background
logotype
image1 image2 image3

Madinalik yahudiylar

Musulmonlar Makkada quraysh mushriklarining zulmiga uchragan bo'lishsa, Madinada dushmanlik kayfiyatidagi Banu Qaynuho', Qurayza, Nazir qabilalariga duch kelishdi. Yahudiylar islom dinining haq din ekanini bila turib, uni rad etishdi. Muhammad alayhis-salom kelishlaridan burun arab mushriklari bilan urushgan paytlarida ular xudo tomonidan yuborilajak payg'ambarning nomi bilan Ollohdan madad so'rashardi. Rasululloh dunyoga kelganlaridan keyin payg'ambarlik sharafi arab millatiga mansub kishiga berilganidan ranjigan yahudiy ohsoqollari islom dinini ham, uni olamga tarhatuvchisini ham tan olishmadi. Ollohning elchisi avvalgi payg'ambarlarga yuborilgan kitoblarni e'tirof etuvchi, ularning yashirin ma'nolarini oydinlashtiruvchi ekanini bila turib, o'zlarini ovsarlikka solgan holda Qur'ondan yuz o'girishdi. Ular islom dinini. go'yo dastdab aytgan hukmlarini keyin bekor etavsradigan betayin din deya ayblashdi. Islom nimaga muhtojligini uning o'zidan ko'ra yaratgan egasi yaxshiroq bilishini anglab yetishmadi.

Inson tabiati takomilga moyil. Payg'ambar alayhis-salom butunlay kufrona e'tiqod bilan yashagan omi arablar orasida voyaga yetdilar. Shariat ahkomlari ularning orasida bosqichma-bosqich shakllana borishi kerak edi. Agar parvardigori olam ichkilikbozlik, sudxo'rlik kabi illatlarni birdaniga taqiqlab, namoz o'qishga, zakot berishga undaganida fikri-yodi dunyoviy hoyu havaslar bilan band, turli aldam-qaldam, nopok ishlarga mukkasidan ketgan odamlarning birontasi ham uling amru farmoniga itoat etmasdi. Rasululloh ularga diniy ahkomlarni bir-birlab o'rgatib, qalblarini Ollohning buyrug'iga asta-sekin rozi qildilar. Haq taolo o'z amru farmoni nozil bo'lishini taqozo etadigaq voqea yuz berganidan keyingina diniy qonun-qoidalarini joriy etdi. Yahudiylar yaratganning qudratini o'z xohishlariga moslashga urinishardi. Yahudiylar o'zlarining haqiqatidan yiroq ekanliklarini yaxshi biladilar. Buni Olloh taolo Baqara surasining 94-oyatida bayon etadi: "Ularga, Olloh oxirat yurtini boshqalarga emas, faqat sizlargagina atagan bo'lsa, sizlar chindan ham shunday e'tiqod bilan yashasanglar, o'limni orzu qilib ko'ringlar-chi, degin". Ular bunga jur'at etolmasligini Olloh keyingi oyatda ta'kidlaydi: "Ular yomon amallari tufayli sira ham o'limni orzu qilishmaydi. Olloh zolimlarni juda yaxshi biladi". Yahudiylar o'zlarini haq deb bilganlarida edi, bunday oson talabni darhol qabul qilgan bo'lardilar. Axir ular haq payg'ambarni jon-jahdlari bilan yolg'onga chiqarishga urinishardi. Ulardan birontasi til uchida bo'lsa-da, o'limni orzu qilgan emas. Banu Qaynuqo qabilasining oqsoqollaridan biri Abdulloh ibn Salom Qur'on oyatlarini eshitib Islomning haq din ekanini anglab yetdi va gururini yengib musulmon bo'ldi. Abdullohni o'zlarining dono yo'lboshchisi deb biladigan yahudiylar endi uni ahmoq deya haqoratlay boshlashdi. Uyaar o'zlarining tutgan yo'li nechog'li yomonligini bilishsa-da dillar zalolat bilan qorayib ketgani uchun bu kimsalar islom dinini yo'qotishga astoydil harakat qilishardi. "Garchand mushriklar yomon ko'rishsa-da, Alloh islom dinini hamma dinlardan muzaffar qildi".

MUNOFIQLAR

Haqiqatni ko'rmaydigan madinalik arablardan bir guruhi yahudiylarning islom diniga qarshi kurashini qo'llab-quvvatlashdi. Ular jon saqlash uchun kofirligini sir tutishardi. Rasulullohning hijrat qilishlaridan ilgari madinaliklarga oqsoqol bo'lishga nomzodi ko'rsatilgan Abdulloh ibn Ubay ibn Salul Xazrajiy mana shu munofiqlar to'dasiga bosh edi. Musulmonlarga kofirlardan ko'ra munofiqlar ko'proq zarar yetkazishi turgan gap. Ular musulmonlarning orasida yurgani uchun ichki sirlaridan voqif bo'lishar va bu gaplardan yahudiy va boshqa din dushmanlarini darrov voqif etishardi. Payg'ambar alayhis-salom ularning ichida qanday niyati borligini Xudoga solib, faqat zohiriy jihatiga qarab muomala qilsalar-da, bu kimsalarga sira ham ishonmas edilar. Rasululloh zaruratdan biron joyga ketsalar, Madinada ish yuritib turish uchun o'z o'rinlariga ansorlardan birovni qo'yib ketar, bunday mas'uliyatli vazifaga munofiqlarni yaqin yo'latmas edilar. Mabodo, bunday imkoniyatga ega bo'lib qolishsa, ular musulmonlarga juda ko'p zarar yetkazishini yaxshi bilardilar. Bu narsa islom yo'lida zahmat chekayotganlarga ikkiyuzlamachi, munofiq kimsalar bilan qanday muomala qilishi kerakligiga yaxshi ibratdir.

YAHUDIYLAR BILAN AHDLASHISH

Rasululloh Madinadagi mana shu ikki guruh - yahudiylar va munofiqlar bilan o'zlariga yarasha muomala qilardilar. Munofiqlar bilan orani buzmagan holda yahudiylar bilan ikki tomon bir-biriga tegmaslik, ziyon-zahmat yetkazmaslik, bir-birining dushmaniga yordam bermaslik, qaysi tomon tajovuzga uchrasa unga yordam qo'lini cho'zish, yahudiylar o'z dinida qolishi haqida shartnoma imzolandi.


2004-2018 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.