background
logotype
image1 image2 image3

Amr ibn Tufayl

Tufayl Davs o‘lkasida, sharafli va saxiy bir oilada voyaga yetdi. U she’r yozish qobiliyati bor edi. Shu bois shuhrati va iste’dodi qabilalar orasida keng yoyildi. Ukoz bozorida mamlakatning turli joylaridan kelgan arab shoirlari yig‘ilib, xalqqa iste’dodini namoyish qilar, shunda Tufayl o‘ziga xos o‘ringa ega bular edi. Ukoz bozori mavsumidan boshqa paytlarda ham u Makkaga tez-tez borib turardi.
Bir safar shaharga borganida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Islomga da’vat qilayotgan edilar.
Quraysh ahli Tufaylning Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan ko‘rishib, musulmon bulishi va iste’dodi bilan Islomga xizmat qilishidan qo‘rqar edi... Shu sababli bu uchrashuvning oldini olmoqchi bulgan mushriklar Tufaylni davralariga tortib, uni mashg‘ul qilish uchun turli xil maishat, mehmondorchiliklarni o‘ylab topiщdi.
Qurayshliklar Tufaylga bunday deyishdi: “Muhammadning gaplari ota-bolalar, aka-uka, er-xotin urtasiga sovuqchilik solishi mumkin. Biz sening ham, qavming ham adashuvidan qurqamiz. U bilan gaplasha ko‘rma, so‘zlarini aslo tinglama!..” Voqeani Tufaylning o‘zi bunday bayon qiladi:
“Allohga qasamki, u zot bilan uchrashishimga rosa qarshilik qilishdi, oxiri ko‘rishmaslikka va so‘zlarini eshitmaslikka qaror qildim. Ka’ba yoniga borganimda gaplarini tinglamaslik uchun quloqlarimga paxta tiqib oldim.
Ammo Alloh taolo Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) gaplarini eshitishimni xohladi va nihoyatda go‘zal narsalardan xabardor buldim.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) menga Islomni anglatdilar, Qur’on o‘qib berdilar.
Men hayotimda bundan ham go‘zalroq so‘zlarni, odillikni eshitgan emasdim.
Musulmon buldim. U zotning shohidliklarida shahodat keltirdim va: “Ey Rasululloh, men qavmimda o‘z so‘ziga ega bo‘lgan kishi edim.
Qavmimning yoniga qaytaman. Ularni Islomga chaqiraman. Bunda menga yordam beradigan oyat nozil qilishini surab, Allohga iltijo qiling”, dedim.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Allohim, bu haqda bir oyat nozil qilgin!” deb duo qildilar.

* * *

Alloh taolo: “So‘zni tinglab, eng go‘zaliga tobe bo‘lgan ul kimsalar”, mazmunli oyatni nozil qildi. Tufayl ana shunday baxtga musharraf bulgan sahobalardan biri edi.
U sof fitrat sohibi bulgani bois Allohning elchisi diliga solgan rushd va xayr oyatlaridan ba’zilarini eshitishi bilan qalbi ochilib, musulmon bo‘lib, darhol o‘z qavmini haq dinga va tug‘ri yulga-chaqirishga jazm etdi.
Shu maqsadda yurtiga — Davs ulkasiga borgan zahoti qat’iy ishonch bilan otasiga yuzlandi. Allohni tanitgan Rasulullohni (sollallohu alayhi va sallam) tilga olib, otasini Islomga chaqirdi. U zotning buyukligini, pokligini, kamtarligini ta’kidladi.
Otasi ham musulmonlikni qabul qildi. So‘ng onasiga yuzlandi, u ham muslima buldi.
Keyin ayoliga so‘z ochdi. Ayoli ham muslima bo‘ldi. Islom nuri xonadonini yoritganiga ishonch hosil qilgach, ko‘chmanchi xalqi va butun Davs ahliga yuzlandi. Ammo ular orasidan Abu Hurayradan boshqa hech kim musulmonlikni qabul qilmadi.
Qabiladoshlari Tufayl ibn Amrni o‘zlaridan uzoqlashtira boshlashdi. U sabr-bardosh bilan haq yulga da’vat etdi. Ammo natija chiqmagach, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan uchrashish maqsadida uloviga minib yo‘lga tuщdi.
Makkaga yetishi bilanoq eng sog‘ingan insonning — Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) uylariga kirdi.
Payg‘ambarimizga (alayhissalom) bunday dedi: “Ey Allohning rasuli! Davsda zino va jaholat menga qarshi chiqib, g‘olib buldi. Allohdan so‘rang, Davs ahlini halok etsin”.
Rasululloh muborak qullarini duoga ochib: “Allohim, Davs ahliga hidoyat ber, ularni musulmon qil”, dedilar.
So‘zlariga javoban bunday yaxshi duoni eshitgan Tufayl dahshatga tuщdi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) unga yuzlandilar: “Qavming yoniga qayt. Ularni Islomga chaqir va xushmuomalada bul”.
Tufaylning qalbi ruhiy bir osoyishtalik bilan to‘ldi. Qarshisidagi marhamatli inson — Payg‘ambarimiz (alayhissalom) uning ustozi edilar. Islomiy, ko‘ngilga xotirjamlik bag‘ishlovchi maslahat olgani uchun Allohga hamd aytdi.
Qavmiga borib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) buyurganlaridek, xushmuomalalik va sabr-toqat bilan Islomga da’vat qila boshladi.
Shu orada Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Madinaga hijrat qildilar, Badr, Uhud, Handaq janglari bulib o‘tdi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Haybarda turganlarida, Alloh musulmonlarga zafar nasib etganida, Davsdan sakson oiladan iborat guruh Payg‘ambarimizning huzurlariga keldi.
Ular Islomni qabul qilishdi. Buni kurgan Tufayl ibn Amr Allohdan Davs ahlini halok qilishini surab, Rasulullohning yonlariga kelganini esladi. Payg‘ambarimiz esa: “Allohim, Davs ahliga hidoyat ber”, deb duo qilgan edilar.
Alloh taolo Davsni hidoyatga yetkazdi. Ular musulmon buliщdi. Sakson oila qavmning ko‘pchiligi edi, albatta. Ular Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) ergashiщdi.

* * *

Tufayl jamoasi bilan birga xizmatini davom ettirardi. Makka fath etilgan kuni o‘n bir musulmon g‘oliblikdan kibrlanmay, aksincha, zafarga yetkazgani uchun Allohga shukrlar aytib borishardi.
Tufayl Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) Ka’badagi butlarni sindirib, uzoq muddat hukm surgan zalolatdan tozalayotganlarini ko‘rdi.
Ular orasida Amr ibn Xumaymaga tegishli but borligini esladi. Ilgari bu yerga ziyoratga kelganida ikkalasi birga shu butga sig‘inishar, jonsiz bu jismga yolborishar edi.
Endilikda Tufaylda usha kunlardagi gunohlarini yuvish uchun imkoniyat tug‘ilgan edi. Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) Amr ibn Xumaymaning butini yoqish uchun ruxsat so‘radi.
O‘sha but “Zalkaffayn” deb atalardi. Payg‘ambar unga ruxsat berdilar. Tufayl butni yoqib yubordi. Olov susayganida kuchaytirib:
“Ey Zalkaffayn, senga sig‘inuvchilardan emasman,
Bizning tavalludimiz senikidan qadimiyroq,
Olov bilan ichingni tuldirdim”, degan mazmunda bayt aytardi.
Tufayl Payg‘ambar (alayhissalom) atroflarida shu tarzda hayot kechirdi. U zotning orqalarida turib namoz o‘qirdi, ilm o‘rganardi, g‘azotlarda ishtirok etdi.
Tufayl Rasululloh vafotlaridan so‘ng mas’uliyati tugamaganini, aksincha, musulmon sifatida vazifalari ortganini angladi. Bu davrda Ridda jangi bo‘layotgan edi. U ulug‘ bir orzu bilan shiddatli va ayovsiz janglarda ishtirok etdi. O‘g‘li Amr ibn Tufayl u bilan doimo birga edi.
Amr ibn Tufayl Shomdagi Yormuk jangida halok buldi.

Gulsara Soatxonova tarjimasi


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.