background
logotype
image1 image2 image3

Ar-Robiy ibn Zaydul Horisiy

«Men xalifa bo‘lganimdan beri xech kim menga Ar Robiy ibn Zaydchalik ochiq bo‘lmagan edi».[Umar ibn Al-Xattob]

llohning rasuli shahri Madinada hali ham Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anh)ni vafotlaridan g‘amda edilar. Har kuni Yasribga xar tarafdan elchilar kelib, xalifa Umar ibn Xattob (roziyallohu anh)ga bay'at berib va xar doim uning buyrug‘ini bajarishni va'da qilishdi. 
Bir kuni odatdagidek Amirul mo‘minun oldiga elchilar kelishdi, oralarida Baxrayn elchilari ham bor edi. Farruq odatdagidek ularga diqqat bilan quloq soldilar. U kishi ulardan yaxshi taklif yoki yaxshi xabarlar yoki din uchun kerakli maslaxatlarni kutib turgan edilar. Ular orasida bir kishiga qarab uni nimadandir norozi ekanligiga ko‘zlari tushdi. 
Xalifa undan qiziqib so‘radilar: «Qani so‘zla nima bo‘ldi senga»
Allohga hamd aytib xaligi odam so‘zladi: "Ey Mo‘minlar amiri! Mo‘minlar ustidan voliy bo‘lishligingiz Siz uchun Alloh azza va jalla tarafidan imtixondir. Allohdan qo‘rqing, bu bo‘yninggizdagi mas'uliyatdan, bilingki agar bir qo‘y Furot qirg‘og‘idan yo‘qolsa buning uchun qiyomatda Sizdan so‘raladi.
Umar (roziyallohu anh)ning ko‘z yoshlari oqa boshladi va ular dedilar: "Xech kim menga xalifa bo‘lganimdan beri bunchalik ochiq men bilan sen kabi so‘zlamagan edi, isming nima?"
"Ar Robiy ibn Zayid Xorisiy" - dedi xaligi odam.
«Sen Muxojir ibn Zayidning akasimisan?» so‘radilar Umar (roziyallohu anh).
"Ha" - dedi haligi kishi.
Qachon majlis tamom bo‘lganidan keyin Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) xuzurlariga Abu Muso Al-Ash'ari (roziyallohu anh)ni chaqirib unga dedilar: "Sen mana bu kishi, Ar Robiy ibn Zayid (roziyallohu anh)ga ahamiyat qil, agar u haqiqatdan ham rostgo‘y bo‘lsa, u bizga ko‘p yaxshiliklarni keltiradi va ishlarimizda bizga yordamchi bo‘ladi. Agar shunday bo‘lib chiqsa, uni qo‘mondon qilgin va menga u haqida yozib yuborgin.

Ko‘p o‘tmasdan xalifa buyrug‘i bilan Abu Muso Al-Ash'ariy (roziyallohu anh) qo‘shin to‘plab Manozirga (Manozir Avxazning xududida joylashgan forslar shahri) fatx qilish uchun jo‘nadilar. Bu qo‘shin ichida Ar Robiy ibn Zayid (roziyallohu anh) va uni ukasi Muxojir (roziyallohu anh) ham bor edi.

* * *

Manozirni qurshab olishganidan so‘ng Abu Muso Al-Ash'ariy (roziyallohu anh) shavqatsiz urushga tayorlandilar, bunday janglar tarixda kam uchragan. Kutilmaganda mushriklar ham bu jangga qattiq tayorgarlik ko‘rishgan edi. Bu jangda musulmonlar ko‘p sonli jangchilarini yo‘qotdilar, ular taqdirlariga bitgan xar xil sinovli kunlarni ko‘rdilar. O'sha kunlari ramazon oyi kirgan edi musulmonlar ro‘zador bo‘lishib kurashayotgan edilar. Ar Robiy ibn Zayid (roziyallohu anh)ning ukalari Muxojir (roziyallohu anh) ko‘rsaki, ko‘p sonli musulmonlar yo‘qotilgan, Alloh yo‘lida u o‘zini qurbon qilishga qasd qildi. U o‘zini o‘liklar uchun tayyorlab qo‘ygan kafanga tushgunigacha kurashdi. Va o‘zining akasiga jasoratini namoyon qildi... 
 Ar Robiy  (roziyallohu anh) Abu Muso (roziyallohu anh)ning oldiga kelib dedilar: «Muxojir (roziyallohu anh) o‘zini qurbon qilishga qasd qildi. Uning ustiga, ro‘zador musulmonlar qattiq jang oqibatida ro‘zadorliklaridan xoldan toyishdi. Siz ularga biron chora ko‘rishingiz kerak» 
 Abu Muso Al Ash'ariy (roziyallohu anh) jangchilarga qarab dedi: "Ey musulmonlar jamoasi! Men sizlarni, xar bir ro‘zadorni urushni tark qilib bo‘lsa ham iftor qilishlikka chaqiraman. Shundan keyin yonidagi meshdan suv ichib, odamlarga ko‘rsatib berdi. 
 Abu Muso Al Ash'ariy (roziyallohu anh)ninig so‘zini eshitib Muxojir (roziyallohu anh) suvdan ichib dedilar: "Allohga qasam! Men suvdan chanqaganim uchun ichganim yo‘q, balki men o‘z qo‘mondonimga itoat qilish uchun og‘zimni ochdim"...
Keyin u o‘tkir qilichini olib dushmanlarga qarshi xujumga kirib ketdi. Allohning dushmanlarini ayamasdan qirdi. Qachon u dushmanlarning o‘rtasiga tushib qolganida unga xar tarafdan xujum qilishib Muxojir (roziyallohu anh) qaxramonlarcha jang maydonida shahid bo‘ldi. Muxojir (roziyallohu anh)ning boshini dushmanlar kesib olib jang maydonidagi qal'a ustiga osib qo‘yishdi. 
 Ar Robiy (roziyallohu anh) bu xolni qo‘rib dedi: "Senga yaxshiliklar bo‘lsin va joying go‘zal makon bo‘lsin... Allohga qasam! Men sen va boshqa musulmonlar uchun qasos olman".
Qachon Abu Muso (roziyallohu anh) Ar Robiy (roziyallohu anh)ni o‘z ukasini boshini ko‘rib, jahli chiqayotganini va ko‘ksi bilan Allohning dushmanlariga qarshi turganligini ko‘rgach uni jangchilarga qo‘mondon qilib o‘zi esa «Sus»ni fatx qilgani jo‘nadi.

Misoli kuchli bo‘ron kabi Ar Robiy (roziyallohu anh) va uning lashkarlari mushriklarga qattiq zarba berishdi. Ulkan qal'alar bo‘ronda qolgan tosh kabi maydalanib ketdi. Musulmonlar dushmanni qurshab olib, Allohning yordami bilan ular ustidan g‘alaba qilishdi. Ar Robiy ibn Zayd (roziyallohu anh) qal'ani kuch bilan yorib kirib, Manozirni qo‘lga oldi. Dushmanni ko‘pini o‘ldirib, ayollar va bolalarni asir oldilar. Musulmonlar katta o‘ljalarni qo‘lga kiritishdi, bu Allohning xoxishi edi.

* * *

Manozir urushidan so‘ng Ar Robiy ibn Zayd (roziyallohu anh)ning ismi xar bir tilda doston bo‘ldi. U kishi namunali qo‘mondonlardan va qilgan ishlari boshqalarga misol bo‘ldi. Qachon musulmonlar «Sijiniston»ni fatx qilmoqchi bo‘lganlarida Ar Robiy (roziyallohu anh)ni o‘zlariga qo‘mondon qildilar va bu kishi shu ishni uddalay oladi deb baxolashdi.

* * *

Allohning ismi bilan Ar Robiy ibn Zayd (roziyallohu anh) o‘z qo‘shinlariga boshliq bo‘lib yo‘lga tushdilar. Sijinistonga otlangan musulmonlarga 75mil saxroni bosib o‘tishlikka to‘g‘ri keldi, xatto bu cho‘lni vaxshiy xayvonlarga ham bosib o‘tish nasib bo‘lmagan edi. Musulmonlar birinchi bo‘lib «Rustaq-Zalik» shahriga yo‘liqishdi. U yerlar Sijiniston xududiga qarashli edi. Bu shahar juda xashamatli saroylar bilan bezalgan va mustaxkam qal'alar bilan o‘ralgan, unda juda ko‘p xazinalar bor edi, atrofini xosildor, mevali yerlar o‘rab turar edi.

* * *

Tajribali qo‘mondon shaharga kirmasdan oldin unga o‘zining josuslarini yuborib, xabar olib kelishlikni iroda qildi. Ulardan keyin bilsaki uning ahli yaqinda o‘zlarining bayramlarini nishonlamoqchi ekanlar. Ar Robiy (roziyallohu anh) bir hamla bilan bayram kechasi bosib olmoqchi bo‘ldi. Uning rejasi qo‘l kelib musulmonlar qo‘shini tez fursatda forslar ustidan g‘alaba qilishlikka muyassar bo‘ldi. Ular 20 ming kishini asir olib, ular orasida qabila boshlig‘ini ham qo‘lga olishdi. Ularnig orasida yana bir jinoyatchini ushlab olishdi. Uning yonidan 300 ming dirham chiqdi. Bu pullar uning xo‘jayiniga tegishli edi. 
 Ar Robiy (roziyallohu anh) undan so‘radi: "Bu senga qayerdan keldi?"
 "Bu pullar bir qishloqdan to‘plangan soliqdir, bu mening xo‘jayinimga tegishlidir" - dedi u.

"Xar yil bir qishloq unga shuncha pul yig‘ib beradimi?" - dedi Ar Robiy (roziyallohu anh).
 "Xa" - dedi asir.
 "Qayerdan ularda shuncha boylik?" - deb so‘radi Ar Robiy (roziyallohu anh).
 "Odamlar uni ter to‘kib, mexnat qilib topadilar". - dedi asir.

* * *

Urush tamom bo‘lganidan keyin uning qabila boshlig‘i Ar Robiy (roziyallohu anh)ning oldiga kelib undan o‘z va ahli oyilasini badaliga pul berib, ozod qilishligini so‘radi. 
 Ar Robiy (roziyallohu anh) unga dedi: "Men seni taklifingni qabul qilaman, agar sen musulmonlarga saxiy bo‘lsang".
 "Sen qancha xoxlaysan?" - so‘radi qabila boshlig‘i.
 "Men nayzamni yerga suqib quyaman sen uni ko‘milib ketguncha tilla va kumush bilan ustidan ko‘masan". - dedi Ar Robiy (roziyallohu anh).
 "Men roziman" - dedi qabila boshlig‘i.
Keyin u tilla va kumushlarni va bor boyligni xazinasidan olib chiqib, xatto nayza ko‘rinmay qolguncha nayzani ustiga socha boshladi.

* * *

O'zining g‘olib qo‘shinlari bilan Ar Robiy ibn Zayd (roziyallohu anh) Sijinistonni yeriga chuqur joylashdi. Birin ketin xar bir qal'alar uning nayzasi ostida taslim bo‘ldi. Shu vaqtda kuz shamoli esib turgan edi. Shahar va qishloqlar axolisi Ar Robiy (roziyallohu anh)ning qo‘shinini tinch kutib oldi, ular qilichini yalang‘ochlamasdan oldin o‘zlari uchun omonlik so‘rab unga qarshilik ko‘rsatishmadi. Bu tantanavor yurish xatto Sijiniston poytaxti «Zaranja»gacha davom etdi. U yerda musulmonlarga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, kuchli qo‘shinga duch keldilar. Ular Ar Robiy (roziyallohu anh)ning qo‘shiniga qarshi turib, Sijiniston yerlarini boshqa ishg‘ol qilmasligi uchun, qonli urushni avjiga oshirishdi va yana ikki tarafdan ko‘p qurbonlar bo‘ldi. Musulmonlarning g‘alabasi ko‘rinib qolganidan keyin, dushmanlarning boshlig‘i, Barviz ismli elchisini Ar Robiy (roziyallohu anh)ning oldiga tinch muzokara qilishlik uchun shoshilinch yubordi. Xali qo‘l ostida yaxshigina kuchi bo‘lsa ham. Shu yo‘l bilan u o‘zi va xalqiga tinch xayotni ko‘zladi. Barviz Ar Robiy ibn Zayd (roziyallohu anh)ni kelishilgan muddatda tinch muzokara qilishlik uchun Ar Robiy (roziyallohu anh) oldiga kelishlikka otlandi.

Ar Robiy (roziyallohu anh) o‘zining odamlariga Barviz bilan ko‘rishishlik uchun joy tayorlashga buyurdi. Undan Barviz o‘tib ko‘rsin deb, yo‘lning o‘sha joyga yaqin ikki tarafiga forslarning o‘lik jasadlarini qo‘yib qo‘yishlikni buyurdi. 
Ar Robiy (roziyallohu anh) baland bo‘yli, katta boshli va katta jasadli odam edi. Xar bir odam uni ko‘rganida salovat bosar edi. Barviz uning oldiga kelganida u Ar Robiy (roziyallohu anh)dan qo‘rqa boshladi. Undan tashqari u o‘liklarni ko‘rib daxshatga tushdi. Xatto u Ar Robiy (roziyallohu anh)ning oldiga yaqinlashishga jur'at qila olmadi, qo‘rqanidan qaltiroq ovozda Ar Robiy (roziyallohu anh)ga Barviz tinchlik sulxini tuzishni va minta yosh yigit boshida to‘la tilla xum bilan kelib unga topshirishligini taklif qildi. Ar Robiy (roziyallohu anh) bu taklifga rozi bo‘ldilar. Ertasi kun ertalab Ar Robiy ibn Zayd (roziyallohu anh) shaharga unga yuborilgan yosh yigitlar qurovida musulmonlarning Allohu akbar! Xayqirig‘i ostida kirib keldi. Bu voqea musulmonlar tarixida yodda qoladigan kun bo‘ldi.

* * *

Ar-Robiy ibn Zayd (roziyallohu anh) qo‘lidagi qilichini yalang‘ochlab, Allohning dushmanlarini boshlarini ayamasdan kesdi. U musulmonlarga yangi shaharlarni fatx qilib va ko‘p viloyaltarni ularga topshirdi. Xatto Umaviylar sulolasi o‘sha yerda vujudga keldi. Moviya ibn Abu Sufyon (roziyallohu anh)ning xalifalik vaqtlarida Ar Robiy (roziyallohu anh)ni Xurosonga voliy qilib tayorladilar. Lekin u kishini bu lavozimga moyilliklari yo‘q edi. Bu viloyat u kishiga qarashli bo‘lganidan keyin, unga ummaviylardan bir elchi kelib dedi:
 "Musulmonlar xalifasi Muoviya ibn Abu Sufyon (roziyallohu anh) Sizga buyurib aytiki, jangda qo‘lga tushgan xar bir tilla va kumushni musulmonlar g‘aznasiga yuborib, qolganini mujoxidlar orasida taqsimlab berar ekansiz" - dedi. 
Elchi olib kelgan maktubga javob yozib Ar Robiy dedi: 
 "Men Alloh azza va jallaning kitobida shunday oyatni ko‘rdim-ki, Siz buyurganingizdek qilishlikni Alloh bizga man qilgan. "Agar Allohga ajralish kunida - ikki jamoa to‘qnashgan kunda, bandamizga nozil qilganimiz (oyat va farishtalardan iborat) narsaga iymon keltiruvchi bo‘lsangizlar, bilingizki o‘lja qilib olgan narsalaringizni beshdan biri Alloh uchun va payg‘ambar uchun va u zotning qarimdosh urug‘i, yetim miskinlar va musofirlar uchundir. Alloh xar bir narsaga qodirdir. (Anfol surasi 41 oyat). Bu oyatga ko‘ra o‘ljaning beshdan to‘rt qismi jangchilar haqqi bo‘lib, beshdan bir qismi yuqoridagi kishilarga nozil bo‘ldi".

Keyin u insonlarga qarata dedi: 
 "Olinglar o‘ljalaringizni, uni beshdan bir qismini esa xalifa uchun Damashqqa yuboramiz".
 Keyingi juma kuni, elchi kelgandan bir xafta o‘tgandan keyin, Ar Robiy ibn Zayd (roziyallohu anh) oq libos kiyibilanomozga chiqdilar. Va juma xutbasida musulmonlarga qarata dedilar: "Ey insonlar! Bu xayot meni to‘ydirib yubordi men Allohga duo qilaman sizlardan iltimos «Omin» deb ketimdan turinglar. Keyin u kishi duo qildilar: "Ey Allohim! Agar sen menga yaxshilikni xoxlasang sen meni o‘z xuzuringga tezroq chaqirgin..."
 Insonlar hammalari «Omin» deyishdi.
O'sha kuni quyosh botmasdan turib Ar Robiy ibn Zayd robbilari xuzuriga jonlari ko‘tarildi. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin «Omin!»


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.