background
logotype
image1 image2 image3

Islom va imon

ISLOM VA IMON SHARTLARI

Islom tinchlikka, poklikka, insoniylikka, mehr-muruvvatga, vatanparvarlikka, ilm olishga chaqiruvchi dindir. U insonni ikki dunyo saodatiga yetkazadi.
Quyidagilar Islom dinining ruknlaridir:
1. Imon.
2. Har kuni besh mahal namoz o'qish.
3. Ramazon oyida o'ttiz kun ro'za tutish.
4. Zakot berish. Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir. Ya'ni boyligi nisobga (muayyan miqdorga) yetgan musulmonning yilda bir marta haqdorlarga zakot berishi farz.
5. Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadigan musulmonlargagina farzdir.
Quyidagilarga ishongan kishi imonlidir:
1) Allohga;
2) Allohning farishtalariga;
3) Allohning kitoblariga;
4) Allohning payg'ambarlariga;
5) Oxirat kuniga;
6) Taqdirga, ya'ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7) O'limdan keyin qayta tirilmoqqa.

IMON KALIMALARI

«La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh».
Ma'nosi: «Allohdan boshqa iloh yo'q, Muhammad Allohning payg'ambaridir».
«Ashhadu alla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan 'abduhu va rasuluh».
Ma'nosi: «Allohdan o'zga sig'iniladigan (iloh) yo'qligiga va Muhammad alayhissalom Allohning quli va elchisi ekaniga iqrorman».


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.