background
logotype
image1 image2 image3

Oyning orbitasi

Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog‘idek bulib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) ulchab qo‘ygandirmiz. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha kunduzdan o‘zuvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) har biri (bir) falakda suzadilar. («Yosin» surasi, 39-40-oyatlar)

Oy Yer bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanar ekan, u kosmos oralab «8» harfiga o‘xshash traektoriyada harakatlanadi. Bu orbitaning kurinishi Qur'onda vahiy qilinganidek, kurigan xurmo butog‘ining egilgan shakliga o‘xshaydi.

Oy boshqa sayyoralarning yo‘ldoshlariga o‘xshab muntazam orbitaga rioya qilmaydi. U Yerni aylanayotib, ba'zida uning orqa tomoniga va ba'zida esa old tomoniga ko‘chadi. Yer bilan birga Quyosh atrofini aylanayotib, u aslida kosmosda «8» harfiga o‘xshash o‘zgarmas shakl bo‘ylab harakatlanadi. Kosmosda Oy tomonidan bosib o‘tiladigan bu yo‘l Qur'onda eski xurmo butog‘iga o‘xshatib tasvirlanadi va u rostdan ham xurmo daraxti butog‘ining egik shakliga o‘xshaydi. Darhaqiqat, Qur'onda ishlatilgan «urjun» so‘zi ingichka va egilgan xurmo butog‘ini nazarda tutadi va mevasi terib olingandan keyin qoladigan qismini tasvirlash uchun ishlatiladi. Bu butoqning «eski» deb tasvirlanishi ham juda monanddir, chunki eski xurmo butog‘i ingichkaroq va ko‘proq qayrilgan bo‘ladi.

Shubhasiz, 1400 yil ilgari Oyning orbitasi haqida hech bir insonning biror bilimga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli edi. Zamonaviy texnologiya va to‘plangan bilimlar orqali aniqlangan bu shaklning Kitobda vahiy qilinishi Qur'onning ilmiy mo‘jizalaridan biridir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.