Muborak oy tuhfasi. 15-kun
Bismillahir rohmanir rohim.
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 15-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Rasululloh SAVning duolari
Abul Yasradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a'uzu bika minal hadmi va a'uzu bika minattaraddiy va a'uzu bika minal g‘oraqi val haraqi val harami va a'uzu bika an yataxabbatanish-shaytonu ‘indal mavti va a'uzu bika an amuvtu fiy sabiylika mudbiron va a'uzu bika an amuvta ladiyg‘on», deb duo qilardilar. (Ma'nosi: Allohim, (uy) buzilib ketishidan, qulashdan, g‘arq bo‘lishdan, yong‘indan, o‘ta qarilikdan va o‘lim paytida shayton yo‘ldan urishidan Sening noming ila panoh tilayman. Va yana Sening yo‘lingda orqa o‘girib o‘lmoqlikdan (urushda orqaga chekinmoqdan) va (biror narsa tomonidan) chaqilgan holda o‘lmoqdan panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. Boshqa bir rivoyatda «...g‘amdan panoh tilayman» bo‘lib kelgan.
Sahih hadisi shariflar
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga Madina bozorlaridan birmda erdim. Janob Rasululloh (bozordan) qaytdilar, men ham qaytdim. Keyin: «Qani mening kichkintoyim?!« -deb uch marotaba takrorladilarda: «Hasan ibn Alini chaqir!» - dedilar. Hasan ibn Ali bo'yniga munchoq taqqan holda o'rnidan turib kela boshladi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam quchoqlarini ochib: «Mana bunday qil!» dedilar. Hasan ibn Ali ham quchog'ini ochib Mana bunday qiling!»- dedida, ul zotning bag'rlariga o'zini tashladi. Janob Rasululloh: «Ey xudoyim, men buni juda ham yaxshi ko'raman, buni yaxshi ko'rganni ham yaxshi ko'raman dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu gapni aytganlaridan so'ng Hasan ibn Ali mening uchun eng suyukli odam bo'lib qoldi!» - deydilar. (sahih, Buxoriy rivoyati).
Sahih hikoyatlar
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir kishi bir odamning hovlisini sotib oldi Keyin, u o‘shal sotib olgan hovlisidan bir ko‘za oltin topib olib, uning sobiq egasiga: «Mendan oltiningni olgil, chunki men sendan yer sotib olganman, oltin sotib olgan emasman», - dedi. Yerning (hovlining) sobiq egasi esa: «Darhaqiqat, men senga yer va undagi barcha narsalarni sotganman», - dedi. Shul tariqa ular o‘zaro bahslashib, bir kishiga arz qilishdi. Shunda ul ikkisiga: «Bolalaringiz bormi?» -.dedi. Hovli sotib olgan kishi: «Mening o‘g‘lim bor», - dedi. Hovli sotgan kishi esa: «Mening qizim bor», - dedi. Qozilik qilayotgan kishi: «Yigitni qizga nikohlab, oltinning bir qismini ikkisiga nafaqa qilingizlar hamda qolganini shaxsan o‘zlaringiz sadaqa qilingizlar!» - dedi». (sahih, Buxoriy rivoyati).
Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar
Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (nabiralari)Hasanni yonlariga olib minbarga o‘ltirdilar. Hasan bir odamlarga va bir ul zotga jovdirab qarar erdi. Shunda ul zot: «Mening mana bu o‘g‘lim (nabiram) sayyiddur. Shoyad Olloh taolo uning vositasi ila musulmonlarning ikki guruhini yarashtirsa!» - dedilar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (gavdasining ko‘krakdan pastki qismi tuzilishi jihatidan) Hasan ibn Alidan ko‘ra uxshashroq kishi bo‘lmagandur», - deydilar.
Bir kishi Ibn Umardan: «Ehrom bog‘lagan odam pashshani o‘ldirsa, ne bo‘lgay?» - deb so‘radi. Shunda Ibn Umar: «Manavi iroqliklarga qarangizlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (Hasan vaHusaynni quchoqlab hamda hidlab turib): «Bu ikkisi mening bu dunyodagi ikki (xushbo‘y) rayhonimdur!» - deb aytganlariga qaramay, ul zotning qizlarining farzandlari bo‘lmish (Husaynni) o‘ldirishib, tag‘in: «Ehromdagi odam pashshani o‘ldirsa, ne bo‘lgay?» - deb tahqirona savol berayotirlar», - dedilar. (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.