background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 8-kun

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 8-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 
 
Qur’oniy duolar
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, albatta Sen odamlarni hech shak-shubhasiz keladigan bir KUNga to‘plaguvchisan. Albatta Alloh va’dasiga xilof qilmagay! (Oli-Imron surasi, 9-oyat) 
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
 
Sakkizinchi hadis. 
Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo marhamatlidir. Faqat marhamatli bo‘lganni qabul qiladi. Alloh taolo yuborgan payg‘ambarlariga buyurgan narsalarini mo‘minlarga ham buyuradi. Bu haqda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman» (Mo‘‘minun surasi, 51-oyat),«Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar»(Baqara surasi, 172-oyat). Bir kishi safarda uzoq yuradi. Sochlari to‘zib, kiyimlari changib ketadi. Va qo‘lini osmonga cho‘zib, «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Uning yeyayotgan taomi harom, ichayotgan ichimligi harom, kiyayotgan kiyimi harom hamda ozuqasi harom. Qaerdan uning (duolari) ijobat qilinsin?!» dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari. 
 
Buyuk sahobalar o'gitlari
 
Utba ibn G'azvonning o‘gitlari
Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: “Utba ibn G'azvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo‘lganida bizga bir xutba o‘qidi. Allohga hamd va sanodan so‘ng shunday dedi:
«Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan,  bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo'g'i bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so‘ngsiz bir hayotga o‘tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo‘lingizda eng xayrli narsa nima bo‘lsa, o‘shani o‘zingiz bilan olib ketishga Hayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so‘ngsiz bo‘shliq insonlar bilan to‘lajakdir. Bunga hayron bo‘lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo‘q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa’d ibn Molik ikkimiz bo‘lishib, kiyim qildik.
Bugun esa har birimiz bir o‘lkaning hokimlarimiz. O‘zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo‘lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman”. 
 
Saodat asri qissalari


Yuksak martaba
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
“Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: 
— Qiyomat kuni martabalariga payg‘ambar va shahidlar ham havas qiladigan va Alloh dargohida nurli minbarlar ustidagi joylari bilan taniladigan kishilarning xabarini berayinmi? — deya marhamat qildilar. 
— Ular kimlar, yo Rasulalloh? — so‘rashdi ashob.
— Allohning qullarini Alloqga va Alloh taoloni Uning qullariga sevdirish uchun intilgan va yer yuzida zimmalariga irshod vazifasi yuklangan odamlardir.
— Yo Rasulalloh! Allohni Allohning qullariga sevdirmoq tushunarli. Biroq Allohning qullarini Allohga sevdirish qanday bo‘ladi? — deb so‘radim. 
— Ularni Alloh sevgan narsalarga tashviq etishadi va Alloh yomon ko‘rgan narsalardan qaytarishadi. Ular bunga quloq osib, amal qilishsa, Alloh ularni sevadi, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam».


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.