background
logotype
image1 image2 image3

Oziq-ovqat sikli

Alloh don va urug‘larni yoruvchi (va undiruvchi)dir. O'likdan tirikni chiqaradi va (U) tirikdan o‘likni chiqaruvchidir. Ana o‘sha Allohdir. Bas, qayoqqa og‘ib ketayapsiz? («An'om» surasi, 95-oyat)

Yuqoridagi oyatda bizning e'tiborimiz Qur'on nozil qilingan paytda odamlar hali hech qanday bilimga ega bo‘lmagan oziq-ovqat tsikliga jalb qilinadi.

Biror tirik jon o‘lgach, mikroorganizmlar uni tezda parchalab tashlaydi. O'lik tana shu tarzda tuproq bilan aralashib ketadigan va o‘simliklar, hayvonlar va nihoyat insoniyat uchun asosiy ozuqa manbaini shakllantiradigan organik molekulalarga bo‘linib ketadi. Agarda mana shu ozuqaviy tsikl bo‘lmaganda edi, hayotning mavjud bo‘lishi dargumon edi.

Bakteriyalar barcha jonzotlarning mineral va ozuqaga bo‘lgan talablarini qondirish uchun mas'uldirlar. Butun qish davomida deyarli o‘lik (qishki uyquga ketish) holatida bo‘ladigan o‘simliklar va ba'zi hayvonlar yozda qayta jonlanadilar hamda bakteriyalarning qish davomida qilgan mehnati orqali o‘zlarining mineral va ozuqaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradilar. Butun qish davomida bakteriyalar organik chiqitlarni, ya'ni o‘lik o‘simliklar va hayvonlarni parchalaydi va ularni minerallarga aylantiradi.175Shunday qilib, jonzotlar bahorda qayta uyg‘onganda, ozuqa ular uchun tayyor hamda ularni kutib turgan bo‘ladi. Bakteriyalar tufayli, atrof-muhitda «bahorgi poklanish» sodir bo‘ladi va tabiat bahorda hayotga qaytar ekan, kerakli miqdordagi ozuqa u uchun tayyorlab qo‘yilgan bo‘ladi.

Ko‘rib turganimizdek, o‘lgan jonzotlar yangi jonzotlarning dunyoga kelishi uchun muhim rol o‘ynaydi. Qur'onda «(U) o‘likdan tirikni chiqaradi va (U) tirikdan o‘likni chiqaruvchidir», deb ta'riflangan bu o‘tish davri eng mukammal tarzda amalga oshiriladi. Bu Qur'on Allohning kalomi ekanligini isbotlovchi yana bir dalildir.

__________
175. Bilim ve Teknik (Fan va texnologiya), 234-son, may, 1987, 17. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.