background
logotype
image1 image2 image3

Fotima binti Asad

Islomning ilk paytlaridayoq hidoyatga erishgan sahobiya ayollardan biri Fotima binti Asad (roziyallohu anho) edi. U Bani Hoshim avlodidan bo‘lib, Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) amakilari va homiylari Abu Tolibning ayoli, Hazrati Alining onasi edi.

Payg‘ambarimizning onalari va bobolari vafot etishgach, amakilari Abu Tolib u zotni tarbiyasiga oladi. Uning ayoli Fotima esa, kichkina Muhammadga u uylariga kelganidan boshlab mehr-muruvvat va shafqat ko‘rsatdi. O‘z farzandlaridan ham ko‘ra ko‘proq Muhammadni uylar, jonu dildan parvarish qilar edi. Oradan yillar o‘tdi. Muhammad qirq yoshga to‘lganida vahiy kela boshladi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) payg‘ambarliklarining birinchi uch yilida odamlarni yashirin tarzda Islomga chorlar va bu ishni nihoyatda maxfiy, ohista olib borardilar. Nihoyat, bu dinni keng ommaga yetkazish payti keldi. Ishni qayerdan va kimdan boshlash Rasuli akramga vahiy orqali bildirildi: “Yaqin qariidoshlaringizii oxirat azobidan ogohlantiring!” (Shuaro, 214).

Shundan keyin Rasululloh butun qarindoshlarini to‘plab, bunday dedilar: “Hamd faqat Allohga xosdir. Unga hamd aytaman. Undangina madad surayman, yolg‘iz Unga imon keltiraman va Unga tavakkul qilaman. Men kuzim bilan kurgandek bilaman va sizga ham ma’lum qilamanki, Alloh taolodan boshqa iloh yo‘q. U birdir, Uning sherigi va tengi yuqdir. Sizlarni o‘zidan o‘zga iloh bo‘lmagan yolg‘iz Allohga imon keltirishga chaqiraman. Men Uning butun insoniyatga yuborgan sunggi payg‘ambariman. Allohga qasam, sizlar uyquga cho‘mganingiz kabi ulasiz. Uyqudan uyg‘ongandek tirilasiz va qilgan barcha amallaringizning hisobini berasiz. Ezgu ishlaringiz mukofotini, yomon qilmishlaringiz jazosini olasiz. Bu ham bulsa, yo abadiy jannatda yoki toabad do‘zaxda qolish demakdir. Birinchi marta oxirat azobidin ogoh etgan odamlarim sizlarsiz.

Ey Abdulmuttalib avlodi! Men sizlarga ulug‘ va qiymatli, dunyo va oxiratingiz uchun foydali narsalar keltirdim. Arablar orasida o‘z qavmiga bundan yaxshiroq narsa keltirgan kimsani bilmayman. Men sizlarni oson, yengil va me-onda tosh bosadigan (og‘ir keladigan) ikki kalimaga da’vat qilaman. U ham bulsa: “Ashhadu anla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh” (Guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yuq va Muhammad Uning bandasi va elchisidir), deb aytishingizdir”.

Payg‘ambarimiz (alayhissalom) ushbu so‘zlarni aytganlaridan keyin qarindoshlaridan bir nechasi imon keltirishdi. Fotima binti Asad ham ana shu baxtiyor insonlar orasida edi. Eri Abu Tolibdan tashqari barcha farzandlari birin-ketin musulmon bulishdi. Rasuli akram bir safar yaqin qarindoshlariga murojaat qilib, suzlari sunggida: “U holda qaysi biringiz bu yulda menga tobe’, yordamchi va vazirim bulasiz?” dedilar. Un ikki-un uch yoshlardagi Ali o‘rinlaridan sakrab turganlarida Rasululloh: “Sen utir!” dedilar. Keyin savollarini yana uch bor takrorladilar. Har safar Al urinlaridan turib “Men!” derdilar. Uchinchisida yana Ali o‘rinlaridan turib bunday dedilar: “Yo Rasululloh! Yoshim har qancha kichik bulsa ham, men sizga yordamchi bo‘laman!”

Hali yosh bola Alining bu samimiy suzlari Rasuli akramni juda tulqinlantirib yubordi. Alloh Fotima binti Asadga shunday fidokor va solih farzandlar bergan edi.

Fotima binti Asad go‘zal axloqli, yushmoq tabiatli bulib, payg‘ambarimizning huzurlarida e’tiborli ayollardan edi. Rasululloh uni madh etar, hurmatini joyiga quyar edilar. Chunki Fotima binti Asad, yuqorida aytilganidek, Payg‘ambarimizni bolaliklaridan parvarish qilgan. U o‘z farzandlari turib, avval u zotning qornilarini tuyg‘azar, oldin u zotning boshlarini mehr bilan silar, sochlarini tarar edi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (alayhissalom) bu sahobiya haqida: “U mening onam edi”, deya marhamat qilganlar. Ikki olam sarvarining muborak og‘izlaridan bu suzlarning chiqishi Fotima binti Asad uchun buyuk saodat edi.

Davrlar utishi bilan Fotima binti Asadning ham umri nihoyalandi va abadiyat sari yul oldi. Payg‘ambarimiz ustlaridagi ko‘ylaklarini yechib, u bilan marhumani kafanlashni buyurdilar. Bu ayolga jannat liboslari kiydirilishi uchun shunday qilganlarini aytdilar.

Rasululloh imomliklarida janoza namozi o‘qib bo‘lingach, mayitni u zot shaxsan o‘zlari qabrga quydilar. Qabrdan chiqayotganlarida ikki ko‘zlaridan yoshlar oqardi. U yerda hozir bo‘lgan Hazrati Umar va boshqalar Rasululloh Fotima binti Asaddan boshqa hech kimga bunday qilmaganlarini aytishadi. Keyin Rasululloh qabr boshida bunday duo qildilar: “Alloh taolo sizni mag‘firat qilsin, kechirsin, sizni O‘zi mukofotlasin. Ey onajon! Alloh sizni rahmatiga olsin. O‘zingiz och bula turib, meni to‘ydirdingiz, yemay yedirdingiz, kiymay kiydirdingiz. Tiriltiradigan ham, o‘ldiradigan ham, Alloh taolodir. U doimo barhayotdir.

Allohim! Onam Fotima binti Asadni afv et, gunohlarini kechir. Unga hujjatingni bildir, qabrni kengaytir. Ey marhamatlilarning marhamatlisi Allohim! Men payg‘ambaring va uo‘tmishdagi barcha payg‘ambarlaring haqqi-hurmati, bu duolarimni ijobat ayla!”

Duosi Alloh huzurida beshak ijobat zotning ana shunday duolarini olishga muyassar bo‘lishi bu sahobiyaning tom ma’noda saodatmand ayollardan ekanidan darak beradi. Alloh undan rozi bulsin.

Nu’mon Abdulmajid tayyorladi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.