background
logotype
image1 image2 image3

Sutning paydo bo’lishi

Darvoqe, sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir; sizlarni ularning qorinlaridagi najosat va qon oralaridan chiquvchi, (lekin) ichuvchilar uchun ishtahali toza sutdan ichirurmiz. («Nahl» surasi, 66-oyat)

Tananing oziqlanishi uchun kerak bo‘ladigan asosiy materiallar hazm qilish tizimidagi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida sodir bo‘ladi. Hazm qilingan moddalar ichak devorlari orqali so‘rilib, qon oqimiga o‘tadi. Tana bo‘ylab qonning aylanishi tufayli oziq moddalar tegishli a'zolarga yetib boradi.

Xuddi boshqa tana to‘qimalariga o‘xshab, sut bezlari ham qon orqali olib kelingan oziq moddalar bilan ta'minlanadi. Shu sababli, qon ovqatlardan oziqlarni yig‘ishda eng muhim rolni o‘ynaydi. Mana shu barcha bosqichlardan so‘ng sut bezlaridan sut ajraladi va uning ozuqaviy qimmati ayniqsa yuqori bo‘ladi.

Inson hayvon qornidagi na yarim hazm qilingan ovqatni va na hayvonning qonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste'mol qila oladi. Bundan tashqari, bularni yoki ularning biror tarkibiy qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste'mol qilish qattiq kasallik, hattoki o‘limga olib borishi mumkin. Alloh o‘zi yaratgan o‘ta murakkab biologik tizimlar sharofati bilan bu suyuqliklardan inson uchun toza va sog‘lom ovqat paydo bo‘lishini ta'minlaydi.

Chunki u qon orqali olib o‘tiluvchi hazm qilingan ovqat natijasida paydo bo‘ladi. Yuqori oziqlantiruvchilik xususiyatiga ega bo‘lgan sut shu tarzda qondan ishlab chiqariladi. Bu qon yoki yarimhazm qilingan ovqatning o‘zini esa iste'mol qilib bo‘lmaydi.

Sut hosil bo‘lishining o‘zi yaratilishdagi eng katta mo‘jizadir. Shunga qaramay, sutning hosil bo‘lishi haqidagi bunday batafsil ma'lumotning Qur'onda qayd etilgani esa boshqa bir mo‘jizadir.

Ko‘rib turganimizdek, «Nahl» surasining 66-oyatida sutning biologik hosil bo‘lishi haqida berilgan ma'lumot zamonaviy fan tomonidan aniqlangan dalillar bilan juda hamohangdir. Shu narsa aniqki, sut emizuvchilarning hazm qilish tizimlari haqida to‘liq bilim talab qiluvchi bunday ma'lumotni Qur'on nozil qilingan paytda odamlarning bilishi dargumon edi.

Quyidagi diagrammada vena qonlari bilan tutashuvchi ovqat hazm qilish traktidan yarim hazm qilingan ovqatning tanada tarqalishini ko‘rish mumkin. Bu aralashmaning ba'zi qismlari mushaklar va boshqa tana to‘qimalariga tarqatilsa, ba'zilari sut ajratib chiqaruvchi sut bezlariga yetkaziladi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.