Yerning atrofidan yemirilishi
Biz yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko‘rmadilarmi?! ... («Ra'd» surasi, 41-oyat)
... ular Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni ko‘rmaydilarmi?! ... («Anbiyo» surasi, 44-oyat)
Yer Quyosh tomonidan proton, elektron va alfazarrachalar bilan bombardimon qilinadi. Quyoshning shamollari Yerni atmosferadan ajratib yuborish uchun yetarli kuchga ega. Ammo Yerning hozirgi materiya yo‘qotish foizi (bir soniyada 3 kg (6.6 funt)) ga ko‘ra, atmosferaning ishlatib bo‘linishi uchun Quyoshning jami hayotidan besh marta ko‘proq vaqt ketadi.32 Bu shuning uchunki, atmosferadagi magnitosfera orqali hosil qilinadigan qudratli magnit maydon tufayli Yer ma'lum darajada bu qudratli yemirilishdan himoyalangan. Yerning ionosfera qatlami yuqorisida to‘zg‘ib ketgan kislorod, geliy va vodorod ionlarining kosmos og‘ushida yo‘qolib ketishi, Yerni o‘rab turgan bepoyon havo qatlamiga qaraganda, juda kam miqdordagi hajmni tashkil etadi. Hatto shunday bo‘lsa-da, kosmosga sizib chiqayotgan miqdor ahamiyatli darajada emas.33
NASA (Milliy Aeronavtika va Fazo Boshqarmasi) kosmik kemalari yordamida tadqiqotchilar Quyosh yuzidagi energiya portlashlari Yer atmosferasining tashqi qatlamidan kislorod va boshqa gazlarni kosmosda to‘zg‘ib ketishiga sabab bo‘lishi haqida aniq dalillarga ega bo‘lishdi. 1998 yilning 24-25 sentyabr kunlari olimlar tomonidan birinchi marta Yer o‘zining tashqi qatlamlaridan materiya yo‘qotishi hodisasi kuzatildi.34
Biroq yuqoridagi oyatlar boshqa bir ma'noda Yerdan tuproqning yo‘qotilishini ham nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda qutbiy muz tog‘lari erimoqda va okeanlarning suv sathi ko‘tarilmoqda. O'sib borayotgan suv miqdori ko‘proq yerlarni bosib olmoqda. Sohilbo‘yi hududlari suv ostida qolmoqda, yer yuzasi yoki yerning umumiy miqdori kamaymoqda.35 Yuqorida keltirilgan oyatlardagi «uni atrofdan qisqartirayotganimizni» degan jumla, ehtimol sohilbo‘yi hududlarining suv bilan qoplanishini ta'kidlayotgandir.
Shu mavzu yuzasidan New York Times gazetasi bunday yozadi:
Tadqiqotlar Yerning ekvatorda qalinlashib borishini isbotladi.
|
Keyingi yuz yillik davomida Yer shari yuzasining temperaturasi o‘rtacha 1 daraja Farangeytga o‘sdi va isish koeffitsienti oxirgi chorak asrda tezlashdi. Bu anchagina sezilarli miqlor... Bundan oldingi sun'iy yo‘ldosh va suvosti kemasi kuzatuvlari Shimoliy qutb hududida temperaturaning ilishga tomon o‘zgarganligi va muz tog‘larning erish ehtimoli kuchayganligini isbotlagan ko‘rinadi. Manxatgandagi NASA tadqiqot markazi bo‘lmish Goddard Kosmos fani instituti suvosti kemalaridan olingan 1950 va 1960 yillardagi ma'lumotlarni 1990 yildagi kuzatuvlar bilan taqqoslab ko‘rdi va butun Arktika havzasidagi muz qonlamlari 45 foizga yupkalashganini ko‘rsatib berdi. Sun'iy yo‘ldosh tasvirlari keyingi yillarda muz qoplamlarining ko‘lami ahamiyatli darajada qisqarganligini isbotladi.36
XX asr oxirlariga kelib kilingan bu kashfiyotlar bizga «Ra'd» surasining 41-oyati va «Anbiyo» surasining 44-oyati zamirida yotgan donolikni tushunishimizga yordam beradi.
Alloh vahiy qilganidek, Yerning atrofidan bunday qisqarib borishini Qur'onda xabar berilgan boshqa bir ilmiy dalil sifatida tushunish mumkin. O'z o‘qi atrofida aylanadigan Yerning geoid shaklga ega ekanligining yaqin asrlarda tan olinganligi ham inkor kilib bo‘lmas haqiqatdir.
Tadqiqotlar shu narsani ko‘rsatadiki, Yerning ekvatordagi diametri bu aylanishdan kelib chiqadigan kuch ta'siri ostida kengayadi va atrofidan, boshqacha aytganda qutblaridan siqiladi. Shuningdek, Yer doimo aylanishda bo‘lgani uchun bu o‘zgarishning sodir bo‘lishi davom etaveradi. Chindan-da, «Ra'd» surasining 41-oyatidagi «qisqartirayotganimizni» deb tarjima qilingan «nanqusu» so‘zi bu qisqarish, yemirilish jarayonining davomiy ekanligini ta'kidlaydi.
Yer kabi bunday samoviy jismlarning sharsimon shakl olganligi tortishish kuchi tufaylidir. Ammo bu shakl aniq sharsimon emas; u qandaydir darajada qutblaridan yassilangan va ekvatorda qalinlashgan. NASA ning raqamlariga ko‘ra, Yerning ekvatordagi radiusi 6378,1 km (3963,2 milya) ni, lekin qutbdan qutbgacha bo‘lgan masofasi 6356,8 km (3949.9 milya) ni tashkil etadi.37 Bu taxminan 0,3% farqni ko‘rsatadi.
Yer shaklining bu modeli 1687 yilda janob Isaak Nyuton tomonidan aytilgan edi. 1400 yil ilgari bu haqiqatning Qur'onda vahiy qilinganligi, uning yana bir boshqa ilmiy mo‘jizasidir.
_______________
32. «Press Release» (Matbuot taqdimoti), Shvetsiya fazo fizikasi instituti, 9 mart, 2001; www.irf.se/press/press_010309eng.html
33. «Solar Wind Blows Some of Earth’s Atmosphere into Spacemen: shamollari Yer atmosferasidan oz-oz mikdorda kosmosga uchirib ketadi), NASA; http://science.nasa.gov/newhome/headlines/ast08dec98_1.htm
34. Yuqoridagi manbadan.
35. Kazi, 130 Evident Miracles in the Qur’an (Qur’onning 130 yaqqol mo‘‘jizasi), 115.
36. Jon Nobl Uilford, «Ages-Old Icecap at North Pole Is Now Liquid, Scientists Find» (Shimoliy Qutbdagi mangu muz qoplamlari endilikda suyuqlik, olimlar shunday deb topishdi), New York Times, 19 avgust, 2000; www.planetwaves.net/polar_NYT.html
37. «Earth Fact Sheet» (Ep haqidagi haqiqat); http://nssdc.gsfc.nasa.gov/planetary/factsheet/earthfact.html
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.