background
logotype
image1 image2 image3

Rasulullohning Xadichaga uylanishlari

Muhammad alayhis-salom bilan Maysara sog'-salomat Makkaga qaytib kelishdi. Ularning ishlari o'ngidan kelib, juda ko'p foyda olishdi. Biriga o'n qo'shilganidan o'zida yo'q quvongan Xadichaning rasulullohga mehri tushib qoldi. Odamlar u kishini bekorga Amin deyishmasligini, halolligi tufayli hamisha omadi chopishini ko'rgan qirq yoshlar chamasidagi boy-badavlat bu ayol taomilga zid holda unga turmushga chiqish mayli borligini bildirdi. Payg'ambar alayhis-salom amakisi Abutolib bildn Xadichaning amakisi Amr ibn Asadnikiga sovchi bo'lib borishdi. Mezbon ularning istagiga rozilik berdi.

Abutolib kelin-kuyovni nikoh qilib, quyidagicha xutba o'qidi: "Olloh bizni Ibrohim va Ismoil avlodi, Ma'ad va Muzor nasli qilib yaratganiga, Baytullohga qaraydigan, Masjidi haromni boshqaradigan martabaga erishtirganiga,, Ka'bani ulug' ziyoratgoh, qon to'kish, hatto bironta giyohni uzish man etilgan muqaddas maskanga aylantirganiga, bizni martabamizni ko'tarib, odamlarga hukmron qilganiga ming qatla shukr. Jiyanim Muhammad ibn Abdullohning mardlikda, olijanoblikda, fazlu karamda tengi yo'q. To'g'ri, uning mol-dunyosi ko'p emas, biroq davlat degani soyaga o'xshash o'zidan nariga tushmaydigan va egasiga qaytariladigan omonat. Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, Muhammad kelajakda ulug' acham bo'ladi, katta ishlarni amalga oshiradi".

Nikoh o'qilib, kelin-kuyov bir yostiqqa bosh qo'yishdi. Xadicha oldin turmush ko'rgan, avvalgi eri Abu Hola vafot etib, undan Hola ismli bola bilan tul qolgan edi. Yetim bolani rasululloh o'zlariga o'g'il qilib oldilar.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.