background
logotype
image1 image2 image3

Yer va fazoning diametrlari

Ey jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va Yer hududlaridan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangiz, o‘tib ketaveringiz! Kuch-qudratsiz sira o‘tib keta olmagaysiz! («Ar-Rahmon surasi, 33-oyat)

Yuqoridagi oyatda «hududlar» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «aqtoor»dirBu diametr degan ma'noni anglatuvchi «qutr» so‘zining ko‘plik shaklidir, u osmonlar va Yerning ko‘p diametrlari borligini anglatadi. Arab tilvda ishlatilgan so‘zning shaklvdan uning birlik, ko‘plik (ikkitadan ko‘p) yoki ikkilik shaklida ishlatilganligini aytib berish mumkin. Shuning uchun bu yerda ishlatilgan so‘zning shakli ko‘plik bo‘lib, u yana bir mo‘jizaviy ma'lumotni nazarda tutadi.

Uch o‘lchovli jism, u faqat bekam-ko‘st sharsimon bo‘lgandagina bir diametrli bo‘ladi, deyish mumkin. «Diametrlar» atamasi faqatgina nosimmetrik, lekin, asosan, sharsimon shaklni bildiradi. Qur'onda tanlangan «diametrlar» so‘zi Yerning geoid shakli haqvda alomat berishi nuqtai nazaridan juda ahamiyatlidir. Oyatdagi ikkinchi diqqatga sazovor mavzu Yer va osmonlarning diametrlar jihatdan alohida-alohida eslatib o‘tilganligidadir.

Albert Eynshteynning «umumiy tortishish nazariyasi»ga binoan, koinot kengayib bormoqda. Lekin bu galaktikalar va boshqa samoviy jismlar kosmosda to‘zg‘ib yuribdi, degan ma'noni anglatmaydi. Bu kosmosning kengayayotganligini va galaktikalar orasvdagi masofa o‘sayotganligini anglatadi.

«Ar-Rahmon» surasining 33-oyatidagi «osmonlar hududlari»ning ta'rifi kosmosning sharsimon strukturadan iborat ekanligini ko‘rsatadi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchvdir.) Shu yo‘sinda kosmosning diametrlari kosmosdagi turli nuqtalardan olib qaralganda turlicha bo‘ladi, demak, muntazam kengayib borayotgan kosmosning diametrlari ham farqlanib boraveradi. Mana shu nuqtai nazardan «chegara, hudud» ma'nosini anglatuvchi so‘zning ko‘plik shaklda ishlatilishi donolik timsolidir va bu ham Qur'onning hamma narsadan xabardor Parvardigorimizning vahiysi ekanligidan nishonadir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.