background
logotype
image1 image2 image3

She’ro yulduzi

Qur'onda qayd etilgan ayrim tushunchalar XXI asr ilmiy kashfiyotlari sharofati bilan o‘rganilar ekan, biz Qur'onning yana qanday mo‘jizalari bor ekan deya o‘yga tolamiz. Bu mo‘jizalardan yana biri «Najm» surasining 49-oyatida qayd etilgan She'ro yulduzidir:

Albatta, She'ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning o‘zidir. («Najm» surasi, 49-oyat)


Sirius yulduzi «Najm» (u «yulduz» ma’nosini anglatadi) surasida uchraydi. Yaxlit Siriusni tashkil etuvchi bu qo‘shaloq yulduzlar har 49,9 yilda bir marta o‘z o‘qlari bilan bir-biriga kamon shaklida yaqinlashadi. Bu astronomik hodisa «Najm» surasining 9 va 49 oyatlarida ko‘rsatib o‘tilgan. 

Sirius yulduzining ekvivalenti bo‘lgan arabcha «shiroo» so‘zi faqatgina «yulduz» ma'nosini anglatuvchi «Najm» surasining 49-oyatida ishlatilganligi ayniqsa, hayratlanarlidir. Chunki tundagi osmonning eng porloq yulduzi Siriusning harakatidagi nosimmetrikliklar, ularning boshlanish nuqtasini e'tiborga olib, olimlar bu yulduzning aslida qo‘shaloq yulduz ekanligini aniqlashdi. Rostdan ham, Sirius yulduzi Sirius A va Sirius B nomli ikkita yulduzdan tashkil topgan. Bulardan kattarog‘i Sirius A bo‘lib, u Yerga ham yaqinroq joylashgan. Sirius A eng yorug‘ yulduz bo‘lgani sababli uni bevosita ko‘z bilan ilg‘ash mumkin. Biroq Sirius B ni teleskopsiz ko‘rib bo‘lmaydi.

Sirius qo‘shaloq yulduzlari bir-birining atrofida ellips orbitalarda harakat qiladi. Sirius A va B larning umumiy tortishish markazi atrofidagi orbital davri 49,9 yilga tengdir. Bu ilmiy ma'lumot bugungi kunda Garvard, Ottava va Leysester universitetlarining astronomiya departamentlari tomonidan bir ovoz bilan qabul qilingan.52 Bu ma'lumot turli manbalarda quyidagidek yoritilgan:

Sirius, eng porloq yulduz, aslida egizak yulduzdir ... Uning orbitasi 49,9 yil davom etadi.53

Ma'lum bo‘lishicha, Sirius A va Sirius B yulduzlari bir-birining atrofida har 49,9 yilda qo‘shaloq kamon bo‘lib orbital harakat qiladi.54

Bu yerda diqqatni tortadigan jihat ikkita yulduzning bir-biri atrofidagi kamon shaklli orbitasidir.

XX asrning oxiriga kelib aniqlik kiritilgan bu ilmiy haqiqat 1400 ilgari Qur'onda mo‘jizakorona ko‘rsatib o‘tilgan edi. «Najm» surasining 49 va 9 oyatlari birgalikda o‘qilganda bu mo‘jiza oydinlashadi:

Albatta, She'ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning o‘zidir. («Najm» surasi, 49-oyat)

Bas, ikki kamon oralig‘idek yoki (undan ham) yaqinroq bo‘ldi. («Najm» surasi, 9-oyat)

«Najm» surasining 9-oyati bu ikki yulduzning o‘z orbitalarida bir-biriga qanday yaqinlashishini ham tasvirlayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Qur'on nozil bo‘lgan paytda hech bir kishining bilishi dargumon bo‘lgan bu ilmiy faktlar Qur'on Qodir Allohning so‘zi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

__________

52. Leysester Fizika va astronomiya ta’limi departamenti;  www.star.le.ac.uk/astrosoc/whatsup/stars.html; Ottava universiteti;  www.site.uottawa.ca:4321/astronomy/index.html#Sirius; Garvard-Smitsoniya Astrofizika Markazi; http://cfa-www.harvard.edu/~hrs/ay45/ Fall2002/ChapterIVPart2.pdf
53. «Exposes Astronomiques, La troisiume loi de KEPLER»; http://www.astrosurf.com/eratosthene/HTML/exposetheoastro.htm
54. http://www.dharma.com.tr/dkm/article.php?sid=87


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.