background
logotype
image1 image2 image3

Asmo binti Abu Bakr

ASMO bint ABU BAKR (taxminan 592-692, Makka) - sahoba, Abu Bakr Siddiqning qizi. Muhammad (sav) zavjasi Oishaning ota bir, ona boshqa opasi.

Asharai mubashsharadan biri - az-Zubayr ibn Avvomning zavjasi. O'g‘li -Abdulloh ibn az-Zubayr Hajjoj ibn Yusuf tomonidan o‘ldirilgach (692), nihoyatda qayg‘urib, ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan va Makkada yuz yoshida vafot etgan. U 56 ta hadis rivoyat etgan.

Islom ensiklopediyasidan

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.