background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 19-kun

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 19-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 
 
Qur’oniy duolar
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarga o‘z huzuringdan rahmat — marhamat ato etgin va bizlarning ishimizni O’zing o‘nglagin! (Kahf surasi, 10-oyat) 
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
 
O'n to‘qqizinchi hadis. 
Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, ko‘shnisini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari. 
 
Buyuk sahobalar o'gitlari
 
Anas ibn Molik o'gitlari
- Kishi tilini tiymagunicha Allohga haqiqiy taqvo qila olmaydi.
- Banda tilini asramasa, taqvodor bo‘lolmaydi.
- Badbaxtlik to‘rttadir: ko‘zning quruqligi, qalbning qattiqligi, orzu-havasning uzunligi, dunyoga hirs qo‘yish.
- Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmaydi.
- Banda tilin asramasa, taqvodor bo‘lolmaydi. 
 
Saodat asri qissalari


Payg‘ambarni yig‘latgan oyat
Abdullohdan, roziyalllohu anhu: 
Janobi Payg‘ambarimiz:
— Menga Qur’on o‘qib berasanmi? — dedilar.
— Yo Rasulalloh! Qur’on Sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa-yu men o‘qib beraymi? — dedim.
— Men uni boshqa birovdan eshitishni xohlayman, — dedilar Faxri koinot.
Shundan so‘ng “Niso” surasini o‘qiy boshladim va:
“Har bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, Muhammad), ularga guvoh qilib keltirganimizda (ularning holi) ne kechur?!” oyatiga yetganimda:
— Bas, yetar, — dedilar.
Qarasam, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yig‘layotgan ekanlar.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.