background
logotype
image1 image2 image3

Tanamizdagi mo'jizalar

Alloh bandalarini bir-birlariga sira o‘xshamaydigan qilib yaratgan. Bundan tashqari, Alloh insonlarga tabiatdagi eng yuksak, murakkab va aql yeta olmaydigan mo‘’jizaviy narsalarni ato etgan. Masalan, ovqat hazm bo‘lishining o‘zi bir mo‘’jiza. Ovqat hazm bo‘lishida qatnashadigan so‘lak eng avvalo ov-qatni yumshatadi va tishlar orqali ezilishini hamda pastga — qizil o‘ngachga so‘-rilishini osonlashtiradi.

So‘lakning yana bir afzalligi, uning kimyoviy tarkibiga ko‘ra, kraxmalni shakarga parchalashidir. Og‘izda ana shunday muhim moddaning bo‘lmasligini tasavvur qilish qiyin. So‘laksiz og‘zimiz qurib, ovqatni yuta olmas, tuzukroq gaplasha olmas edik. 

Ana shunday beqiyos uyg‘unlik me’da tizimiga ham xos. Me’dada ovqat hazm bo‘lishi shu a’zodan ajraladigan xlorid kislota hisobiga amalga oshadi. Biroq bu kislota shunchalik kuchliki, nafaqat ovqatni parchalash, balki me’da “devori”ni ham “eb qo‘yish” qobiliyatiga ega. Lekin odamzotni halok qilishi mumkin bo‘lgan bu muammo ijobiy hal etib qo‘yilgan. Ovqat hazm bo‘layotgan vaqtda ajraladigan «mukus» deb ataluvchi shilliq modda me’da devorining hamma yerini qoplab, kislotaning ta’siridan himoyalaydi. Shu yo‘l bilan me’daning o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketishi oldi olinadi. Mukus tarkibidagi ozgina yetishmovchilik ham uning himoyaviy xususiyatini buzishi mumkin.
Me’daga ovqat tushishi bilanoq tarkibida oqsil tutgan ferment (xlorid kislota) me’dadan ajralib, neytral moddani, ya’ni, oqsilni tezlik bilan parchalay boshlaydi. Oqsil parchalanar ekan, bo‘sh me’daga zarar yetkazmaydi. Agar bu jarayon sodir bo‘lmaganida ajraladigan kislota tufayli me’da “hazm” bo‘lib ketgan bo‘lar edi.
Bunday mo‘’jizani inson o‘z ixtiyori bilan yaratdimi? Yo‘q! Inson bunga aslo qodir emas! Faqat Alloh qodirdir.
Ovqat me’daga tushishi bilanoq me’da shirasi oqsillarni parchalashga qobiliyatli bo‘lib qoladi, lekin bu jarayon amalga oshishi uchun bir qator kimyoviy reaksiyalar ro‘y berishi kerak. Me’da oqsillarni parchalash qobiliyatiga ega bo‘lmaganida, yeyilgan ovqat to‘liq hazm bo‘l-mas, natijada garchi me’da ovqatga to‘la bo‘lsa-da, holdan toyib, o‘lardi. Eng qizig‘i, me’da shirasini me’da hujayralari ishlab chiqaradi. Ana shu hujayralar odam tanasining boshqa qismlari (masalan, ko‘z xujayralari) kabi ona qornida bo‘linish natijasida paydo bo‘lgan egizak hujayra hisoblanadi. Bundan tashqari, bu hujayra genetik informatsiyaga ega. Ya’ni, har ikkala hujayraning genofondi o‘zida genetik informatsiyani saqlaydi. Biroq ilohiy buyruqqa bo‘ysungan holda ko‘z hujayralari milyonlarcha informatsiya ichida faqat o‘zi uchun kerakli bo‘lganidan, me’da hujayralari esa faqat me’daga tegishli informatsiyadan foydalanadi. Agar ko‘z hujayralari ko‘z uchun zaruriy oqsillar o‘rniga (noma’lum bir sabab bilan) me’da shirasi uchun zarur bo‘lgan moddani ishlab chiqarsa, odamning ko‘zi bir lahzada erib ketar edi.
Yana bu hujayralarda maxsus so‘ruvchi apparatlar bor, ular oziq moddalar uchun alohida tashiladigan yo‘llarga bog‘langan. Shunday qilib, shu so‘rg‘ichlar orqali so‘rilgan oziq moddalar qon aylanishi yordamida butun tanaga tarqaladi. Har bir so‘ruvchi hujayraning yuzasida deyarli 3000ga yaqin mayda so‘rg‘ichlar bor, bu so‘rg‘ichlar tinim bilmay, odamning hayot kechirishi uchun bekamu ko‘st ishlab turadi. Aslida juda ham katta maydonni egallash kerak bo‘lgan bu qadar son-sanoqsiz so‘rg‘ichlar mittigina bir joyga jamlangan. Iste’mol qilingan ovqatdan iloji boricha ko‘proq foyda oladigan bu tizim umrimizga umr qo‘shib, so‘nggi nafasimizgacha bizga beminnat xizmat qilib turadi.

Horun Yahyoning “Lyudyam razmishlyayushix” kitobidan Marhamat hoji MUSLIM tarjimasi
“Hidoyat” jurnalining 2004-yil, 7-sonidan olindi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.