background
logotype
image1 image2 image3

Musulmon uchun muhim vazifalar

1.   Alloh taoloni bir deb bilib, zikr etish.

2.   Haloldan yeb-ichish.

3.   Tahorat olish, g‘usl qilish.

4.   Besh vaqt namoz o‘qish.

5.   Rizqni Allohdan deb bilish.

6.   Haloldan, toza kiyim kiyish.

7.   Allohga tavakkul qilish.

8.   Qanoatkor bo‘lish.

9. Ne’matlari uchun Allohga shukr qilish.

10. Allohning qazo va qadariga rozi bo‘lish.

11. Balolarga, musibatlarga sabr etish.

12. Gunohlarga tavba qilish.

13. Ixlos bilan ibodat etish.

14. Shaytonni dushman bilish.

15. Har bir ishda Qur’oni karimni hujjat, dastur deb bilish.

16. O‘limni haq bilib, unga hozir bo‘lish.

17. Yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish.

18. Alloh sevganini sevish, sevmaganidan qochish. Har bir ishni Alloh uchun qilish.

19. Ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lish va ularga itoat etish.

20. Qarindoshlarni ziyorat qilish.

21. Omonatga xiyonat etmaslik.

22. Allohdan qo‘rqish.

23. Allohga, payg‘ambarga itoat qilish.

24. Gunohlardan qochib, ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish.

25. O‘ylab, tadbir bilan ish ko‘rish.

26. Koinotga ibrat nazari bilan boqish.

27. Tilni yomon so‘zlardan saqlash.

28. Qalbni poklash, behuda so‘zlarni va ishlarni tark etish.

29. Hech kimga yomonlik qilmaslik, bekorchi, foydasiz ish qilmaslik.

30. Hech kimni masxara etmaslik, minnat qilmaslik.

31. Haromga qaramaslik.

32. So‘ziga sodiq bo‘lish, to‘g‘rilikdan ayrilmaslik.

33. Sehr-jodu qilmaslik.

34. Yomon so‘zlarni eshitmaslik.

35. Ilm tahsil etish.

36. To‘g‘ri o‘lchash va to‘g‘ri tortish.

37. Allohning azobidan qo‘rqish.

38. Faqirga sadaqa berish, muhtojga yordam berish.

39. Allohning rahmatidan umid uzmaslik.

40. Nafsga (yomon orzularga) tobe bo‘lmaslik.

41. Alloh uchun yeyish, yedirish.

42. Kifoya qiladigan darajada rizq talab etish.

43. Molining zakotini berish.

44. Hayz va nifos holatida xotiniga yaqinlashmaslik.

45. Qalbini ma’siyat va yomonliklardan tozalash.

46. Kibr qilmaslik.

47. Yetimning molini saqlash.

48. Besh vaqt namozni vaqtida o‘qish.

49. Zulm va haqsizlik bilan xalqning molini yemaslik.

50. Alllohga shirk keltirmaslik.

51. Sharob ichmaslik, qimor o‘ynamaslik, pora olmaslik, pora bermaslik.

52. Zinodan qochish.

53. Bekorchi ishlar uchun qasam ichmaslik.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.