background
logotype
image1 image2 image3

Tundagi kam harakatlilik

U tong shafag‘i bilan (osmonni) bulguvchidir va tunni orom olish vaqti, Quyosh va Oyni esa vaqt hisobini yuritish vositasi qilib belgilovchidir ... («An'om» surasi, 96-oyat)

Yuqoridagi oyatning aslida uchraydigan arabcha «sakan» so‘zi «tinim, orom, dam olish vaqti, tanaffus uchun payt» kabi ma'nolarni anglatadi. Alloh tomonidan qayd etilganidek, tun insonlar dam oladigan paytdir. Tunda tanada ishlab chiqiladigan melatonin gormoni odamlarning jismoniy harakatlarini susaytirish, ularni mudroq va charchoq bostirish hamda ularning miyalarini tinchlantiruvchi tabiiy vosita vazifasini bajarish orqali tanani uyquga tayyorlaydi.180 Uyqu mobaynida yurak urishi va nafas olish ritmi sekinlashadi hamda qon bosimi pasayadi. Ertalab gormonlarning ishlab chiqilishi to‘xtaydi va tana uyg‘onishga kirishadi.181

Shuningdek, uyqu tananing mushak va to‘qimalariga tiklanib olishga hamda tanaga eski yoki o‘lgan hujayralarni yangilashga imkon beradi. Uyqu davrida energiya sarfi kamayadi va tana tun bo‘yi energiya to‘playdi. Immun sistemasi uchun muhim bo‘lgan qator kimyoviy moddalar va o‘stiruvchi gormonlar ham uyqu paytida ajralib chiqadi.182

Agar odamlar yetarli darajada uxlamasalar, bu immun siste-masiga birdaniga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va tana kasallikka ko‘proq moyil bo‘lib qoladi. Agar odamlar ikki kecha uxlay olmasalar, ular fikrni bir joyga jamlashda qiynaladilar hamda ular ko‘proq xato qila boshlaydilar. Agarda uch kecha uyqudan mahrum bo‘lsalar, ular alahsiray boshlaydilar va mantiqan fikrlay olmaydilar.183

Tun nafaqat insonlar uchun, balki boshqa tirik jonzotlar uchun ham orom olish paytidir. Alloh tomonidan oyatda «tunni orom olish vaqti,» deb ta'riflangan bu holat ko‘z bilan kuzatib bo‘lmas haqiqatni nazarda tutadi: kunduzgi payt sodir etiladigan ko‘plab faoliyatlar susayadi va tun mobaynida dam oladi. O'simliklarda, misol uchun, barglardagi terlash va fotosintez Quyosh chiqishi bilan ko‘paya boshlaydi. Tushdan so‘ng esa vaziyat aksincha tus oladi. Boshqacha qilib aytganda, fotosintez susayadi va temperatura ko‘tarilgan sari terlash tezlashishi tufayli nafas olish ko‘payadi. Tungi paytda temperatura pasayishi sababli, terlash ham susayadi va o‘simlik dam oladi. Agarda bir kechalik tun bo‘lmay qolganida edi, ko‘pchilik o‘simliklar nobud bo‘lgan bo‘lar edi. Mana shu nuqtai nazardan, tun o‘simliklar uchun, xuddi insonlar uchun bo‘lgani kabi, dam va qayta tetiklanishni anglatadi.184

Tunda molekulyar darajadagi harakatlar ham susayadi. Kun davomida Quyosh tomonidan chiqariladigan radiatsiya Yer atmos-ferasidagi atom va molekulalarni faollashtiradi va ular ko‘proq energiya miqdoriga ega bo‘ladi. Qorong‘ilik tushgach esa, atom va molekulalar kam energiya qabul qiladi va ular radiatsiya tarqata

«An'om» surasining 96-oyatida aytilgan bu dalillar Qur'onning sanoqsiz mo‘jizalaridan birini « oshkor qilgan bo‘lsa ajab emas. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

__________
180. «Melatoning the Growth Hormone» (O’stiruvchi gormonni melatonlash), Health Journal;  www.bodyandfitness.com/Beauty/Anti-Aging/melatonin1.htm
181. «Melatonin» (Melatonin),  www.stenlake.com.au/ShowDocument.asp?DocumentId=53
182. Doktor Uilyam H. Filpott va m. f. d. Sharon Taplin, «Therapeutic Sleep» (Terapevtik uyqu);  www.magneticjewelryoriginals.com/thersleep.html
183. Marshall Breyn, «How Sleep Works» (Uyqu qanday amal qiladi), http://fitness.howstuffworks.com/sleep.htm?printable=1
184. «Light, Temperature and Humidity» (Yorug‘lik, Temperatura va Namlik), Texas qishloq xo‘jaligini kengaytirish xizmati, Texas A va M universitet tizimi kollej stantsiyasi, Texas; http://aggie-horticulture.tamu.edu/ greenhouse/nursery/guides/ornamentals/light.html


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.