background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 29-kun

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni ham ushbu ulug' kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
Ramazon oyida, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o'z dargohida qabul qilsin! Yuzingizdan bu kungidek tabbassum hech qachon arimasin!
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati

Albatta, Alloh imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kofir bo'lgan kimsalar esa (dunyo lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichurlar va do'zax ularning joylaridir.

(Muhammad surasi, 12-oyat)

 

Muborak kun Hadisi

Agar mo'min kishi Allohning huzuridagi uqubatning qanchaligini bilganida uning jannatidan umidini uzib qo'yardi. Agar kofir Allohning huzuridagi rahmatning qanchaligini bilganida, uning rahmatidan hech ham noumid bo'lmasdi.
  

Muborak kun Hikmati

Quyoshning issiqligidan qiynalgan kishi soyani yahshi ko'rgani kabi, soyaning sababchisi bo'lgan daraxtlarni ham yahshi ko'radi. Insonning Allohga muhabbatiga kelsak; Borliqdagi barcha narsaning Alloh taolo qudratiga bog'liqligi soyaning daraxtga, nur-yorug'likning quyoshga bog'liqligiga o'hshaydi.

Imom G'azzoliy

  

Muborak kun Hikoyati

Abdulloh ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar: «Ansorlardan biri Madinaning Kuf degan darasida namoz o‘qiyotgan edi. Xurmolar rosa pishib yetilgan, shoxlar orasi g‘ij-g‘ij meva edi. Hosil mo‘lligidan ansorning ko‘ngli chog‘ bo‘ldi. Fikri ancha vaqt xurmolariga bog‘lanib qoldi. So‘ng yana namoziga qaytdi, ammo necha rakat o‘qiganini unutgan edi... Shundan so‘ng u: — Bu dunyo moli tufayli dinim halok bo‘lmasin, — dedi. Keyin amiral mo‘minin Hazrati Usmonning, roziyallohu anhu, huzuriga borib, maqsadini aytdi: — Shu bog‘im Alloh yo‘lida sadaqadir. Uni o‘zingiz ma’qul ko‘rgan yo‘lda ishlating. Hazrati Usmon, roziyallohu anhu, xurmozorni ellik ming dirhamga sotib, pulini xazina hisobiga o‘tkazdilar. Shundan keyin bu bog‘ “ellik ming dirqamlik xurmozor” nomini oldi».


PS. Ushbu maktub Ziyouz.com dan jo'natilmoqda.  Kelgusida bunday maktubdan voz kechish uchun bizga xabar qiling. Agar boshqa dindosh birodaringizga ham jo'natishimizni hohlasangiz ularning elektron manzillarini bizga yo'llang.
Ramazon oyidan keyin ham har hafta bir marta shunaqa maktublar qabul qilishni xohlasangiz forumimizga a'zo bo'ling.

Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.