background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 4-kun

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 4-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 
 
Qur’oniy duolar
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgan, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin! (Baqara surasi, 201-oyat) 
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
 
To‘rtinchi hadis. 
Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra quyuq qon bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra parcha go‘sht bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra farishta yuborilib, unga ruh puflaydi. Va to‘rt kalima, ya’ni rizqi, ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o‘lchov) qoladi. Bas, uning o‘sha yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do‘zax ahlining amalini qilib, do‘zaxga kirib ketadi. Sizlardan biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi-da, hattoki u bilan do‘zax orasida bir gaz qoladi. Bas, uning kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib, jannatga kirib ketadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari. 
 
Buyuk sahobalar o'gitlari
 
Usmon ibn Affonning o‘gitlari
Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
“Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so‘lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
— Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o‘lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan.
“Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin” (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va Haflatda qolmang. Zero, siz Haflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira Haflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o'g'illari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: “(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o‘simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so‘ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur”. 
 
Saodat asri qissalari


Xotirjamlik siri
Abu Zabya, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: 
«Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, vafotlaridan sal oldin xastalanib qoldilar. Bemorni ko‘rishga kelgan Usmon, roziyallohu anhu, undan so‘radilar: 
— Seni nima bezovta qilyapti?
— Gunohlarim.
— Ko‘ngling nimani tusayotir?
— Rabbimning rahmatini.
— Senga bir tabib chaqiraymi?
— Aslida meni kasal qilgan Tabibdir.
— Senga biroz maosh yozdirishimga ruxsat berasanmi?
— Maoshga ehtiyojim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, keyin qizlaringga beriladi-ku! 
Shunda Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu:
— Sen qizlarimni kambag‘allikdan qiynalishadi deb xavotirdamisan? Men ularga har kecha Voqea surasini o‘qishni tayinlaganman. Zero, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: «Har oqshom Voqea surasini o‘qigan kishi hech qachon tirikchilik zahmatini chekmaydi», deb marhamat qilganlarini eshitgan edim, — dedi»


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.