background
logotype
image1 image2 image3

Ammor ibn Yosir

AMMOR ibn YOSIR, to‘liq ismi Abul Yaqzon Ammor ibn Yosir ibn Omir al-Kinoniy (565-657) - sahoba, islomga birinchi bo‘lib kirganlardan biri. O'tkir fikrli va jasoratli kishi bo‘lgan. Madinaga hijrat qilgan.

Badr, Uxud, Xandaq janglarida qatnashgan. U islomda birinchi bo‘lib masjid kurgan kishidir, u o‘z masjidini Qabo deb atagan. Ali (karramallohu vajhahu) xalifaligi davrida Kufa amiri bo‘lgan. Ali (karramallohu vajhahu) bilan birga Jamol va Siffin janglarida qatnashgan va Siffin jangida shahid bo‘lgan.

Islom ensiklopediyasidan


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.