background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 27-kun

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 27-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma ‘ofiniy fiy jasadiy va ‘ofiniy fiy basoriy vaj'alhul vorisa minniy. La ilaha illa antal haliymul karim. Subhanallohi robbil ‘arshil ‘azim. Valhamdu lillahi robbil ‘olamiyn», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, jasadimni ofiyatda qil. Ko‘zimni ofiyatda qilib, uni mendan merosxo‘r et (ya'ni, o‘lgunimcha omonda qil). Halim va Karim sifatli zotdan boshqa iloh yo‘q. Ulug‘ arsh Rabbisi bo‘lgan Allohni poklab yod eturman. Olamlar Rabbisi Allohga hamd bo‘lsin.) Termiziy rivoyati.

Sahih hadisi shariflar

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar: "Menga do'zax ko'rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko'pi inkor qiluvchi xotinlar ekan". Sahobalar: "Ollohni inkor qilganmi?", - deb so'radilar. "Erning yaxshiligini inkor qilganlar, erning qadriga yetmaganlar. Agar ularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko'rsa: "Sendan nima ko'rdim, hech yaxshilik ko'rmadim", - deb aytadir", - deb javob berdilar. (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (xolalari) Ummu Haro binti Milhonning huzurlariga kirib turar erdilar. Ul muhtarama Uboda ibn as-Somitning xotinlari erdilar. (Odatdagidek), kunlardan bir kuni Janob Rasululloh o‘shal xolalarining uylariga kirib erdilar, mehmon qildilar. So‘ng, ul muhtarama Janob Rasulullohning boshlarini (biti yo‘qmikan, deb) qaray boshlagan erdilar, ul zot uxlab qoldilar. Keyin, Janob Rasululloh yuzlarida tabassum birla uyg‘ondilar. Shunda Ummu Milhon: «Yo Rasulalloh, nechun kulayotirsiz?» - dedilar. Ul zot: «Tushimda menga Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani ketayotgan bir guruh ummatlarim namoyon qilindi. Ular podshohlar yanglig‘ taxtda o‘ltirgan holda dengiz bo‘ylab kemada suzib ketishayotgan ermishlar», - dedilar. Ummu Milhon: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa duo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» - dedilar. Janob Rasululloh xolalarini shunday deb duo qildilar-da, muborak boshlarini yana yostiqqa qo‘yib, (uxlab qoldilar). Keyin, yana tabassum birla uyg‘ondilar. Ummu Milhon (yana taajjub qilib): «Yo Rasulalloh, nechun kulayotirsiz?» - dedilar. Janob Rasululloh: «Tushimda menga Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani kstayotgan bir guruh ummatlarim namoyon qilindi» - deb ilgarigidsk javob qildilar. («Ammo, bu safar ul zot: «Ular quruqliqtsa tuyalarga minib ketishayotgan ermishlar» - deb aytganlar», - deyishadi ayrim muhaddislar). Ummu Milhon yana: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa duo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» - dedilar. Janob Rasululloh: «Siz avvalgilar (ya'ni, kemada ketayotganlar) toifasidansiz», - dedilar. Keyin, Ummu Milhon Muoviya ibn Abu Sufyon (g‘azot qilgan) zamonda, (Hazrat Usmonning xalifalik davrlarida boshqa mujohidlar qatori erlari Uboda ibn as-Somit birlan birga) kemaga o‘ltirib, (g‘azot qilgani Rumga yo‘l oldilar). (Ammo), kemadan quruqlikka tushgach, (yo‘lda ketaturib) tuyalaridan qulab, halok bo‘ldilar». (sahih, Muslim rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan (Baytulmoldagi, ya'ni davlat xazinasidagi narsalardan) bermoqlarini so‘radim, ul zot berdilar. Keyin, yana so‘radim, yana berdilar. So‘ng, yana so‘rab erdim, ul zot menga: «Ey Hakim, bu mol-dunyo degan narsa (shul qadar fusunkorki), totli mevalar (yanglig‘ baloi nafsni qo‘zg‘ar). Kimki undan (ya'ni, mol-dunyodan baloi) nafsining so‘ziga kirmay, (o‘ziga yetarlicha) olsa, (Olloh taolo tomonidan) unga barakot ato etilgaydur va kimki undan (ya'ni, mol-dunyodan baloi) nafsining so‘ziga kirib, (ortiqcha) olsa, (Olloh taolo tomonidan) unga barakot ato etilmagaydur. (Ochko‘zlik birlan ortiqcha mol-dunyo olguvchi) shaxs yeb tuymas mechkay kabi bo‘lib, yuksak (ya'ni, ehson qilguvchi) qul, tuban (ya'ni, tilamchi) qo‘ldan afzaldur!» - dedilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh, sizni haq (din) birla yuborgan zot haqi, endi dunyodan ko‘z yumgunimga qadar ham hech kimdan biror narsa so‘ramasman!» - dedim». (Sahih, Buxoriy rivoyati)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.