background
logotype
image1 image2 image3

Osmonlar va Yer o’rtasidagi narsalarning yaratilishi

Qur'onda Yer, osmonlar va ularning o‘rtasidagi narsalarning yaratilishiga oid ko‘plab oyatlar mavjud:

(Biz) osmonlar va Yerni hamda ularning o‘rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) bilan yaratdik. Qiyomat ham, shaksiz, keluvchidir. Bas, (shunday ekan, johillarning aziyatlariga sabr qiling va ularni) chiroyli yuz o‘girish bilan tark eting! («Hijr» surasi, 85-oyat) Osmonlardagi, Yerdagi va ularning orasidagi hamda zamin ostidagi bor narsa Unikidir. («Toho» surasi, 6-oyat)

Biz osmon va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni (shunchaki) o‘inab (behuda) yaratganimiz yo‘q. («Anbiyo» surasi, 16-oyat)

Olimlarning aniqlashicha, avvalo, issiq gaz massasining zichligi ortib ketgan. Bu massa keyinroq galaktik materiya va yanada keyinroq yulduz va sayyoralar hosil qiluvchi kichikroq qismlarga bo‘linib ketgan. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, Yer va uning atrofidagi yulduzlarning barchasi yaxlit gazli jismdan ajralib chiqqan qismlardir. Mana shu qismlardan ba'zilari quyosh va sayyoralarni hosil qildi, shu taxlitda, ko‘plab quyoshli sistemalar hamda galaktikalar paydo bo‘ldi. Mazkur kitobning oldingi mavzularida yoritib berganimizdek, koinot avvalo «ratq» (birlashgan, qo‘shilgan, o‘zaro bog‘langan) holatda edi, so‘ng «fataqa» (qismlarga ajratilgan) holatga keldi. Qur'onda koinotning paydo bo‘lishi juda mos so‘zlar bilan va shunday usulda tasvirlanganki, ularni ilmiy asoslar ham tasdiqlaydi.7

Har bir bo‘linish arafasida, samoda shakllanayotgan yangi, asosiy jismlar tashqarisida bir qancha zarralar qolgan. Bu ortiqcha zarralar «yulduzlararo galaktik materiyalar» degan ilmiy nom olgan. Yulduzlararo materiya 60% vodorod, 38% geliy va 2% boshqa elementlardan iborat. Yulduzlararo materiyaning 99% i yulduzlararo gazdan, 1% i esa yulduzlararo changdan iborat. Bu chang juda kichik - diametri 0,0001 dan 0,001 mm gacha bo‘lgan og‘ir elementli zarralardan tashkil topgan.8 Olimlar bu moddalarga astrofizik o‘lchamlar nuqtai nazaridan juda ahamiyatli deb qarashadi. Bu moddalar shunchalik maydaki, ularga chang, tutun yoki gaz deb qarash maqsadga muvofiqdir. Ammo bu moddalar bir butun deb qaralsa, ular koinotdagi barcha galaktikalarning jami massasidan kattaroq massani hosil qiladi. Garchi yulduzlararo galaktik materiyaning mavjudligi 1920 yilda kashf kilingan bo‘lsa-da, bu zarralarning mavjudligiga bir ming to‘rt yuz yil oldin Qur'onda «maa baynahuma» («Ular o‘rtasidagi (orasidagi) narsalar») deb tasvirlash orqali ularga alohida e'tibor qaratilgan edi.

_______________
7. Doktor Mazhar U. Kazi, 130. Evident Miracles in the Qur’an (Qur’onning 130 yaqqol mo‘‘jizasi), (Nyu-York, AQSh: Crescent Publishing House: 1998), 53. 
8. Digitale Ausgabe LexiRom (LexiRom raqamli ifodalar), Meyers Lexikon in drei Banden (Uch tomli Meyer entsiklopediya) (Manxaym: Bibliographisches Institut &F. A. Brockhaus AG, 1995). 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.