background
logotype
image1 image2 image3

Yerning qatlamlari

Qur'onda Yer haqida berilgan ma'lumotlardan biri uning yetti qatlamli osmonga o‘xshatilganligidadir.

Alloh yetti osmonni va Yerdan ham o‘shancha miqdorni (etti qavatni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri (farmoni) ularning (osmon va Yer) o‘rtasida nozil bo‘lib turar. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani (O'z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U shunday qildi). («Taloq» surasi, 12-oyat)

Yuqorida berilgan oyatdagi ma'lumot ilmiy manbalarda o‘z tasdig‘ini topgan. Bu manbalarda aytilishicha Yer yetti qatlamdan tashkil topgan. Olimlar tomonidan aniqlangan bu qatlamlar quyidagichadir:

1-qatlam. Suv litosferasi.
2-qatlam. Yer litosferasi.
3-qatlam. Astenosfera.
4-qatlam. Yuqori mantiya.
5-qatlam. Ichki mantiya.
6-qatlam. Tashqi yadro.
7-qatlam. Ichki yadro.

Litosfera so‘zi grekcha «litos» so‘zidan yasalgan bo‘lib, «tosh» ma'nosini anglatadi va bu Yerning ustki qatlamini tashkil etuvchi qattiq qatlam hisoblanadi. Bu qatlam boshqa qatlamlarga nisbatan ancha yupqa. Okeanlar tubidagi litosfera undan-da yupqaroq bo‘lib, vulqon harakatlari ko‘p sodir bo‘ladigan hudud hisoblanadi. Uning o‘rtacha qalinligi 80 km (49,7 milya) ga teng. U boshqa qatlamlarga qaraganda sovuqroq va qattiqroq bo‘lgani bois, Yerning qobig‘ini hosil qiladi.

Litosferadan keyin keluvchi qatlam astenosfera bo‘lib, u «kuchsiz, zaif» ma'nolarini anglatuvchi astenesso‘zidan kelib chiqqan. Bu qatlam litosferaga qaraganda yupqaroq va ko‘chuvchan. U geologik vaqt davomida yuqori temperatura va bosim ostida qo‘yilganda eriydigan issiq, yarim qattiq moddalardan tashkil topgan. Shu sababli ham, qattiq litosfera sekin ko‘chayotgan astenosfera uzra suzadi yoki siljiydi.24 Bu qatlamlar ostida 2900 km (1800 milya) qalinlikdagi yarim qattiq toshli jinslardan iborat mantiya deb nomlanuvchi yuqori temperaturali qatlam yotadi. Bu qatlam Yer qobig‘iga nisbatan ko‘proq temir, magniy va kaltsiyni o‘z ichiga oladi, shuningdek, u issiqroq va zichroqdir, chunki Yerdagi temperatura va zichlik chuqurlashgan sari o‘sib boradi.

Yerning qoq markazida yadro joylashgan bo‘lib, u mantiyaga nisbatan taxminan ikki barobar zichroqdir. Bunday zichlikka sabab, uning toshli jinslarga qaraganda yuqori nisbatli metallar (temir-nikel qotishmasi)dan tashkil topganligidadir. Yerning yadrosi ikki qismdan iborat. Ularning biri 2200 km (1370 milya) qalinliqdagi suyuq tashqi yadro va ikkinchisi 1250 km (777 milya) qalinlikdagi qattiq ichki yadrodir. Suyuq tashqi yadro Yer aylanganda, sayyoraning magnit maydonini ta'minlab beradi.

Yer va osmon qatlamlari o‘rtasidagi o‘xshashlik haqidagi bu haqiqat faqatgina XX asr texnologiyalari orqali aniqlanganligi shubhasiz, Qur'onning boshqa bir ilmiy mo‘jizasidir.

_______________
24. «Inside the Earth» (Ep qa’rida); http://pubs.usgs.gov/publications/text/ inside.html


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.