rangiz..."

Moriyaal-Kibtiyning nomi o‘zdavrida mo‘minlarning ko‘ngillariga farah baxsh etgan. Bu nom tarixda abadiylanggandir. Alloh taolo undan rozi bo‘lsin.

Tarihda mashhur bo‘lishiga qaramay, u haqda juda kam yozilgan. Tarixiy manbalarda shaxsiyatini oydinlatuvchi ma'lumotlar deyarli uchramaydi.

Elchiliklar

Hazrati Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va sallam) hijratlarining 6-yilida Islom dini Arab yarim orolining deyarli barcha hududiga yoyilgan edi. Qurayshiylar bilan Hudaybiya bitimi tuzilgan yili, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Eron hukmdori Qisro, Rum hukmdori Qaysar, Habashiston podshohi Najoshiy, Qibtiylar ulug‘i Mukavkis va yana bir qancha davlat raislarini Islomga da'vat etib, elchilar yubordilar. Qibtiylar shohi huzuriga Xatib ibn Abi Baltaa (roziyallohu anhu) elchi bo‘lib bordi.

Mukavkis uni yaxshi kutib oldi. Maktubini o‘qidi. Yaxshi muomalada bo‘lib, izzat-iqromlar qildi. Ammo Islomga kirish da'vatini qabul qilmadi. Xatib (roziyallohu anhu) ketishidan oldin, hukmdor unga kimmatbaho sovg‘alar berib, kuzatdi. Xatib (roziyallohu anhu) bu qimmatbaho hadyalarni Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) yetkazish uchun yo‘lga chiqdi.

Nasabi

Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) yuborilgan hadyalar ichida Mukavkisning joriyalaridan Moriya va uning singlisi Sirin, ming misqol oltin, yigirma to‘p mato, Duldul laqabli xachir, Ofir degan eshak va Mabur ismli qari qul ham bor edi.

Moriyaning otasi Sham'un misrlik qibtiylardan bo‘lib, onasi Rum aslzodalaridan edi. Moriya oqtanli va jingalak sochli bo‘lib, tana oqligi onasidan, sochining jingalakligi otasidan o‘ggandi. Xushqomat va go‘zal yuzli edi.

Moriya singlisi Sirin va Mabur bilan birga Xatib ibn Baltaa himoyasida Alloh unga tayyorlagan yaxshiliqdan xabarsiz hodda Isqandariyadan Madina tomon yo‘lga chiqdi...

Kelgusi hayotini o‘ylab yuragi siqilar, qaerga ketayottanini bilmasdi. Xatib uni qiynayotgan savollarga javob topishga harakat qilar, unga tasalli berardi. Moriya Islom dini haqida Xatibdan eshitib, Alloh taologa, Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi va sallam) imon keltirdi. Singlisi Sirin ham u bilan birga hidoyat yo‘lini tanladi.

Ammo Mabur Madinaga kelib, Rasulullohni (sollallohu alayhi va sallam) ko‘rmagunicha imon keltirmadi.

Madinada

Karvon Madinaga kirib keldi. Xatib Mukavkisning maktubi va hadyalarni Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) topshirdi.

Moriya Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) ko‘p marhamatlar ko‘rdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uni joriya etib, Madinaning Oliya degan chekka mahallasidan joy ajratib berdilar.

* * *

Hijriy 8 yilning ilk oylarida Moriyaning homiladorligi ma'lum bo‘ldi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) endi uni tez-tez ziyorat qilib turadigan bo‘ldilar. Oy-kuni to‘lib, Moriya o‘g‘il ko‘rdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) juda xursand bo‘ldilar. Chaqaloqqa esa Ibrohim deb ism qo‘ydilar. Suyunchisiga bir qulni ozod etdilar. Chaqaloq emizish uchun Munzir ibn Zayd ibn Najjorning qizi Ummu Burdaga topshirildi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ibrohimni juda-juda sevardilar. Qaerga borsalar uni ham quchoqlarida qo‘tarib yurar, hatto boshqa zavjalarining xonalariga xam olib borardilar.

Ibrohimni ularga yaqin tutib, erkalatib mehr bilan:

- Qarang... Uni xuddi mendan olingan bir parchaga o‘xshatmaydimi? - der edilar.

Ibrohimning tug‘ilishi onasi Moriyaning ozod etilishiga sabab bo‘ldi. Rasululloh(sollallohu alayhi va sallam) :

"Uni o‘g‘li ozod etdi", deb marhamat qildilar.

Sabrli Moriya

Chaqaloqning tug‘ilishi mo‘minlar onalarining ayrimlarida rashk tuyg‘ularining kuchayishiga turtki bo‘ldi.

Oxir-oqibat Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) :

- Moriyani nafsimga harom qildim, - deyishga ham majbur bo‘ldilar.

Moriya bu so‘zdan ranjimadi, aksincha sabr qildi. Shunda Alloh taoloning ushbu oyati nozil bo‘ldi:

"Ey payg‘ambar, nega snz juftlaringaz roziligani istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani(o‘zingizga) harom qilib olursiz?! Alloh mag‘firatli, mehribondir" (Tahrim, 1).

* * *

Tasalli, umid va sevinch bulog‘i bo‘lgan chaqaloq Ibrohim Hazrati Moriyaning uyida o‘n olti oy yashadi.

Bir yarim yoshli jajji Ibrohim yomon bir dardga chalindi. Onasi Moriya va xolasi Sirin uni mehr bilan parvarish qildilar. Ammo kasallik uni tark etmadi. Nihoyat, yuzida o‘lim ko‘lankasi ko‘rina boshladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) juda qayg‘urdilar. Avval his qilmagani bir siqinti yuraklarini og‘ritdi. Behol bo‘lishlariga qaramay, ashobdan bir kishiga suyanib, Moriyaning uyiga keldilar.

Ibrohim yig‘layotgan Moriyaning quchog‘ida so‘nggi nafaslarini olayotgan edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shafqat bilan uni qo‘llariga oldilar. Muztarib qalblarini tinchlantirish uchun uni bag‘irlariga bosdilar:

 "Yo Ibrohim, biz sening Alloh taolo huzuriga ketishingga hech qanday to‘siq bo‘lolmaymiz", dedilar va ko‘zlaridan yosh oqa boshladi. Moriya o‘zini tutolmay, faryod cheqdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uni to‘xtatmadilar. Quchoqlaridagi jigarporalariga qaradilar. U unsiz va harakatsiz edi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) :

"Yo Ibrohim, agar bu haqiqiy ish, to‘g‘ri va'da bo‘lmaganida va bizdan keyin kelganlar oldin kelganlardan o‘rnak olmaganida, senga bundan ham alamliroq shaklda qayg‘urar edik", deb marhamat qildilar.

Bu so‘zlar bechora Moriyaga bir oz tasalli bergandek bo‘ldi. U ko‘z yoshlarini artdi va shunday dedi:

"Ko‘z qaynoq yosh oqizadi, qalb qayg‘uradi. Ammo biz Alloh taoloni xushnud etuvchi so‘zdan boshqasini aytmaymiz. Yo Ibrohim, biz sening o‘limingga chindan ham juda-juda qayg‘uryapmiz...".

* * *

Baqi' qabristoniga bordilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) janoza namozini o‘qidilar va Ibrohim shu yerga dafn etildi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bir necha soniya qabr tepasida turdilar. Bo‘g‘izlaridan chiqayotgan so‘zlarni zo‘rg‘a talqin qildilar:

"Rabbim Alloh, otam Rasululloh, dinim Islom...», degin".

Vafoti

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Rafiqi A'lo huzuriga ketganlaridan so‘ng, xalifalar Moriyaning mavqeini saqlab, Baytulmoldan unga maosh tayinladilar. Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umar (roziyallohu anhum) Payg‘ambarimizga bo‘lgan sadoqatlari tufayli uni e'zoz qilishar, hol-ahvolini so‘rab, borib turar edilar.

* * *

Hazrati Moriya hijratning 16-yili kasallikka chalindi. Shifo topmay, oxiri jon taslim qildi. Bundan hamma qayg‘urdi. Xalifa Hazrati Umar (roziyallohu anhu) insonlarni yig‘dilar va janozasini o‘qidilar. Moriya (roziyallohu anhu) ham Baqi' qabristoniga dafn etildi.

Alloh taolo unga cheksiz rahmat ehson qilsin, undan rozi bo‘lsin. Omin.

 «Qahramon mo'mina ayollar» kitobidan (Toshkent, «Movarounnahr», 2005) olindi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.