background
logotype
image1 image2 image3

Vaqtning nisbiyligi

Bugungi kunda vaqtning nisbiyligi isbotlangan ilmiy haqiqatdir. Bu XX asrning boshlarida A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi orqali kashf qilingan edi. O'sha paytgacha na vaqtning nisbiy ekanligi, na uning sharoitlarga ko‘ra o‘zgara olishi ma'lum edi. Biroq olamga mashhur olim Albert Eynshteyn bu haqiqatni nisbiylik nazariyasi orqali isbotladi. U vaqtning massa va tezlikka bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdi.

Ammo Qur'on vaqtning nisbiyligi haqidagi ma'lumotni allaqachonlab o‘z ichiga olgan edi! Bu mavzu bo‘yicha ba'zi oyatlar quyidagicha qimmatli ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan:

... Rabbingiz nazdidagi bir kun sizlarninghisobingizdagi ming yilga barobardir. («Haj» surasi, 47-oyat)

U osmondan yergacha bo‘lgan barcha ishni tadbirini ko‘rar (boshqarar), so‘ngra (bu ishlarning barchasi) sizlarning hisobingizcha ming yilga teng keladigan (bir) kunda Uning O'ziga ko‘garilur. («Sajda» surasi, 5-oyat) Farishtalar va Ruh (Jabroil) miqdori ellik ming yilga teng bir kunda Uning huzuriga ko‘tarilurlar. («Maorij» surasi, 4-oyat)

Vaqgning nisbiyligi 610-yildan boshlab vahiy qilina boshlangan Qur'onda shunchalik aniq eslatib o‘tilganki, bu uning ilohiy kitob ekaniga yana bir dalildir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.