background
logotype
image1 image2 image3

Yurak tomirlari jarrohligi

Sizning ko‘ksingizni ochib, kengaytirib qo‘ymadikmi? Orqangizni bosib turgan yukni olib tashlamadikmi?! Zikringizni ham baland qilib qo‘ymadikmi?! Bas, albatta, har bir qiyinchilikdan so‘ng yengillik kelur; albatta, qiyinchiliqdan so‘ng yengillik kelur. («Sharh» surasi, 1-6-oyatlar)

Tananing har bir a'zosi yashashi va muayyan bir vazifani bajarishi uchun u qon vositasida oziqlanib turishi kerak. Qon yurakka (koronar) toj arteriyalari orqali o‘tadi. Arteriya qon tomirlari qattiqlashgan (ateroskleroz) paytda bu arteriyada torayish va to‘siqlar hosil bo‘ladi. Bu holat davom etar ekan, qonning o‘tishi to‘xtab qoladi va yurak yetarli qon bilan ta'minlanmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, yurakning o‘z funktsiyasini yaxshi bajara olmayotganligi va yurak xurujlaridan dalolat beruvchi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni keltirib chiqaradi.

Yuqoridagi oyatda «Sizning ko‘ksingizni ochib, kengaytirib qo‘ymadikmi...» deb tarjima qilingan «Alam nashroh laka sodroka» jumlasi mana shunday yurak funktsiyasining buzilishlari hamda bugungi kun yurak tomirlari jarrohligini nazarda tutayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Bunday fikrning tug‘ilishiga sabab shundaki, «lam nashroh» jumlasining birinchi ma'nosi «go‘shtni va shu kabi narsalarni kesib ochmoq» degan fe'lni ifodalaydi. Darhaqiqat, bunday operatsiyalarda yurakka yo‘l ochish uchun ko‘krak qafasi suyagi ikkiga bo‘linadi. Operatsiya natijasida qon yana normal oqa boshlaydi va ko‘krak qafasidagi og‘riqlarga shu tariqa barham beriladi. Yuqoridagi oyatda berilgan «kengaytirmoq» so‘zi arteriya qon tomirlarining bunday to‘lib qolishi bartaraf etilishiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, bu suradan keyinoq yurakka foydali bo‘lgan zaytun bilan Allohning qasamyod etishi eng donolikning alomatidir. («Tin»surasi, 1-oyat)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.