background
logotype
image1 image2 image3

Taqdir haqiqati

(Ey insonlar!) Istaklaringiz faqat Alloh xohlasagina ro‘yobga chiqur. Albatta, Alloh bilim va hikmat egasidir. («Inson» surasi, 30-oyat)

1973 yilda o‘tkazgan bir qator tajribalari natijasida, Kaliforniya universitetining nevropsixologi, professor Benjamin Libet bizning barcha qarorlarimiz va choralarimiz oldinroq boshlanishini, ya'ni anglash hamma narsa hal qilingandan faqat yarim soniya so‘nggina sodir bo‘lishini kashf qildi.45 Bu boshqa nevropsixologlar tomonidan, biz aslida o‘tgan zamonda yashaymiz va bizning anglashimiz hamma narsani bizga yarim soniyadan keyin ko‘rsatib beruvchi monitorga o‘xshaydi, degan ma'noda sharhlanadi.

Demak, biz anglab turgan kechinmalarning birortasi ham haqiqiy paytda emas, balki ular haqiqiy hodisalar sodir bo‘lgandan yarim soniyagacha keyindadir. B. Libet o‘z tajribasini miya jarrohligi narkoz ishlatmasdan, boshqacha qilib aytganda, ob'ekt to‘liq es-hushida bo‘lgan paytda bajarilishi mumkin degan faktdan kelib chiqqan holda amalga oshirdi. B. Libet o‘z ob'ektlarining miyalariga kichik elektr toklari bilan ta'sir o‘tkazdi va ob'ektlar o‘z qo‘llariga tegilganini payqashganda, ular bu «tegish» ni deyarli yarim soniya oldinroq his qilishganini aytishdi. O'zining o‘lchovlari natijasida, B.Libet quyidagicha xulosaga keldi:

Bundan kelib chiqadigan xulosa quyidagicha umumlashtirilishi mumkin: Muskulni qimirlatish uchun qilingan qaror bu qarorning ongga yetib bormasidan oldinroq sodir bo‘ladi. Nevrologik yoki sezuvchanlik jarayoni va bizning o‘y, hissiyot, sezgi yoki u aks ettiradigan harakatdan xabardor bo‘lishimiz o‘rtasida har doim kechikish bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, biz muayyan bir qaror to‘grisida bu qaror qilinib bo‘lgandan so‘nggina xabar topamiz.

Hamma sezishlar miyaga odatdagidek uzatiladi. Bular anglab yetilmasdan turib hosil bo‘lishi va joriy etilishi tufayli o‘zlik hech narsadan bexabar bo‘ladi. Bizning idrok etishimizdan oldinroq paydo bo‘ladigan, boshqacha qilib aytganda, xabar topishimiz mumkin bo‘lgan ma'lumot miya qobig‘i, anglash joyiga ma'lum bir kechikish bilanuzatiladi.46

Professor B. Libetning tajribalarida bu kechikish 350 dan 500 millisoniyagacha, garchi yuzaga keladigan xulosa hech ham bu raqamlarga bog‘liq bo‘lmasa-da, o‘zgarib turadi. Chunki Libetning fikriga ko‘ra, bu kechikishning uzoqligi qanchalik bo‘lmasin - u katta yoki kichik bo‘ladimi, bir soat yoki mikrosoniyalarda davom etadimi yoki yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q - bizning tabiiy hayotimiz har doim o‘tgan zamonda bo‘ladi. Bu har bir o‘y, hissiyot, idrok yoki harakat bizning ongimizga yetib borishidan oldin sodir bo‘lishini ko‘rsatadi va kelajak butunlay bizning ixtiyorimizda emasligini isbotlaydi.47

Boshqa tajribalarida professor B. Libet ob'ektlarning o‘zlariga barmoqlarini qachon qimirlatish yoki qimirlatmaslik ixtiyorini qoldirdi. Ob'ektlarning miyalari ularning barmoqlari qimirlagan paytda monitor orqali kuzatib turildi va tegishli miya hujayralari ob'ektlarning aslida qaror qilishlaridan oldin harakatga kelgani kuzatildi. Buni boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, «bajar!» degan buyruq individualga yetib boradi va miya harakatni bajarishga tayyorlantiriladi; individual bundan faqatgina yarim soniya keyinroq xabar topadi. U harakat qilishga qaror qilib, keyin bu harakatni bajarmaydi, balki u o‘zi uchun oldindan hal qilib, bel-gilab qo‘yilgan harakatni ijro etadi. Biroq miya individualning aslida o‘tgan zamonda yashayotganligini e'tirof etuvchi har qanday haqiqatni rad etib, moslashib olaveradi. Shu sababdan, biz «hozir» deb nazarda tutayotgan ayni paytda, aslida o‘tgan zamonda hal qilib qo‘yilgan narsani boshdan kechirmoqdamiz. Allaqachon muhokama qilib o‘tganimizdek, bu izlanishlar hamma narsa, xuddi «Inson» surasining 30-oyatida vahiy qilingani kabi, Allohning xohishiga ko‘ra sodir bo‘lishini aniq-ravshan ko‘rsatadi. (Qarang: Horun Yahyo. Timelessnessand the Reality of Fate (Abadiylik va taqdir haqiqati). Goodword Books, Yangi Dehli, 2001.)

__________
45. Benjamin Libet, «Unconscious cerebral initiative and the role of conscious will in voluntary action» (Bexabar bo‘lganda miyaning harakati va ixtiyoriy harakatda atayin xohishning roli), Behavioral and Brain Sciences, 1985, 529-566. 
46. Melih Kafa, «Conscious» (Ong);  www.genetikbilimi.com/genbilim/bilincbeyninkuklasi.htm
47. «Conscious mind and free will» (Ongli akl va erkin xohish); http://faculty.virginia.edu/consciousness/new_page_8.htm#5.10.%20Free%20will%20as%20the%20possibility%20of%20alternative%20action


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.