background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 19-kun

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning o'n to'qqizinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati

Agar sizni shaytonning sharri tutsa, Allohdan panoh tilang! Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.
(A'rof surasi, 200-oyat)
 

Muborak kun Hadisi

Kimki mo'min kishini “kofirsan” deb haqoratlasa, go'yo uning qonini to'kkanchalik gunoh qilgan bo'ladi.
Imom al-Buxoriy rivoyati
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa, ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Allohga qasamyod qilib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Alloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham xushbo‘yroqdir, chunkim Alloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir», – deydir».
Imom al-Buxoriy rivoyati
 

Muborak kun Hikmati

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob
  

Muborak kun Hikoyati

Tabaroniydan rivoyat qilinadi: “Abu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan: — Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga: — Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar. — Ha. — Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi. — Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi? — Ha. U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».


PS. Ushbu maktub Ziyouz.com dan jo'natilmoqda.  Kelgusida bunday maktubdan voz kechish uchun bizga xabar qiling. Agar boshqa dindosh birodaringizga ham jo'natishimizni hohlasangiz ularning elektron manzillarini bizga yo'llang.
Muborak oy tuhfasi dasturi haqida fikr-mulohazalaringizni shu yerda qoldirishingiz mumkin.

Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.