background
logotype
image1 image2 image3

Qo’shilmas dengizlar

Dengizlarning yaqindagina kashf qilingan xislatlaridan biri Qur'on oyatlarining birida shunday ta'riflanadi:

U ikki (xil) dengazni bir-biri bilan yonma-yon turadigan holda chiqarib qo‘ydi. (Ammo) u ikkisining o‘rtasida bir to‘siq bo‘lib, ular (o‘sha to‘siqdan) oshibo‘tmaslar. («Ar-Rahmon» surasi, 19-20-oyat)


O’rtaer dengizi va Alantika okeanida katta to‘lqinlar, kuchli oqimlar va suv sathining ko‘tarilib, pasayishlari sodir bo‘lib turadi. O’rtaer dengizining suvi Atlantika okeaniga Gibraltar bo‘gozi orqali kiradi. Ammo ularni ajratib turuvchi to‘siq tufayli ularning harorati, sho‘rligi va zichligi o‘zgarmay qoladi. 

Dengizlarning bu xislati, ya'ni ularning uchrashishi va o‘zaro aralashib ketmasligi yaqindagina okeanograflar tomonidan kashf qilindi. «Sirt tarangligi» deb ataladigan fizik kuch sababli qo‘shni dengizlarning suvlari aralashib ketmaydi. Ularning suvlaridagi zichlik bir-biridan farq qilishi bois, sirt tarangligi dengizlarning o‘zaro aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, xuddi ularning o‘rtasida yupqa bir devor bo‘lgandek.64

Ajablanarli tomoni shundaki, fizika va sirt tarangligi yoki okeanografiya haqida juda kam bilim bo‘lgan davrda bu haqiqat Qur'onda vahiy qilingan edi.

__________
64. Richard A. Deyvis, Principles of Oceanography (Okeanologiya printsiplari), (Don Mills, Ontario: Addison-Wesley Publishing Company), 92-93. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.