background
logotype
image1 image2 image3

Sahobalar o‘qigan duolar

Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) duolari

Allohim! Sendan ortga qaytmaydigan (baquvvat) bir imon, tuganmas ne’mat va huld jannatining eng yuqori darajasida Payg‘ambaring ila birga bo‘lishlikni so‘rayman.

Robbana aslih baynana, vahdini subulal-Islami, va najjina minaz-zulumati ilan-nur, vasrif annal-favahisha ma zoharo, vama batana, va barik lana fiy asma’ina va absorina va qulubina va azvajina va zurriyyatina va tub ‘alayna innaka antat-tavvabur-rohiymu, vaj’alna shakiriyna, li ne’matika, musniyna biha, qoiliyna biha va atmimha ‘alayna.

Ey Rabbimiz! Oralarimizni isloh et, bizni islomiyat yo‘liga hidoyat ayla, bizni zulmatdan yorug‘likka chiqar. Yuzimizni oshkor va yashirin barcha yomonliklardan o‘gir. Ko‘zlarimizni, quloqlarimizni, qalblarimizni, ishlarimizni va farzandlarimizni bizga muborak qil, gunohlarimizni kechir. Shubhasiz, Sen o‘ta marhamatli va gunohlarni kechirguvchisan. Bizni ne’matingga shukr etuvchi, hamd aytuvchi qil va ne’matingni bizdan ayama!

(«Al-Kanz», «Al-Muntahab»dan)

 

Abdurahmon ibn Avfning (r.a.) duosi

Abu Hayyoj al-Asadiydan (r.a.): «Bir kuni Baytullohni tavof qilarkan, bir odamning faqatgina tinimsiz: «Allohim! Meni nafsimning ochko‘zligi (ta’magirligi) dan asra!» deya duo qilayotganini ko‘rdim. Unga yaqinlashib dedim:

– Allohdan shundan boshqa so‘raydigan narsang yo‘qmi? Faqat birgina duoni qaytaryapsan?

– Agar nafsimning ochko‘zligidan (ta’magirligidan) saqlansam, na o‘g‘rilik, na zino va na biror gunoh qilaman, – dedi.

Qarasam, bu odam Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu ekan.

(Tafsiri Ibni Kasirdan)

 

Hazrati Alining (r.a.) duolari

A’uzu bika min jahdil balai va darkish-shiqai va shamatatil a’dai va a’uzu bika minas-sijni val-qoydi vas-savti.

Allohim! Balo va musibatlardan, omadsizlikdan, dushmanlar bilan tortishishdan, hibs etilishdan, kishanlanishdan va kaltaklanishdan panoh tilayman.

Allohumma inna zunubiy la tazurruka va inna rahmataka iyyaya la tanqusuka.

Allohim! Mening gunohlarim Senga zarar bermaydi, Sening menga marhamat qilishing Sendan hech narsani kamaytirib qo‘ymaydi.

 

Hazrati Abu Bakrning (r.a.) duolari

Allohumma habliy iymanan va yaqiynan va mu’afatan va niyyatan.

 Allohim! Menga imon, sidqidillik, sog‘liq, ofiyat va sog‘lom bir niyat ber.

Allohummaj’al xoyro ‘umuriy axirohu va xoyro amali va xavatimahu va xoyro ayyamiy yavma alqoka.

Allohim! Umrimning eng xayrlisi, umrimning so‘ngi, amalimning eng xayrlisi, amalimning so‘ngi va kunlarimning eng xayrlisi Sening huzuringga chiqadigan kunim bo‘lsin».

 

Hazrati Umarning (r.a.) duolari

Allohumma inniy a’uzu bika an ta’xuzaniy ‘ala g‘irratin av tazaraniy fiy g‘aflatin, av taj’alniy-g‘ofiliyna.

Allohim! Meni nogahon o‘limdan yoxud g‘aflatda qoldirishing yoki g‘ofillardan qilishingdan panoh tilayman.

Allohumma tavaffaniy ma’al abrori, va la taj’alniy fil ashrari va qiniy azabannari va alhiqniy bil-ahyar.

Allohim! Meni yaxshilar orasida o‘ldir, yomonlardan qilma, otash azobidan asra va yaxshilar qatoriga qo‘shgin.

 

Hazrati Bilolning (r.a.) duosi

Allohim! Mening yomonliklarim va nuqsonlarimni kechirgin.

 

Abu Dardoning (r.a.) duosi

Bilol ibn Sa’ddan (r.a.):

Abu Dardo (r.a.) der edi.:

– Allohim! Xayol tarqoqligidan panoh so‘rayman.

– Xayol tarqoqligi nima? – deya so‘rashdi.

– Kishining har bir darada bir narsasining bo‘lishidir, – deya javob berdi u.

– Allohim! Olimlarning qalblarining menga la’nat o‘qishidan panoh so‘rayman, – deya duo qilgan Abu Dardodan so‘rashdi:

– Olimlarning qalblarining la’nat o‘qishlari qanday bo‘ladi?

– Ichlaridan menga nisbatan nafrat etishlaridir, – dedi Abu Dardo.

 

Zayd ibn Sobitning (r.a.) duosi

Allohim! Sendan bola-chaqam va qo‘l ostimda menga qarab qolgan qullarimni boqishga yetgulik boylik so‘rayman. Va biror qarindoshimning qarindoshlik haqini ado etolmaganim uchun meni badduo qilishidan panoh tilayman.

 

Sa’d ibn Ubodaning (r.a.) duosi

Allohim! Senga hamd aytishni menga nasib et va sharaf ehson ayla.

 

Ibni Abbosning (r.a.) duosi

Allohim! Meni bergan rizqingga qanoat etguvchilardan ayla, menga bergan rizqni barakotli qil va orqada qoldirgan har narsamni O‘zing asra.

 

Anasning (r.a.) duosi

Allohim, uni (musulmon birodarimni), kechalari ibodat qiluvchi va kunduzlari ro‘zador yaxshilar duosining barakotidan mahrum etma.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.