background
logotype
image1 image2 image3

Uyqu paytida quloqlar faol

Bas, (o‘sha) g‘orda bir necha yil ularning quloqlarini muhrlab» qo‘ydik. («Kahf», 11-oyat)

Qur'ondagi «Biz ularning quloqlarini muhrlab qo‘ydik» degan jumlaning arab tilidagi asli «zoroba» fe'lidir. Bu «Biz ularni uxlatib qo‘ydik» degan majoziy ma'noga ega. Quloqlarni nazarda tutib ishlatilganzoroba «quloqlarning eshitishiga to‘sqinlik qilmoq» degan ma'noni anglatadi. Bu yerda faqatgina eshitish qobiliyatining qayd etilganligi juda ahamiyatlidir.

Kishi uxlayotganda ishlab turadigan yagona sezgi organi bu quloq ekanligi olimlar tomonidan kashf etilgan. Shuning uchun ham uyg‘onishimiz uchun biz soatdan foydalanamiz.176 «Biz ularning quloqlarini muhrlab qo‘ydik» jumlasidagi donolik shundaki, Alloh mazkur yosh yigitlarning eshitishini bekitib qo‘ygan va shu sababdan ham ular ko‘p yillar uyqu og‘ushida qolgan bo‘lsa ajab emas.

__________
176. Kazi, 130 Evident Miracles in the Qur’an (Qur’onning 130 yaqqol mo‘jizasi), 108.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.