background
logotype
image1 image2 image3

Yorilayotgan yer

Qasamyod etaman qaytaruvchi osmon bilan va yorilguvchi Yer bilanki ... («Toriq» surasi, 11-12-oyatlar)

Yuqorida berilgan oyatdagi arabcha «sad'» so‘zi «yormoq, yoriq hosil qilmoq, darz ketmoq, qismlarga bo‘lmoq» ma'nolarini anglatadi. Alloh Qur'ondagi xuddi boshqa ilmiy mo‘jizalaridagidek bu oyatda ham Yerning yorig‘i bilan qasamyod qilib, muhim bir hodisani nazarda tutmoqda. 1945-1946 yillarda olimlar mineral resurslarni o‘rganish maqsadida birinchi marta dengiz va okeanlarning chuqurliklariga tushishdi. Bu tadqiqotdan ma'lum bo‘lgan eng muhim dalillardan biri Yerning darz ketgan, siniq strukturasi bo‘ldi. Yerning tashqi yuzasidagi tog‘ jinsli qatlam shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon o‘n minglab kilometr uzunlikdagi juda ko‘p sonli yoriqlar bilan bo‘linib ketgan edi. Shu bilan birga, olimlar dengizning tagida 100-150 km (60-90 milya) chuqurliklarda erigan magma bo‘lganligini ham aniqlashdi.

Mana shu darzlar va yoriqlar tufayli lavalar vulqonlardan dengiz tubiga oqadi. Bu darzli, siniq struktura tufayli juda ko‘p miqdordagi issiqlik qo‘yib yuboriladi va erigan jinslarning katta qismi okeanlar tagida tog‘larni shakllantiradi. Agar Yer juda ko‘p miqdordagi issiqlikni uning qobig‘idan chiqarib yuboruvchi bunday strukturaga ega bo‘lmaganda edi, Yer yuzida hayot bo‘lmagan bo‘lar edi.38

Shubhasiz, kashf qilinishi uchun zamonaviy jadal texnologiyani talab kiluvchi ma'lumotning 1400 yil muqaddam berilishi, Qur'on Allohning kalomi ekanligini yana bir bor isbotlaydi. 

 

Yuqorida keltirilgan rasmlar Yerning yorilgan strukturasini ko‘rsatib turibdi. Yer qobig‘i tagidagi magma qatlami mana shu yoriqlik strukturasi orqali yuzaga chiqa oladi. Bu Yerning temperaturasini sezilarli darajada pasaytirib turadi.

__________
38. «Arctic Explorers» (Arkgika tadqiqotchilari), 23 iyun, 2000; http://tea.rice.edu/schauer/6.23.2000.html; Tetsuzo Seno, Satoru Honda, «Mantle Convection and The Global Sea Level: When Did Plate Tectonics Begin on The Earth?» (Mangiya konvektsiyasi va dengizning global darajasi: Yerda plita tektonikasi qachon boshlangan?);  www.eri. u-tokyo. ac. jp/seno/sealevel_abst.html; «Mantle Convection» (Mantiya konvektsiyasi), http://theory.uwinnipeg.ca/mod_tech/node195.html; Prof. Zigloul El-Naggar, «Scientific Signs in the Qur’an: Examples from the Area of Earth Sciences» (Qur’onning ilmiy alomatlari: Yer to‘g‘risidagi fanlar sohasidan misollar);  www.nekkah.com/Main/EngPage/Scientific_Signs_in_the_Quran.htm


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.