background
logotype
image1 image2 image3

Qur’ondagi bashoratlar

Qur'onning mo‘jizaviy fazilatlaridan biri undagi kelajak voqea-hodisalari haqidagi bashoratlar bo‘lib, ularning ba'zilari shu paytgacha sodir bo‘lib keldi. Bu Qur'on Allohning so‘zi ekanligini tasdiqlovchi dalillardan biridir. Keyingi sahifalarda bunday hodisalarning ba'zilari ustida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

G'ayb (yashirin ish va narsalar) kalitlari Uning huzuridadir. Ularni Undan o‘zga bilmas. Yana, quruqlik va dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni bilur. Yer zulmatlari (qa'ri)dagi urug‘ bo‘lmasin, ho‘lu quruq bo‘lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-mahfuz)da (yozilgan)dir. («An'om» surasi, 59-oyat)

(Ey, Muhammad!) Bular Sizga vahiy qilayotgan Bizdagi g‘ayb xabarlaridandir. Bularni ilgari na Siz va na qavmingiz bilar edingiz. Bas, sabr qiling! Albatta, oqibat (yutuq) taqvodorlarnikidir. («Hud» surasi, 49-oyat)

Ayting: «Allohdan boshqa osmonlar va Yerdagi biror kimsa g‘aybni bilmas.» («Naml» surasi, 65-oyat)

U shunday Allohdirki, Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) yashirin va oshkora narsalarni biluvchidir. U mehribon va rahmlidir. («Hashr» surasi, 22-oyat)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.