background
logotype
image1 image2 image3

Musofir namozi

Bizning dinimiz qulaylik, insonlarga marhamat dinidir. Chunonchi, u musofirlarga ham ancha yengilliklarni muhayyo qilib qo‘ygan. Yashab turgan joyidan o‘rtacha yurishda kamida 18 soatlik (90 chaqirim) masofaga o‘n besh kundan oz muddatni niyat qilib yo‘lga chiqqan kishi qishlog‘i yoki shahrining oxirgi uylari ko‘rinmay qolgan daqiqadan boshlab musofir hisoblanadi. O‘n besh kunga yo bundan ko‘pga niyat qilib chiqilsa, yo‘ldagina musofir sanaladi, borayotgan manzilining dastlabki uylari ko‘ringandan boshlab esa, muqim hukmiga o‘tadi va namozlarini to‘liq o‘qiydi.

Musofir odam to‘rt rakatlik farz namozlarini ikki rakatga qisqartirib (bomdod namozining farzi kabi) o‘qiydi. Biroq shom namozining uch rakat farzi va uch rakatlik vitr namozlarini to‘liq ado etadi. Agar musofir kishi muqim kishiga ergashib namoz o‘qisa, to‘rt rakatlik farzlarni ham to‘liq o‘qiydi. Muqim kishi musofir kishiga iqtido qilib namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, unda imom ikki rakatdan so‘ng salom bergach, ergashuvchi salom bermaydi, ichida «Allohu akbar» deb qiyomga turadi-da, qolgan ikki rakatni mustaqil o‘zi o‘qib tugatadi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.