background
logotype
image1 image2 image3

Urg’ochi asalari

(Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (buyruq) qildi: «Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) barpo qiladigan narsalarga in quringiz. So‘ngra turli mevalardan yeb,Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo‘ygan yo‘llardan yuringiz!» Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir.» («Nahl» surasi, 68-69-oyatlar)

Asalari to‘dalaridagi ko‘plab arilarning har biri uchun alohida vazifa tayinlangan bo‘lib, erkak asalari bundan mustasnodir. Erkak asalarilar na uyani himoya qilish va na uni tozalash, na ovqat to‘plash va na asal uchun in yasash va na asal qilishda o‘z hissasini qo‘shadi. Erkak asalarilarning uyadagi birdan-bir vazifasi ona arini urug‘-lantirishdan iborat.110 Reproduktiv a'zolardan tashqari, erkak asalarilar boshqa arilarda bo‘lgan xususiyatlardan deyarli birortasiga ham ega emas va shuning uchun ham ular ona asalarilarni urug‘lantirishdan boshqa biror ishni bajarishi mumkin emas.

Ishchi asalarilar to‘daning butun og‘irligini o‘z bo‘yniga oladilar. Ular xuddi ona aridek urg‘ochi bo‘lsalar-da, ularning tuxumdonlari yetilmaydi. Bu esa ularni bepushtlik holatida saqlab turadi. Ularning ado etadigan bir qator yumushlari mavjud: uyani tozalash, lichinkalar va yosh arilarni boqish, ona ari va erkak asalarilarni oziqlantirish, asal yetishtirish, asal uchun in qurish va uni ta'mirlash, uyani shamollatish va uning xavfsizligini ta'minlash, nektar, gulchang, suv va yelim kabi zaxiralarni to‘plash va ularni uyada g‘amlash.

Arabchada fe'llarning ikki xil ishlatilishi kuzatiladi. Ularning ishlatilishiga qarab, eganing ayol yoki erkak ekanligini aniqlash mumkin. Darhaqiqat, yuqoridagi oyatlarda asalarilar uchun ishlatilgan (og‘ma yozuvli so‘zlar) fe'llar ayollar uchun ishla-tiladigan fe'l shaklida qo‘llanilgan. Qur'on bu orqali asal qi-lishda mehnat qiladigan asalarilarning urg‘ochi ekanligini ta'kidlamoqda.111

Biz shu narsani unutmasligimiz kerakki, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrida asalarilar haqidagi bu haqiqatni bilib olish amrimahol edi. Biroq Alloh bu haqiqatni ta'kidlab, Qur'onning boshqa bir mo‘jizasini bizga namoyon qildi.

__________
110. Hayvanlar Ansiklopedisi - Bocekler (Hayvonlar entsiklopediyasi - hasharotlar), (Istanbul: C. B. P. C. Publishing Ltd. /Phoesbus Publishing Company: 1979), 97. 
111. Kazi, 130 Evident Miracles in the Qur’an (Qur’onning 130 yaqqol mo‘‘jizasi), 68-69. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.