background
logotype
image1 image2 image3

Pulsarlar, pulsar yulduzlar

Osmon va Toriq bilan qasamyod etaman. (Ey Muhammad!) Siz Toriq nima ekanini qaerdan ham bilar edingiz?! (U qorong‘ilikni) teshuvchi yulduzdir. («Toriq» surasi, 1-3-oyatlar)

86-suraning nomi «Toriq» so‘zi «torq» o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib, uning asosiy ma'nosi tovush chiqarish uchun yetarli darajada urish demakdir. Bu so‘z anglatishi mumkin bo‘lgan ma'noni («urmoq», «qattiq urmoq») hisobga olib, bizning e'tiborimiz bu suradagi muhim bir ilmiy faktga qaratilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu ma'lumotni tahlil qilishdan avval, keling, bu yulduzlarni tasvirlash uchun oyatda ishlatilgan boshqa so‘zlar bilan tanishib chiqaylik. Yuqoridagi oyatda qayd etilgan «vat-tooriqi» so‘zi tunni teshuvchi, qorong‘ilikni teshib o‘tuvchi, tunda bunyodga kelgan, teshib o‘tib ketadigan, uruvchi, zarb beruvchi yoki o‘tkir yulduz degan ma'nolarni anglatadi. Shuningdek, «va» so‘zi diqqatni qasamyod etilayotgan narsalar: osmon va Toriq jalb qiladi.

1967 yilda Kembrij universitetida Joselin Bell Burnell tomonidan amalga oshirilgan izlanish yordami bilan muntazam radio signali aniqlandi. Biroq mana shu paytgacha, xuddi yuraknikiga o‘xshash, muntazam puls yoki urish manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan samoviy jismlarning mavjudligi hali fanga ma'lum emas edi. Ammo 1967 yilda astronomlar shu narsani ta'kidlashdiki, o‘z o‘qi atrofida aylanishi bois, yadrodagi materiya zichlashib borishi tufayli yulduzlarning magnit maydonlari ham kuchayib boradi va shu tarzda o‘z qutblarida Yernikiga nisbatan 1 trillion marta kuchliroq magnit maydonini hosil qiladi. Astronomlar juda tez va bunday qudratli magnit maydoni bilan aylanayotgan jism, har bir aylanishida, konus shaklida juda kuchli radioto‘lqinlardan iborat nurlar chiqarishini tushunib yetishdi. Shundan so‘ng bir oz vaqt o‘tgach, bu signallarning manbai neytron yulduzlarning tez aylanishi ham ekanligi tushunib yetildi. Yangi kashf qilingan neytron yulduzlari «pulsarlar» degan nom oldi. O'ta yangi yulduzlarning portlashlari orqali pulsarlarga aylanadigan yulduzlar juda katta massaga ega bo‘lib, koinotdagi eng yorug‘ va eng tez harakatlanuvchi jismlar hisoblanadi. Ba'zi pulsarlar bir soniyada 600 martagacha aylanadi.51

«Pulsar» so‘zi urib, tepib turmots degan fe'ldan kelib chiqqan. American Haritage dictionarylug‘atiga ko‘ra, bu so‘z pulsatsiya bermoq, tepib turmoq degan ma'nolarni anglatadi. Encarta Dictionary lug‘atida esa bu so‘zga ritm bilan urib turmoq, kuchli muntazam ritm bilan harakat qilmoq yoki tez-tez urib (tepib) turmoq ma'nolari berilgan. Yana, Encarta Dictionary lug‘atiga ko‘ra, «pulsatsiya bermoq» (bu shu so‘zning o‘zagidan kelib chiqqan) kuchli muntazam urib turish bilan kengayib, qisqarmoq degan ma'nolarni anglatadi.

Mana shu kashfiyotdan so‘ng, Qur'onda «Toriq» (urish) deb tasvirlangan hodisa pulsarlar deb nom olgan neytron yulduzlarga juda ham o‘xshab ketishi tushunib yetildi.

Neytron yulduzlar super gigant yulduzlarning atom yadrolari buzilganda shakllanadi. Juda tez aylanayotgan shar shaklidagi o‘ta siqilgan va zich materiya yulduzning ko‘pchilik og‘irligi va magnit maydonini ushlab qoladi va siqadi. Bu tez aylanayotgan neytron yulduzlar tomonidan hosil qilingan qudratli magnit maydoni Yerdan turib kuzatsa bo‘ladigan o‘ta kuchli radioto‘lqinlarning chiqishiga sabab bo‘lishi o‘z isbotini topdi.

«Toriq» surasining 3-oyatidagi teshib yuboradigan, o‘tkir, oldinga siljuvchi yoki teshik, tuynuk ochadigan degan ma'nolarni anglatuvchi «an-najm us-saaqibu» so‘zi Toriqning qorong‘ilikda tuynuk teshuvchi va oldinga siljib ketuvchi yulduz ekanligini bildiradi. «Siz Toriq nima ekanini qaerdan ham bilar edingiz?!» jumlasidagi «adrooka» so‘zining tushunchasi «tushunish, anglash, fahmlash» degan ma'nolarni nazarda tutadi. Quyosh hajmidan bir necha marta katta yulduzlarning siqilishi natijasida yuzaga keladigan pulsarlar tushunish, anglash murakkab bo‘lgan samoviy jismlar orasidan joy olgan. Oyatdagi masala bunday pulsatsiya beruvchi yulduzni tushunish qanchalik og‘ir ekanligiga urg‘u beradi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Ko‘rib turganimizdek, Qur'onda Toriq deb tasvirlangan yulduzlar XX asrda ta'riflanayotgan pulsarlarga juda o‘xshashdir va ular biz uchun Qur'ondagi boshqa bir ilmiy mo‘jizaga oydinlik kiritishi mumkin.

Pulsarlar pulsga o‘xshash juda kuchli radioto‘lqinlar chiqaradigan va o‘z o‘qi atrofida juda tez aylanadigan so‘ngan yulduzlarning qoldiqlaridir. Somon yo‘lida (bizning Yerimiz ham uning bir qismidir) 500 dan ortiq pulsarlar borligi hisoblab chiqilgan.

__________
51. «First Double Pulsar Found» (Birinchi qo‘shaloq pulsar topildi), 9 yanvar, 2004;  www.atnf.csiro.au/news/press/double_pulsar/


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.