background
logotype
image1 image2 image3

Rasulullohning ko’kragi yorilishi

Payg‘ambar alayhis-salom Halimaning tarbiyasida yurgan vaqtlarida inson aqliga sig‘maydigan g‘oyat sirli hodisa yuz beradi. Rasulullohning ko‘kraklari yorilib, qora nuqta - shayton vasvasasi olib tashlanadi. Bu voqeadan qo‘rqib ketgan Halima u kishini onalariga eltib topshiradi va ularning esxonasini chiqarib yuborgan hodisani shunday bayon etadi: "Bolalar bilan uyimizning orqasida o‘ynab yurishgan edi, to‘satdan o‘g‘lim yugurib kirib, qurayshlik ukamni oq kiyimli ikki kishi ushlab olib yerga yotqizishdi, keyin qornini yorib, qamchi dastasi bilan ichini titkilashyapti, dedi. Otasi ikkalamiz chiqib qarasak, uning rangida rang yo‘q. Bag‘rimizga bosib: "Nima bo‘ldi, o‘g‘lim?" - deb so‘radik. U: "Oq kiyimli ikki kishi keldi-da, biri meni ko‘rsatib: "Shumi?" - dedi. Unisi bosh irg‘ab tasdiqladi. Keyin ikkovlashib yerga yotqizishdi. Ko‘kragimni yorib, titkilay-titkilay bir nimani olib tashlashdi. Nimani olib tashlashganini bilmayman", - dedi. 

Shu kundan e'tiboran payg‘ambar alayhis-salom insonni yo‘ldan ozdiradigan shaytoniy hoyu-havaslardan xalos bo‘ldilar.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.