background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 28-kun

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 28-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 
 
Qur’oniy duolar
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin va qalblarimizda iymon keltirgan zotlar uchun biron g‘illi-g‘ash qilmagan. Parvardigoro, albatta Sen mehribon va rahmlidirsan! (Hashr surasi, 10-oyat) 
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
 
Yigirma sakkizinchi hadis. 
Umar ibn Xattobdan (r.a.)  rivoyat qilingan, Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan imon, Islom, ehson, Qiyomat haqida so‘ragan savollari haqidagi Imom Muslim «Sahih»larida kelgan mashhur hadisdir. 
 
Buyuk sahobalar o'gitlari
 
Abu Muso al-Ash’ariy o'gitlari
- Har bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islomning chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, sabr, shukr. Taqvo - ishlarning asosi, kamtarlik -kibrdan uzoq bo‘lish, sabr - do‘zaxdan najot topish, shukr - jannat bilan mukofotlanishdir.

Hazrat Jobir o'gitlari
- Kim katta gunoh qiluvchilardan bo‘lmasa, shafoatga muhtoj bo‘lmaydi. 
 
Saodat asri qissalari


Uch harakat tarixi
Sa’saa ibn Savxondan:
«Badaviy arablardan biri Alining, roziyallohu anhu, oldiga kelib: 
— Ey amiral mo‘minin, siz: “Laa ya’kuluhu alla’l-xootuun” (Al-Haaqqa, 37) oyatini (zohiriy ma’nosi: “qonli yiringni faqat qadam bosganlar yeydi”) qanday tushunasiz? Nahotki, qadam bosmaydigan insonlar ham bo‘lsa? — deb so‘radi.
 Ali, roziyallohu anhu, kulimsirab:
— Sen so‘zni yanglish talaffuz qilmoqdasan. “Laa ya’kuluhu alla’lxootuun” emas “illa’l-xootiuun”. (Jahannamda qonli yiringni faqat gunohkorlar yeydi”),  deb to‘g‘ri o‘qigin, –dedilar. 
— Ha, ey amiral mo‘minin. To‘g‘risi siz aytganingizday bo‘ladi, — dedi u arab.
Shundan so‘ng Hazrati Ali, roziyallohu anhu, yonlarida turgan Abu Asvad ad-Dualiyga o‘girilib:
— Bugun arab bo‘lmagan bir necha millatlar musulmon bo‘lib, arablarga qo‘shildilar. Shu sababli arab tili buzilishga yuz tutdi. Xalqqa shunday  narsani o‘rgatginki, u bilan arabiy tilni buzilishdan muhofaza eta olaylik, — dedilar.
Shundan keyin Abu Asvad yozuvda ustun, o‘tra, asra usulini qo‘llay boshladi”.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.