background
logotype
image1 image2 image3

Сho’chqa (go’shti) va uning sog’likka zarari

U sizlarga o‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarni (iste'mol qilishni qat'iy) harom qildi. Ammo zulmkor va tajovuzkor bo‘lmagan holda, zaruratan, majbur bo‘lsa (ochlik tangligi yuzasidan tanovul qilsa), unga gunoh yo‘qdir. Darhaqiqat, Alloh kechirimli va rahmlidir. («Baqara» surasi, 173-oyat)

Cho‘chqa go‘shtini yeyish ko‘p sabablarga ko‘ra sog‘lik uchun zararlidir. Barcha ehtiyot choralari ko‘rilishiga qaramasdan bu zarar bugungi kunda hanuz davom etmoqda. Eng avvalo, cho‘chqa yetishtiriladigan ferma va muhit qanchalik toza bo‘lmasin, u tabiatan toza yasha-maydigan hayvon hisoblanadi. U o‘z axlati bilan qorishib, hatto uni yeydi ham. Bundan tashqari biologik tuzilishi jihatdan cho‘chqa o‘z tanasida boshqa hayvonlarga nisbatan ko‘p miqdorda antijismlar ishlab chiqaradi. Cho‘chqada yana boshqa hayvonlar va insonlarga qaraganda ko‘proq miqdorda o‘stiruvchi gormonlar ham ishlab chiqiladi. Tabiiyki, ko‘p miqdordagi bu antijismlar va o‘stiruvchi gormonlar cho‘chqa mushak to‘qimalariga o‘tib, u yerda to‘planadi. Cho‘chqa go‘shtida ko‘p miqdorda xolesterin va lipidlar ham mavjuddir. Cho‘chqa go‘shtida serob bo‘lgan antijismlar, gormonlar, xolesterin va lipidlar inson sog‘ligiga jiddiy tahdid solishi ilmiy jihatdan isbotlangan.


Rasmda trixina qurti ko‘rsatilgan.

Cho‘chqa go‘shtini juda ko‘p iste'mol qiladigan AQSh va Germaniya kabi mamlakatlarning aholisi ichida o‘ta semiz odamlarning soni o‘rta hisobdagi me'yordan ko‘pni tashkil etishi hammaga ma'lum. Cho‘chqa go‘shtini ko‘p iste'mol qilish natijasida inson tanasi ortiqcha miqdordagi o‘stiruvchi gormon qabul qiladi va u, avvalo, juda semirib ketadi, so‘ng esa jismoniy shaklining o‘zgarib ketganligidan azob chekadi.

Cho‘chqa go‘shtidagi zararli hususiyatlardan yana biri trixina qurtidir. Bu qurt cho‘chqa go‘shtida tez-tez uchrab turadi. U inson tanasiga kirgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurak mushaklariga o‘rnashib oladi hamda xatarli tahtsid soladi. Bugungi kunda trixina bilan kasallangan cho‘chqalarni texnik jihatdan aniqlash mumkin, ammo bunday usullar o‘tgan asrlarda ma'lum emas edi. Bu shundan dalolat beradiki, kimki o‘sha paytda cho‘chqa go‘shtini iste'mol kilgan bo‘lsa, o‘zini trixina yuqtirish va o‘lim xavfi ostiga qo‘ygan.

Bu sabablarning barchasi Parvardigorimiz tomonidan cho‘chqa go‘shtini iste'mol qilishning taqiqlanishi zamirida yotgan hikmatlardan bir misoldir. Jumladan, Parvardigorimizning bu amri har qanday vaziyatda ham bizni cho‘chqaning zararli ta'sirlaridan to‘liq himoya bilan ta'minlaydi.

XX asrgacha cho‘chqa go‘shtining inson sog‘ligiga keltiradigan xavfidan xabardor bo‘lishning imkoni yo‘q edi. Zamonaviy tibbiy jihozlar va biologik testlar orqali kashf qilingan bu zarar haqida 14 asr muqaddam nozil qilingan Qur'onning ogohlantirishi, Qur'on hamma narsani bilguvchi zot - Allohning vahiysi ekanligini ko‘rsatuvchi mo‘jizalardan biridir. Hozirgi kunda cho‘chqa yetishtirishda ko‘riladigan barcha ehtiyot choralari va tekshiruvlarga qaramasdan, cho‘chqa go‘shtining inson tanasiga fiziologik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi va uning inson salomatligi uchun zararli ekanligi o‘zgarmasdan qolgan.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.